Филологические науки: состояние, перспективы, новые



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/115
Sana23.02.2022
Hajmi3,3 Mb.
#159044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
filologicheskie nauki sostoyanie perspektivy novye paradigmy issledovaniy

М. Mamarasulova
 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat 
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi, 
Toshkent, O‘zbekistan 
Ilmiy rahbar: N.Sh. Ahmedova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat 
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, 
filologiya fanlari nomzodi, Toshkent, O‘zbekistan 
 
O‘ZBEK TILIDA SO‘Z YASOVCHI
QO‘SHIMCHALARNING KO‘P MA’NOLILIGI 
 
Ma’lumki, qo‘shimchalar mustaqil ma’no anglatish xususiyatiga 
ega emas. Yasovchi marfemalar so‘zga qo‘shilib uning lug‘aviy 
ma’nosini o‘zgartiradi, ularga yangi ma’no yuklatiladi. Bunday 
qo‘shimchalar ba’zan barcha so‘zga bir xil ma’no yuklasa, ba’zan 
so‘zlarga turli xil yangi ma’no beradi. So‘z yasovchi qo‘shimchalarning 
polisemantik (ko‘pma’nolilik) xususiyatini barcha turkum yasovchilari 
orasida kuzatish mumkin. 
Yasovchi affiksning bir turkumga xos bo‘lgan xilma-xil ma’noli 
so‘z yasash hodisasi affiksal polisemiya deyiladi: tort-ma, bo‘l-ma, 
bostir-ma(joy oti); isit-ma, terla-ma, yozish-ma(mavhum ot); sur-ma, 
qatla-ma(narsa oti) kabi [.Sapayev]. -ma qo‘shimchasi yordamida 
yasalgan bu so‘zlarning hammasi narsa ma’nosini anglatadi. Ular 
anglatgan ma’nodagi farq esa qo‘shimcha orqali emas, balki yasash 
asosi orqali aniqlanadi. Shuning uchun bunday xususiyatga ega bo‘lgan 
qo‘shimcha polisemantik qo‘shimcha, bunday til hodisasi esa affiksal 
polisemiya deyiladi. [2, 19] Keltirilgan misollardan ko‘rinadiki, so‘z 
yasovchi qo‘shimchaning bir so‘z turkumi doirasida, masalan, ot so‘z 
turkumi doirasida ham narsa oti, ham faoliyat-jarayon oti yasay olish 
xususiyatini affiksal polisemiya(qo‘shimchalar ko‘pma’noligi)dir. Bu 
bir tomonlama yondashuvdir. 
Morfemik 
polisemiya 
keng 
tarqalgan. 
Morfemalarning 
polifunksionalligiga bog‘liq -chilik affiksining quyidagi uch ma’nosi 
farqlanadi: 



1)asosdan anglashilgan narsa yetishtiriladigan sohanini ifodalovchi 
ot: paxtachilik, urug ‘chilik, uzumchilik
2)asosdan anlashilgan narsa-hodisaning borliq holatini bildiruvchi 
ot: pishiqchilik, mo‘lchilik
3)asosdan anlashilgan tushuncha bilan bog‘liq bo‘lgan ishni 
bildiruvchi ot: tirikchilik, ulfatchili; ([3,130]) 
Azim Hojiyev “O‘zbek tili so‘z yasalish tizimi” qo‘llanmasida so‘z 
yasovchi qo‘shimchalarni so‘z turkumi doirasida alohida guruhlarga 
ajratadi, har bir yasovchi qo‘shimchaning ma’nolarini izohlaydi. 
Xususan, shaxs oti yasovchi -chi qo‘shimchasini quyidagicha izohlaydi: 
-chi affiksi bu ot yasovchilar ichida eng sermahsuli hisoblanadi. Uning 
yordamida yasalgan so‘z ko‘p miqdorda bo‘lishi bilan birga u yangi-
yangi shaxs otlarining yasalishi uchun xizmat qiladi. Shaxs otlarining 
katta bir leksik-semantik guruhi insonni uning kasb-kori bilan ataydi. -
chi qo‘shimchasi ham xuddi shunday shaxs otlarini yasaydi. Ular esa 
shaxs otlari yasalishining bir necha tipini tashkil qiladi. -chi 
qo‘shimchasi yordamida birdan ortiq tipdagi shaxs otlari yasaladi. 
Hozirgi o‘zbek adabiy tili materiallarining ko‘rsatishicha, -chi 
qo‘shimchasi bilan quyidagi tipdagi otlar yasaladi: 
1.Faoliyat 
sohasining, 
kasb-hunarning 
turlarini 
bildiruvchi 
so‘zlarga qo‘shilib, sohaning, kasb-korning shu turida faoliyat 
ko‘rsatuvchi shaxs ma’noli otlar yasaydi: kurashchi, poygachi, bokschi. 
2.Faoliyatning ma’lum sohasiga oid jamoa, klub, jamiyat 
kabilarning nomini bildiruvchi so‘zlarga qo‘shilib, shu jamoaga, 
jamiyatga mansub, unda faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs ma’noli shaxs otlari 
yasaydi: paxtakorchi, spartakchi, navbahorchi. 
3.Namoyishchi, muzokarachi ekskursiyachi kabilarda so‘z yasash 
asosidan anglashilgan ish-harakat qatnashchisi ma’nolarini anglatadi. 
[1, 64-65]
Bundan ko‘rinib turibdiki, -chi qo‘shimchasining bir necha 
ma’nodagi 
shaxs 
otlarini 
yasay 
olish 
xususiyati 
uning 
polifunksiyanalligidan 
dalolat 
beradi. 
Demak, 
A.Hojiyev 
qo‘shimchalarni bunday tiplarga ajratib chiqish orqali qo‘shimchalar 
polisemiyasining asosiy unsurini yoritgan. Negaki, qo‘shimchalar 
polisemiyasi asosan mana shunday tiplarga ajratish natijasida namoyon 
bo‘ladi. –chi ot yasovchi qo‘shimchasining narsa oti ham yasay olish 


10 
xususiyatini yuqoridagi bir necha tipdagi shaxs otlari yasay olish 
xususiyati bilan umumlashtirsak, bu qo‘shimchaning ot so‘z turkumi 
doirasida polisemiyani hosil qilayotganini kuzatish mumkin. Ammo 
ba’zi qo‘shimchalar so‘z turkumining faqat bir guruhi doirasida 
polisemiyani hosil qilishi mumkin. masalan,
-shunos shaxs oti yasovchisi 
1. So‘z yasalish asosi anglatgan ilm-fan bilan shug‘llanuvchi shaxs 
ma’noli otlar yasaydi: tilshunos, adabiyotshunos
2. So‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani o‘rganish bilan 
shug‘ullanuvchi shaxs ma’noli otlar yasaydi: 
tabiatshunos, 
giyohshunos. [1, 66] 
Ko‘rinib turibdiki, -shunos ot yasovchisi shaxs oti tarkibidagina 
polisemiyani 
hosil 
qilyapti. 

‘zbek 
tilidagi 
yasovchi 
qo‘shimchalarning ba’zilari – shunos shaxs oti yasovchisi kabi bir so‘z 
turkumining faqat bir guruhi doirasidagina polisemiyani hosil qila oladi. 
Ammo ayrim qo‘shimchalar bir so‘z turkumining bir nechta ma’nosi 
ifodalagan holda polisemiyani hosil qiladi. Qo‘shimchalar shu 
xususiyatiga ko‘ra: 

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish