Bog'liq 5 mavzu Tabiiy resurslar, ulardan oqilona foydalanish va atmosfera
2.Tabiiy resurslarni oqilona boshqarish. Tabiiy resurslarni oqilona boshqarishning umumiy masalasi tabiiy va sun’iy ekosistemalardan foydalanishning eng yaxshi yoki maqbul usullarini topishdan iboratdir.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning asosiy prinsiplari tabiiy muhitni o‘rganish, muhofaza etish, o‘zlashtirish va qayta o‘zgartirish hisoblanadi.
Tabiiy resurslarning cheklanganligi, ularni qazib olish va qayta ishlash texnologiyasining takomillashtirilmagani biogeotsenozlarning emirilishiga atrof-muhitning ifloslanishiga,iqlim va biokimyoviy sikllarning buzilishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda tabiiy mineral resurslarni olish va qayta ishlash borasida bir necha oqilona yondashuvlar mavjud.
1.Asosiy xom ashyo jinslardan mineral resurslarni qoldirmasdan to‘la olish;
Hozirgi zamon ishlab chiqarish va texnologiyalaridan ayrimlari bu talablardan ko‘pini qanoatlantira oladi. Ammo ularning barchasi hali ishlab chiqarish sohasi va butun sayyora miqyosida tabiatdan foydalanish me’yoriga aylanganicha yo‘q.
Yaratilgan yangi texnologiya barcha sohalardagi munosib ekologik ekspertizadan o‘tkazilishi va ular tomonidan ma’qullanishi lozim.
Bizning nazarimizda, atrof-muhitni himoya etish va tabiiy resurslarni tiklash masalasida faoliyatining quyidagi turlari e’tiborga olinishi kerak.
-lokal (mahalliy) va global ekologik monitoring, ya’ni atrof-muhitning muhim xarakteristikalari holatini, suv, tuproq, atmosferadagi zararli moddalarning konsentratsiyasini nazorat qilish va o‘lchash.
-o‘rmonlarni tiklash va yong‘in, zararkunandalarlar, kasalliklardan muhofaza etish.
-qo‘riqxonalar, etolon ekosistemalar, unikal tabiiy komplekslarni kengaytirish va ular sonini ko‘paytirish;
o‘simlik va hayvonlarning noyob turlarini saqlash hamda ko‘paytirish;
-aholining ekologik ma’rifati va madaniyatini yuksaltirish;
-atrof-muhitni himoya qilish ishida xalqaro hamkorlik.
Tabiatga yangicha munosabatni shakllantirish bo‘yicha inson faoliyatining barcha sohalarida faol ishlar olib borish, tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni asrash texnologiyasini ishlab chiqishgina bugungi kundagi ekologik muamolarni hal etishga va tabiat bilan uyg‘un munosabatda bo‘lishga ko‘maklashadi.
Biosfera holatini oqilona boshqarish uchun nafaqat bu murakkab va yirik sistemaning tuzilishi va mexanizmini bilish, balki uning jarayonlariga istalgan yo‘nalishda ta’sir ko‘rsatish imkoniga ham ega bo‘lish zarur.