Фиброзно-кистозная болезнь


Foydali qazilmalarga bo‘lgan talab



Download 4,06 Mb.
bet5/6
Sana24.04.2022
Hajmi4,06 Mb.
#579415
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5 mavzu Tabiiy resurslar, ulardan oqilona foydalanish va atmosfera

4.Foydali qazilmalarga bo‘lgan talab. Foydali qazilmalar (mineral resurslar) tiklanmaydigan resurslarga mansubdir. Unga rudali va rudasiz metallar, neft, gaz, ko‘mir, slanets, torf va yer osti suvlari kirib, ular tabiatda qattiq, suyuq hamda gaz holida uchrashi mumkin.
  • Foydali qazilmalar kishilik jamiyatining taraqqiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega: u insoniyat va uning xo‘jaligi uchun energiya va yoqilg‘i manbai, sanoat qurilishi materiallari va ximiyaviy sanaot uchun xom ashyo bazasidir.
    • Fan-texnika taraqqiy etgan sari minerallardan xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida foydalanish darajasi va dorasi kengayib bomoqda. Natijada qazilma boyliklardan foydalanish dunyo bo‘yicha har 15 yil ichida 2 marta ortmoqda; xalq xo‘jaligida qazilma boyliklardan fan yutuqlariga asoslanib yangi-yangi moddalar (ilgari neft gaz, ko‘mirdan yoqilg‘i sifatida foydalansa, hozir ulardan ximiyaviy yo‘l bilan hatto oqsil moddalari ham ishlab chiqarilmoqda) olishda foydalanilmoqda; yer osti boyliklarini qidirib topish
    • (kosmosdan turib va boshqa metodlar yordamida) ishlarining tezlanishi natijaida ular tezkorlik bilan foydalanilmoqda. Natijada Yer kurrasida insoniyatning qazilma boyliklarga bo‘lgan talabi va undan foydalanishning o‘sishi sayyoramiz aholisining o‘sishidan ortib ketmoqda. Agar so‘nggi 25 yil ichida dunyoda ko‘mirga bo‘lgan talab 2 marta, neftga va gazga bo‘lgan talab 6 marta, marganets rudasi, qalay, fosfat tuzlari qazib olish 2 – 3 marta oshgan bo‘lsa, aholining o‘sishi 40 % tashkil etadi.
    • Shu sababli agar inson XIII asrgacha faqat 18 xil elementlardan foydalangan bo‘lsa, XIX asrda 62 tasidan, hozir esa 200 ta elementlar va ularning birikmalaridan ham foydalanishga erishdi. Dunyoda qazilma boyliklarni qazib olish shu darajaga etdiki, u Yer kurrasida ro‘y berayotgan ekologik jarayonlar tufayli vujudga kelayotgan nurash miqdoridan ham ortib ketdi. Agar dunyodagi daryolar nurash tufayli dengiz va okeanlarga 15 mlrd t tog‘ jinsini nurab olib borsa, shamol 3-4 mlrd t jinsni nurab uchiradi.
    • Dunyoda insonlar fan-texnika yutuqlariga asoslanib yiliga (1980) 1600 mlrd t tog‘ jinslarini bir joydan ikkinchi joyga ag‘darib, kerak bo‘lgan minerallarni ajratib oladi. Fan-texnika taraqqiyoti tufayli yil sayin minerallarni qazib olish misli ko‘rilmagan darajada o‘sib, ba’zi mamlakatlarda mineral qahatchiligini vujudga keltirmoqda. Chunki so‘nggi 100 yil ichida ko‘mir, temir, marganets va nikelning yillik ishlatilishi 50-60 marta, volfram, alyuminiy, molibden va kaliy ishlatilishi 200-1000 barobar ortib ketdi.
    • Atrof-muhitni himoya etish va tabiiy resurslarni tiklash masalasida faoliyatini quyidagi turlari e’tiborga olinishi kerak.
    • BMT ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda yiliga 3231100 ming t ko‘mir, 2646290 ming t neft, 600200 ming t temir rudasi, 75180 ming t boksit, 3660 ming t xrom rudasi, 7300 ming t mis, 3350 ming t qo‘rg‘oshin rudasi, 5430 ming t rux rudasi, 159200 ming t tuz, 118500 ming t uran, vismut, simob, molibden, nikel, kumush, qalay, volfram, vanadiy, oltin, platina rudalari va boshqalar qazib olingan. Shuning uchun ba’zi qazilmalar tugash oldida turibdi.
    1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish