Immobilizatsiyaning ferment holatiga ta'siri
Immobillangan fermentlarning konformatsion xususiyat-lari. Immobillangan fermentning katalitik faolligi ancha pasa-yishi yoki umuman yo'qolishi mumkin. Bunga ferment konfor-matsiyasining immobillashdan so'ng o'zgarishi sabab bo'lishi mumkin. Bunday konformatsion o'zgarishlarni o'rganishda spek-trofotometrik, fluoressent usullar, spin bilan nishonlash usuli va boshqalardan foydalaniladi.
Bu tadqiqotlar natijalari asosida quyidagi xulosalar chiqarilgan:
Immobillash natijasida fermentning fazoviy strukturasi juda kam o'zgaradi, yoki ko'p hollarda o'zgarmay qoladi.
Nativ va immobillangan fermentlar konformatsiyalarining bir-biridan farq qilinishini quyidagilar bilan tushuntirish mumkin.
Birinchidan, funksional guruhlarining modifikatsiyasi tufay-li bo'lishi mumkin va bu farqlar immobillash jarayoniga bog'liq emas. Bu omilni immobillash usullaridan foydalanib yo'qotish mumkin.
Bundan tashqari, ferment immobillanayotgan vaqtda, uning faolligini himoyalash uchun ko'pincha, substrat yoki spetsifik ligand qo'shib tashuvchiga bog'lanadi. Natijada yuqoriroq solish-tirma faollikka ega preparatlar olish mumkin.
lkkinchidan, ferment strukturasini o'zgarishiga ferment va tashuvchi o'rtasidagi spetsifik bo'lmagan (elektrostatik, gidro-fob, vodorod bog'lar) o'zaro ta'sirlar sabab bo'ladi. Bunday hollarda, oqsilga nisbatan inertroq tashuvchi tanlanadi, tashuvchilarga polisaxaridlar, poliakrilamid va boshqalarni kiritish mumkin. Agar tashuvchini almashtirishni iloji bo'lmasa, u holda oqsil molekula-lari tashuvchiga uzun bog'lovchi agent bilan bog'lanadi.
Va nihoyat, uchinchi sabab - bu tashuvchi bilan ferment orasi-dagi bog'larning ko'pligidir.
3. Immobillash natijasida ferment konformatsiyasi umuman
o'zgarmaydi, lekin oqsil molekulasidagi konformatsion o'zgarish-
lar dinamikasi o'zgaradi. Masalan, tashuvchi bilan bog'langan
oqsillarda kataliz uchun konformatsion bosqichlar soni va ularning
o'tish darajasi kamayishi mumkin.
Ba-zida tadqiqotchilar, substrat, koomil va boshqa spetsifik ligandlar ta'sirida fermentda bo'ladigan konformatsion o-zgarishlarni aniqlash uchun immobillashdan foydalanishadi.
Bu ish quyidagicha amalga oshiriladi:
Fermentning substrat yoki boshqa spetsifik ligand bilan kom-pleksini bifunksional agentlar bilan tikiladi yoki faoUashtirilgan tashuvchigabog'lanadi.
Bosqich - ligand olib tashlangandan so'ng, ferment Jaol" konformatsiyada bo'lib qoladi.
Bunday immobillash fermentning stabillangan substratlar-ga va spetsifik ligandlarga moyilligi hamda katalitik xususiyatlari boshqacharoq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |