Oradan 4 soat o'tdi.
William Minerva ishdan qaytdi. Endi uni doim o'nlab odamlar qo'riqlab yurishadi. Uy atrofini ham soqchilar bosib ketgan. Chunki ayrimlar vampirlar odamlar ichidagi josuslari yordamida Williamni o'ldirishi mumkin deb qo'rqishyapti.
U kelgach, barcha bolalar va general Grant stol ustidagi xarita yoniga yig'ilishdi.
–Kelinglar, avval "YSM" haqida gaplashib olamiz,-dedi Grant,-Bizdagi eng katta muammo – poytaxt devor ortidagina joylashganida. Poytaxt aslida markazroqda joylashishi kerak edi. Hatto janubdagi ayrim shaharlarga prezident almashgani haqidagi xabar yetib ham bormagan. Janubiy shaharlar urushdan mutlaqo bexabar.
–Biroz oshirib yubordingiz, Grant,-William shunday deb stol ustida turgan qahvasidan ho'plab qo'ydi,-Ularga allaqachon barcha xabarlar yetkazib bo'lingan. Ha aytgancha, jurnalist Marta Gudmen ham bizning foydamizga maqolalar yoza boshladi.
–Boshqa iloji ham yo'q,-dedi Emma,-Aks holda uni qanday taqdir kutishini yaxshi biladi.
–Kelinglar, mavzuga qaytamiz,-aralashdi Mayk,-Birinchidan, biz qaysi shtabga hujum qilamiz? Bizga eng yaqin bo'lgan Anabellaning shtabigami yoki Lord Lyuvisnikigami?
–Eng avval "B32" ga hujum qilamiz,-dedi William,-U yer kichkina...qolaversa, u yerda ukam bor.
–Agar bunday qiladigan bo'lsak, ular bizni g'orning o'zidayoq kul qilib yuborishlari mumkin,-dedi Rey.
–U holda nima qil deysan?
–Menda reja bor,-qo'lini ko'tardi Emma,-Agar Anabella xonim haligacha tirik bo'lsa, u ham bizga yordam berishi tayin. Agar yordam berishdan bosh tortsa, askarlarimizni uning shtabiga jo'natamiz. Ammo Anabella nima bo'lganda ham o'lmasligi kerak. Chunki u bizga yordam berdi...
–Sen qayerdagi vampirga ishonmoqchimisan?-baqirib so'radi Grant.
–Aytyapman-ku, u bizga yordam berdi!
–Balki shunchaki va'da buzilib, yana odamlarni ov qila olish istagida shunday qilgandir?-so'radi William.
–Bilmayman...xullas u bilan gaplashib ko'ramiz. Agar chindan ham maqsadi shu bo'lgan bo'lsa, bazasini kuch bilan egallab olamiz.
–"B32" nima bo'ladi?-so'radi Luna.
–U yerga dadamiz, men, Mayk va Rey boramiz.
–Nima?!-baqirib yubordi Don,-Qayerdan buncha ishonch?
–Axir bir oydan beri miltiq otishni o'rganib kelyapmiz-ku. Men ham, Rey va Mayk ham qurol ishlata olamiz. Lekin menimcha u yerda ortiqcha qotillik bo'lmaydi.
–Emma, men ukamni ko'ndira olmasligim ham mumkin. Agar shunday bo'lsa, barchamiz o'lib ketamiz.
–O'tgan gal u bizni shunchaki qo'yib yuborgandi. U bekorga bunday qilmagan. Uni albatta ko'ndiramiz! Bunga ishonchim komil.
–Bu qizga ishonmang,-dedi Grant,-Bu qiz hattoki vampirga ham ishonadigan darajada hayolparast ekan. Aql bilan ish ko'rish kerak.
–Keyin, nega endi sizlar ham urushga borishingiz kerak?-so'radi Roza,-Axir hali 18 yoshga to'lmagansiz. Bu juda ham xavfli!
–Roza, biz eplaymiz. Axir anchadan beri o'rganib kelyapmiz-ku. Axir vampirlardan qochib, shu yergacha kela oldik. Ularga qarshi jang qilishni ham uddalaymiz.
–O'zingning nomingdan javob berma, Emma. Balki Rey va Mayk xohlamas?
–Men qo'rqoqlik qilish niyatim yo'q,-dedi Rey,-Qolaversa, oyimning o'limi uchun qasos olishni xohlayman. Lyuvisning o'limiga o'z ko'zlarim bilan guvoh bo'lishim kerak. Men boraman. Borishim shart!
–Lekin gap Lyuvisning o'limidamas, "B32" ga hech qanday qo'shinsiz kirishingizda ketyapti!
–Roza, nimadan buncha xavotirlanyapsan?-so'radi Mayk,-Shunchaki bizga ishon. Albatta tirik qaytamiz.
–Uzunsochning gaplariga qo'shilaman,-dedi Grant,-Janob Minerva, siz "YSM" ning yagona prezidenti ekanligingizni bilasizmi? Agar siz o'lsangiz, qolganlarni hech kim oyoqqa turgaza olmaydi. Aqlni ishlatib ish qiling.
–"B32" ni unchalik ko'p vampir qo'riqlamaydi. U yerda hatto onalar bo'limi ham yo'q,-dedi Emma,-Bizga duch kelgan vampirlarni yo'q qila olamiz.
–"B32" masalasini keyinga qoldiramiz!-baqirdi William,-Kelinglar, endi Lyuvisning shtabini qanday egallab olish yo'lini rejalashtirib chiqamiz.
–Xo'sh? Rejalar bormi?-so'radi Rey.
–Birinchi o'rinda sistemani qo'lga olish kerak. Ya'ni, barcha onalar va vampirlarga o'rnatilgan chiplarni boshqarib turadigan sistemaga.
–Men u yerda bo'lganman,-dedi Mayk,-U labaratoriya bo'limi yonida joylashgan. Izabella buvini o'sha yerdan turib o'ldirgandim.
–U yerdan turib vampirlarni ham o'ldirsa bo'ladi-ya?-so'radi Emma.
–Yo'q,-William ham Mayk ham tengdaniga javob berishdi,-Vampirlarga ulangan chip shunchaki ular qayerda ekanligini ko'rsatib tura oladi.
–Onalar masalasi-chi?-aralashdi Luna,-To'g'ri, ular shtabga sodiq...bolalarni ham o'limga yuborishdan toymaydi...ammo ular ham bir paytlar bizga o'xshagan qiz bo'lishgan-ku, to'g'rimi? Ularni o'ldirmasak kerak?
–Yo'q, Luna. Ular o'lishmaydi. Bunisidan ko'ngling to'q bo'lsin. Ammo buvi masalasiga javob berolmayman.
–Onalarni ozod qilish uchun birinchi o'rinda buvini yo'qotish kerak,-dedi Rey.
–Qiziq...Kara oyining o'rniga kim buvi bo'ldi ekan? U 36 yoshda edi. Undan bir-ikki yoshga kichikrog'imi? Yoki eng tajribalisimi?
–Mening oyim, aniqrog'i Elizabet oyi 35 yoshda edi,-dedi Roza,-Balki u buvi bo'lgandir?
–Kim buvi bo'lgani bilan ishim yo'q. Eng asosiy vazifamiz shtabni yo'q qilish,-William shunday deb qahvasining oxirgi ho'plamini ichib qo'ydi,-Sistemani egalladik ham deylik, keyin u yerdan turib, vampirlar qayerga berkinganini sheriklarimizga ratsiya orqali yetkazib berib turamiz. Shuningdek, u yerdan qolgan beshta fermalardagi bolalarga o'rnatilgan chiplarni ham nazorat qilish mumkin. Qisqa qilib aytganda, u yer shtab yuragi.
–Askarlar qo'lidagi miltiqlari bilan qo'rqmay hujum qila olishlarini o'zim ta'minlayman,-dedi Grant,-Kim qo'rqoqlik qilsa, ikkilanmay otib tashlanadi.
–Yo'q!-baqirib yubordi Emma,-Bu o'ta ketgan vaxshiylik! O'zimizniki bo'lgan odamlarni aslo o'ldirmaymiz!
–Qo'rqoq do'stdan ko'ra kuchli dushman yaxshi degan gapni eshitmaganmisan? Bu mening uslubim! Mening uslubimni muhokama qilish senga emas.
–Emma haq,-dedi William,-Grant, hech qanday vaxshiylik bo'lmasin. Axir o'zing yaxshi generalsan-ku. Bu uslub Rozvaldning davrida as qotardi.
–Nima desangiz, shu. Xullas, qo'shindan umuman xavotir olmang. Asosiysi ko'p sonli harbiylar va yetarli darajadagi qurol.
–Yaxshi...-William o'rnidan turib, qo'llarining chigalini yozdi,-Uhlaydigan vaqt bo'ldi. Ikki kundan keyin urush boshlanadi. Yaxshilab tayyorlaning. Barchaga xayrli tun...
Do'stlaringiz bilan baham: |