Oradan 1 hafta o'tdi.
3-ferma
Bugun Tedning jo'natilish kuni. Linda hatto bu haqida Tedning o'ziga ham ayta olmadi. Ammo bugun kechasi shtabga mahsulot sifatida jo'natishi shart...
U bor irodasini yig'ib, Tedni o'z xonasiga chaqirdi. Ted 6 yoshga endigina to'lganiga qaramay, barcha ma'lumotlarni boshqalarga qaraganda tezroq qabul qila olish xususiyatiga ega. U yetimxonadagi eng aqlli va zukko bola.
–Ted, bu haqida senga avvalroq aytishga urindim, ammo...
–Meni ham jo'natasizmi?-Ted Lindadan avval barchasini tushunib savol berdi.
–Meni kechir...boshqa ilojim yo'q. Seni jon deb qochirib yuborgan bo'lardim. Ammo qanday qilishni bilmayman. Qolaversa, bir o'zing fermadan tashqarida yashab keta olmaysan. Meni kechir. Kechir...
–Men o'lishdan qo'rqmayman,-dedi Ted o'rnidan turib,-Axir mendan avvalgi do'stlarim ham o'lgan-ku. Kara oyim ham, Acacia va Sofiya xola ham o'lishgan...bu og'riqli bo'lmaydi, to'g'rimi?
Linda hech narsa deya olmay qoldi. Chunki u ona bo'lishga va bu jirkanch ishni bajarishga tayyor emas. U ko'zlarini yumib, chuqur xo'rsinib qo'ydi.
–Bir narsa deya olmayman...balki og'riqli bo'lar...balki shunchaki uhlab qolishga o'xshar...ammo agar xohlasang, men bosh tortishim mumkin.
–Agar bunday bo'ladigan bo'lsa, sizning o'zingizni uhlatib qo'yishlari mumkin. Keyin qolgan bolalarga qarash uchun yovuz onani olib kelib qo'yishadi.
–Ted...
–Men roziman! Faqat so'z berishingiz kerak.
–Nimaga?
–Emma opam va boshqalar kelgunicha qolgan bolalarga ko'z-quloq bo'lib turishga. Ularni asrab avaylashga...
–So'z beraman. Qasam ichaman, ortiq hech kimni tortib olisha olmaydi! O'zim o'lsam o'laman-ki, ammo bolalarimni himoya qilaman!...
Kech tushdi. Linda qolgan bolalarga Tedni ota-onasiga topshirish uchun olib ketayotganini e'lon qildi. Ular Ted bilan xayrlashishni istashmadi. Lekin nima bo'lganda ham bugun uni jo'natish shart...
Osmonda nur sochib turgan minglab yulduzlar ostida qo'lidagi fonusi yengil shabboda sabab tebranib ketayotgan Linda qo'liga jamadon ushlab olgan Tedga achinish bilan qarab qo'yib, savol berdi:
–Qo'rqyapsanmi?
–Ha...o'lib ketib ortiq do'stlarimni va opa-akalarimni ko'ra olmasligimdan qo'rqyapman.
–Hali ham imkon bor. Agar xohlasang, seni yashirib qo'yaman.
–Yo'q. Undan ko'ra menga bergan va'dangizni bajaring...
Ular darvoza yoniga yetib kelgach, uning vahimali panjaralari ochildi. Linda Tedning qo'lidagi jamadonni olib, ichkariga boshladi. Odatda ularni ichkarida vampir kutib olishi kerak, ammo bugun negadir unday bo'lmadi. Lindaga shtabda bolalarni olib ketish uchun vampir kelishi haqida saboq berilgan, ammo hozir uning qarshisida vampir emas, boshqa shaxs turibdi.
Linda qo'lidagi jamadonini yerga qo'yib, hech narsani tushunmay qorong'ida arang ko'rinib turgan sharpa tomonga yaqinlashdi.
–Buvi?...
Do'stlaringiz bilan baham: |