Ferma 4-fasl



Download 188,69 Kb.
bet29/33
Sana29.01.2021
Hajmi188,69 Kb.
#57574
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Документ

Oradan 1 kun o'tdi.

Barcha askarlar, general Grant bilan qolgan qo'shin ham "B32" ga kirib kelib, tunab qolishdi. Tashqariga esa bir necha o'n kishilik askarlardan iborat bo'lgan soqchilarni joylashtirib qo'yishdi. Quyosh chiqib, osmon yorug'lashgach, Lord Lyuvisning shtabini yo'q qilish uchun bo'lib o'tadigan hal qiluvchi jang rejasi tuzila boshlandi.

–Shtab ikki qismdan iborat,-dedi stol ustiga xaritani qo'ygan Piter,-Birinchisi – ko'prik ortidagi darvoza. Darvoza yonini vampirlar qo'riqlashi aniq. Qolaversa, bu hali hammasimas. Lyuvis vampirlar sonini ko'paytiradi. Eng ko'pi bilan yuzta vampir bo'ldi ham deylik, darvoza yonida ularning yarmi, ya'ni 50 tasi joylashgan bo'ladi. Ular o'rnatgan minalardan eson-omon o'tib olsak, ko'prik orqali shtabga kirib boramiz va birinchi qismni egallaymiz.

–Ularda ham qurol bor, to'g'rimi?-so'radi Mayk,-Ular ham jim qarab turishmaydi. Bizga pistirma qo'yishlari tayin.

–Albatta bor. Keyin, men yasagan minalar birdaniga yuzlab askarlarni portlatib yuborishi mumkin. Shu sabab ham juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerak. Men minalar o'rnatilgan nuqtalarni aniq aytib berolmayman.

–Ikkinchi qism-chi?-shoshiltirdi Rey.

–Ikkinchi qism – hovli. U yerda bo'lgansiz. Shimol tarafda labaratoriya bo'limi, g'arbda Lyuvisning xonasi, sharqda esa onalar bo'limi va qamoqxona joylashgan. Labaratoriya bo'limining yerto'lasida esa beshta zombi saqlanadi. Lekin ular biz uchun xavfli emas.

–Ularning ixtiyorida kartadagi katta tuz bor,-dedi William,-Biz barcha askarlar bilan shtabga olib kiradigan yagona yo'l, ya'ni ko'prik orqali yurishga majburmiz. Chunki atrof ulkan va tubsiz jarlikdan iborat. Biz qancha jipslashsak, bizni o'ldirish shunchalik oson bo'ladi.

–Hattoki portlatib ham yuborolmaymiz!-Rey jahl bilan baqirib yubordi,-Chunki u yerda "begunohlar" bor. Lekin miyani ishlatib o'ylab qaralsa, o'sha bir nechta begunohlarni deb yuzlab askarlar o'lib ketishi mumkin!

–Juda og'ir vaziyat...-qo'shildi Grant,-Balki mana bu oqsoch olimni josus qilib yuborarmiz?

–Lyuvis menga ishonmaydi,-rad etdi Piter,-Qolaversa, oradan 1 kun o'tdi. Shu paytgacha qayerda bo'lganimni izohlab bera olmayman.

–Josus jo'natish shartmas,-dedi Emma,-Biz ulardan o'n barobar ko'pmiz! Shunchaki aqlni ishlatib hujum qilamiz. Bu hal qiluvchi jang bo'ladi! Rey to'g'ri aytdi, kimdir o'lishi yoki tirik qolishi bilan endi ishim yo'q. Ular o'z o'limiga rozi bo'lib bizga qo'shilishdi. Men oilamni qutqarishni xohlayman! O'z qo'llarim bilan tashlab kelgan oilamni qutqarsam bas. Bu uchun qancha qurbonlik ketishi ahamiyatsiz.

–Emma...-Mayk uning gapini bo'lib, to'xtatishga urindi,-Bu biroz xudbinlik bo'lib qoldi. Oilamizni shundoq ham qutqaramiz.

–Biroz oshirib yuborgan bo'lsam kechiring. Lekin men ularga va'da berganman. Albatta ularni qutqarish uchun qaytib kelishimni aytganman. Agar va'damni bajarolmasam, o'zimni o'lgunimcha ham kechira olmayman...

Ular Lord Lyuvisning shtabiga bo'lingan holda hujum qilishga qaror qilishdi. Birinchi 250 kishilik qo'shin darvoza va ko'prik orqali bostirib kirib, u yerga to'plangan vampirlarni yo'q qilishadi. Oradan ma'lum vaqt o'tgach, ikkinchi 250 kishidan iborat bo'lgan qo'shin bostirib kirib, avvalgilariga yordam beradi. Keyin esa qolgan barcha askarlar yig'ilib bostirib kiradi hamda Lyuvis joylashgan bo'limga hujum qiladi. Ilk hujumchilar onalar bo'limiga bostirib kirishadi. Ikkinchi hujumchilar labaratoriya bo'limiga bostirib kirib, sistemani egallashadi. Qolgan qo'shin esa nima qilib bo'lsa ham Lyuvisni yo'q qilishi kerak.

William va general Grant boshchilik qilayotgan qo'shin "B32" dan chiqib, Lord Lyuvisning shtabiga qarab yo'l olishdi. Piter tuzib bergan minalarning taxminiy nuqtalariga amal qilgan holda qadam bosib kelayotgan askarlar oyoqlari ostiga juda ham ehtiyotkorlik bilan qarab ketishdi.

–Barglar va shunga o'xshash axlatlar to'planib qolgan joylarga umuman qadam bosmang, qo'lingizdagi miltiq bilan yerdagi har bir narsani joyidan surib keting!-baqirdi Grant ortidagi askarlarga.

Mana shunday bir-biridan sekin qadamlar va ikkita portlash oqibatida shtabgacha yetib borish juda ham qiyin kechdi. Eng yomoni esa portlash oqibatida halok bo'lgan 120 ta askar va vahimaga tushib qolgan qo'shin bo'ldi. William ularni hech narsadan qo'rqmaslikka va ilk g'alaba yaqinligiga shuncha ishontirsa ham, ularning vujudidagi qo'rquvni yo'qotib bo'lmasdi.

–Bu bilan hech narsa tugamasligini sen ham men ham yaxshi bilib turibmiz,-dedi Piter Williamga yaqin kelib.

–Bu bilan nima demoqchisan? Nima yakun topmas ekan?

–O'zing ham yaxshilab o'ylab ko'r, bittagina Lyuvisning shtabi uchun shuncha harakat qilyapmiz. Lekin bunday shtablar bitta emas. Urush hali beri tugamaydi.

–To'g'ri aytasan,-tasdiqladi William,-Lekin ilk urush bizning nimalarga qodir ekanligimizni isbotlab beradi. Men g'alaba qozonishimizga ishonaman. Bunga sen ham ishonsang, yaxshiroq bo'lardi.

–Yetib keldik!-baqirdi oldinda ketayotgan Emma,-Lord Lyuvisning shtabi qarshimizda turibdi.

–Negadir hammayoq tinch. Vampirlardan asar ham yo'q. Xuddi urush haqida hech narsa bilishmaydiganday...-shivirladi Mayk shtabga hayrat bilan qarab qo'yib.

–Bu pistirmaligi aniq,-dedi Grant,-Qanday pistirma ekanligini esa hozir bilib olamiz. Birinchi bo'linma, qani hamma jangga!

Birinchi bo'linma tarkibida William ham, Emma, Rey va Mayk ham, Piter va general Grant ham bor. Aslida har bir bo'linmaga bittadan rahbar tayinlanishi kerak edi, ammo Emma hamma birgalikda harakat qilishi kerak degan qarorga keldi. O'zi orqada qolib, oldinga askarlarni yuborish qo'rqoqlik deb bildi.

–Olg'a!-baqirdi William,-Yo'lingizdan uchragan vampirni otib o'ldiring!!!

Emma qo'lidagi og'ir miltig'i bilan shtab darvozasi tomon qarab yugurdi. U oilasini qutqaryapti! Nihoyat u kutgan onlar keldi. Bugun hammasi tugaydi. Dushmanlar yo'q qilinadi. Emma shunday xavfga to'la vaziyatda ham beixtiyor baxtli kelajak haqidagi hayollarga berilib ketdi:

Fermada qolib ketgan bolalarni qutqaradi, shtabni yo'q qiladi, Anabella va Karaning o'limi uchun qasos oladi, "YSM" tugatilib, yana har xil davlatlar tuziladi va eng asosiysi o'zi orzu qilganday butun oilasi bilan katta va shinam uyda baxtli hayot kechiradi...

Emma endigina darvoza yoniga yetib kelishi bilan ortidan baland va qo'rqinchli portlash ovozi eshitildi. William ortiga o'girilib, bor ovozi bilan baqirib yubordi:

–Ko'prik! Ular ko'prikni portlatib yuborishdi!!!

–Bilgandim!-baqirib yubordi Rey,-Hech narsa bunchalik oson bitmasligi kerak edi. Endi hammamiz o'lib ketamiz!

–Hamma emas,-dedi Grant,-Hoziroq hujumni davom ettirish kerak. Biz bilan ikki yuzdan ortiq qo'shin bor. Jarlikning nargi tarafida qolib ketgan askarlardan umidni uzamiz! Olg'a!!!

Odamlardan iborat qo'shin qo'rquv va umidsizlikka tushib qolgan bo'lishiga qaramay, tirik qolish ilinjida qo'liga qurol olib, shtab hovlisiga bostirib kirdi. Shu zahoti ularga vampirlar hujum qila boshlashdi. Askarlar Grantning buyrug'iga binoan doira shaklida yig'ilib olib, atrofidagi vampirlarga birma-bir o'q uzishdi. Ammo ba'zi vampirlar xuddi osmondan tushganday doira markazida turgan askarlar ustiga sakrab tushishdi. Shu sabab hujum va himoya usulini biroz boshqarib bo'lmay qoldi.

–Lyuvisni topishimiz kerak!-baqirdi Emma yonida himoyalanib turgan Williamga qarab.

–Bu sen o'ylaganchalik oson bo'lmaydi. Avval manabu la'natilardan qutulib olish kerak!

–Bularni menga qo'yib bering,-dedi Grant tepadan sakramoqchi bo'lgan vampirga o'q uzib,-Sizlar o'sha ilonning kallasini uzib tashlang.

–Men ham sizlar bilan!-baqirdi Rey.

–U holda kutishdan foyda yo'q!-Emma shoshilib, shtab hovlisining g'arbiy tarafiga qarab yugurib ketdi. Uning ortidan William, Rey va Mayk ham ergashishdi. Birozdan so'ng esa Grant yana yigirmataga yaqin askarlarni ularning ortidan yordamga yubordi.

–Nega...nega yo'lak bunchalik tinch? Vampirlar qani?-so'radi Emma qop-qorong'i va hech qanday ovoz chiqmayotgan yo'laklarga qarab.

–Bu ham pistirmaligi aniq!-dedi Mayk,-Bir-birimizga yaqinroq yurishimiz kerak. Ehtiyotkorlikni unutmang!

–Lyuvisning xonasi qayerda edi?-so'radi sabri chidamayotgan Rey.

–Aynan mana shu yo'lak oxirida. Ammo uni kim o'ldiradi? Menmi, Maykmi, dadamizmi yoki senmi?

–Kim o'ldirishining ahamiyati yo'q,-dedi William,-Asosiysi undan qutulish. Askarlar, yarmingiz oldinga chiqing. Har qanday pistirmaga tayyor bo'lishimiz kerak...

Ular yo'lak oxiriga yetib kelgach, William chuqur nafas oldi-da, eshikni ochdi. Qimmatbaho mahsulotdan yasalgan eski eshik g'ichirlab ochilarkan, Emma askarlarni turtib o'tib, ichkarida nima borligini ko'rish uchun oldinga chiqdi. Qop-qorong'i xonaning shiftiga o'rnatilgan yoritgichlar birma-bir yonib, xona markazigacha yetib bordi. Xona markaziga o'rnatilgan yoritgich yongach, uning oppoq nuri tagida oyoq-qo'li bog'langan Ted va uning tepasida qip-qizil ko'zlari yonib, xanjar ushlab tirjayib turgan Lord Lyuvis paydo bo'ldi. Birozdan so'ng xona butunlay yorug'lashib, Emma 3-fermada qoldirib kelgan boshqa bolalar va ularning tepasida xanjar ushlab turgan vampirlar ko'rinishdi. Emmaning yuragi qattiq-qattiq urib, nafasi titrab chiqa boshladi. Uning qo'lidagi miltiq o'z-o'zidan yerga tushib, ko'zlari katta-katta ochilib ketdi va past ovozda shivirladi:

–Yo'q...faqat bu emas! Iltimos...

–Salom, mehmonlar. Kamtarona shtabimizga xush kelibsiz. Biroz qo'pollik bilan kutib olganim uchun uzr, ammo shunga majbur bo'ldim. Menimcha sizlardan avval kelgan mehmonlarimizni tanishtirish shart emas-a? Axir birga katta bo'lgansizlar...

–Ulardan qo'lingni tort!-baqirdi William,-Bu urushga bolalarning nima aloqasi bor? Nahotki shunchalar qo'rqoq bo'lsang?!

–O, bu shaxsan William Minervaning o'zimi? Ko'rishmaganimizga ancha bo'libdi. Ukang qani?

–Bolalarni hoziroq qo'yib yubor!-Emma g'azab bilan baqirib, qo'liga yerga tushib ketgan qurolini oldi,-Agar ularning bir tola sochi to'kilsa, qasam ichib aytaman, shu zahoti kallangga o'q uzaman!

–Meni bu bilan qo'rqita olmaysan, Emma. Senga imkon bergandim, yonimda qolib, vampir vorisimga aylanishing mumkin edi. Tushunyapsanmi? Yo'q...sen tushunmaysan! Senga qanchalik katta imkon berganimni hayolingga ham keltira olmaysan!

–Oilam yonida bu jirkanch imkoning hech qanday qadrga ega emas. Hoziroq ularni qo'yib yubor!

–Senga oxirgi imkonni berishga qaror qildim, qizaloq. Agar menga qo'shilishga rozi bo'lsang va shu yerda qolsang, barcha yaqinlaring shtabdan tirik chiqishadi. Chin lordlik so'zim...

–O'tgan safar bu lordlik so'zi qandayligini ko'rib bo'lganman. Ikki dunyoda ham rozi bo'lmayman!

–Afsus...u holda bu bechora bolalarni o'ldirishimga to'g'ri keladi...

–Hech narsani unutmayapsanmi?-so'radi William,-Agar bolalar o'lsa, biz sizlarga o't ochamiz. O'zing ham o'lib ketasan.

–O, men sen o'ylaganchalik ahmoq emasman. Buning chorasini ko'rib qo'ydim. 1041, chiqishing mumkin!

–Nima?...-William hech narsaga tushunmay, ortiga o'girildi. Ularning ortida qo'liga miltiq ushlab olgan o'ttizga yaqin onalar hamda ularni boshqarib kelayotgan "1041" raqamli ayol ko'rindi.

Ular odamlardan iborat askarlarga miltiqlarini o'qtab, ichkariroqqa haydashdi.

–Shox va mot, odamchalar...-Lyuvis g'olibona ohangda jilmayib qo'ydi.

–Demak, o'sha hammaning og'zida doston bo'lgan qahramonlar sizlar ekansiz-da?-so'radi Elizabet qurolini Emmaga o'qtab,-Sen esa..."3866", ularning rahbarisan, shundaymi? Sizlarning qochib ketganingiz haqidagi xabar butun shtabni oyoqqa turg'azdi. Hatto mening fermamdagi qizlarning birini ham o'g'irlab ketdinglar. Sizlarni ta'qib qilishdi, quvlashdi, bir necha marta tutib olishdi, ammo taslim bo'lmadinglar. Hatto sizlarga shtabning sobiq buvisi Kara ham yordam berdi. Sizlar kurashdinglar, yana, yana va yana ko'p marotaba...hattoki odamlar orasida ham tinch o'tirmabsizlar. Men qoyil qoldim. Barchangizga besh baho qo'yaman...-Elizabet jilmayib, qo'lidagi miltiqni ichkariroqda turgan Lyuvisga qarab o'qtadi. Qolgan onalar ham askarlarni nishonga olishni bas qilishib, 3-ferma bolalarini garovga olib turgan vampirlarga qurolini to'g'irlashdi.

Lyuvisning, nafaqat uning, xonadagi onalardan tashqari barchaning ko'zlari katta-katta ochilib ketib, nima bo'layotganiga tushunmay qolishdi.

–Sen...meni sotding...-shivirladi Lyuvis,-Sen meni sotding, 1041!!!


Download 188,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish