Oradan 15 yil o'tdi
Vampirlar bilan bo'lib o'tadigan barcha urushlar butunlay barham topdi. Yer yuzida bitta ham vampir tirik qolmadi, balki qolgandir, ammo ular qo'rqoqlarcha qochib ketishdi. Shtablar tugatilib, u yerda boqilayotgan bolalar qutqarildi. "YSM" degan davlat yo'q qilinib, unda yashovchi aholi haqiqiy va keng olamga chiqdi. Yangi-yangi shaharlar qurildi, olamga yana odamzod hukmronlik qila boshladi...
–Men, "YSM" bosh vaziri Maykl Minerva, bugundan boshlab "Yangi Sivilizatsiya Markazi" tugatilganligini va yana ming yillar avvalgiday mustaqil davlatlar tuzilishini aytishdan mamnunman!-dedi Mayk minbarga turib,-Bu yo'lda yaqindagina qurbon bo'lgan otam William Minerva, general Grant, hamda qo'shinni eng zamonaviy va vampirlarni yo'q qilib yuborishga qodir bo'lgan qurol-yarog' bilan ta'minlab bergan, eng yaqin do'stim Reymond Minerva, fermalardan qutqarilgan bolalarga mehribonlik qilishni o'z bo'yniga olgan Emma Minerva, barcha kasalxonalardagi be'morlarning tuzalishiga sababchi bo'lgan Luna va Roza Minervalar va eng asosiysi sizlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman! Agar siz bo'lmaganingizda, vampirlarga qarshi hech qachon urush ocha olmagan bo'lardik! Agar siz bo'lmaganingizda, haqiqiy olamimizga egalik qila olmagan bo'lardik. Bu urushda barcha askarlar bor kuchi bilan harakat qildi. Biz g'olibmiz! Bugundan boshlab o'z olamimizga o'zimiz egalik qilamiz!...
* * *
Yetimxona.
Maykl Minervaning gaplarini radiodan eshitib o'tirgan Emma qo'liga Lyuvisning o'limidan so'ng tuta boshlagan kundaligini olib, eski xotiralarini varaqlay boshladi.
–Nihoyat...biz endi ozodmiz. Endi yana hammasi avvalgiday bo'ladi. Bu dunyo yana bizga tegishli...-Emma shu gaplarni kundaligiga yozib qo'ydi. U ruchkasini stol ustiga qo'yib, endigina radio ovozini balandlatayotgan payt eshik ochilib, ichkariga yetim bolalardan biri kirib keldi.
–Maks? Hammasi joyidami? Nega yana yig'layapsan?
–Emma oyi...bolalar yana ustimdan kulishyapti! Ular meni qo'rqoq va landavur deb masxara qilishyapti...
–Yanami? Sizlarga qaysi oyi qarayapti, o'zi? Nega uning yoniga bormading?
–Men bu yerda yashashni xohlamayman! Yetimxona yomon! Meni kimdir boqib olishini juda ham xohlayman...Emma oyi, menga yangi ota-ona topib bering.
–Maks, kel yaxshisi do'stlaring bilan yarashtirib qo'yaman. Ahil va inoq bo'lib yashaysizlar. Bu senga yoqadi, ishonchim komil.
–Ammo...ammo ular juda ham qo'pol!
Emma yetim bolaning yoniga aylanib o'tib, uni bag'riga bosdi.
–Bir narsani bilib qo'y, ular sening aka-uka va opa-singillaring. Hammasiga men aybdorman, sizlarga o'zim xohlaganimday tarbiya bera olmayapman...
–Yo'q, oyi...siz juda ham yaxshisiz!
Emma jilmayib, oppoq fartugining cho'ntagidan shirinlik chiqardi.
–Mana buni ol va oilangning yoniga borib tur. Men ham tez orada ortingdan boraman va tarbiyasizlik qilayotganlarning adabini beraman.
–Ho'p bo'ladi, oyijon!-Maks shirinlikni olib, tashqariga yugurib chiqib ketdi.
Emma esa ko'zgudagi aksiga yana bir marta qarab qo'yib, bo'ynidagi raqamni kiyimining yoqasi bilan berkitishga urindi.
–Men baribir ona bo'ldim. Ammo soxta emas, haqiqiy ona! Men umrimning oxirigacha ota-onasiz bolalarga mehribonlik qilaman. Bu mening burchim...
Bu shunchaki o'z oilasini juda ham yaxshi ko'radigan va uni hech kimga alishmaydigan, hamma ikkinchi imkonga loyiq deb hisoblaydigan, doimo adolat tarafda bo'ladigan va boshlagan ishidan hech qachon qaytmaydigan qiz haqidagi qissa edi. Qissa kimgadir yoqqan bo'lsa, xursandman. Yoqmagan bo'lsa, uzr so'rayman. Barcha o'z oilasini qadrlab, vaqtida diyroriga to'yib olishini chin dildan istagan bo'lardim. Chunki, ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi...
TAMOM.
Muallif: https://t.me/L_o_a_d_i_ng
Kanalimiz: https://t.me/vampir_hikoyalar
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |