Ferma 4-fasl



Download 188,69 Kb.
bet20/33
Sana29.01.2021
Hajmi188,69 Kb.
#57574
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
Bog'liq
Документ

Anabellaning shtabi

Deyarli hech qanday vayronagarchilik yoki portlashlar bo'lmadi. Anabella o'ldirilib, uning shtabi ham fermalari ham butunlay Lord Lyuvisning ixtiyoriga o'tdi. Anabellaning xonasiga osilgan soatlarni tashqariga uloqtirib tashlagan Lyuvis uning tebranadigan kreslosiga o'tirib, bor charchog'ini chiqarib yubordi. U kresloda naq 20 daqiqa hech narsa qilmasdan ko'zlarini yumgan holda dam oldi. Biroz o'ziga kelib olgach esa hali ham tanasidan qon oqishdan tinmayotgan Anabellaning tepasiga turib, uning qotib qolgan qo'lidagi vampir gulini olib, bir soat avval qilich sanchilgan yuragiga sanchdi. Anabellaning rangi o'chib, battar oppoq tusga kirib borarkan, Lyuvis ko'zlarini yumib, qo'llarini qovushtirdi va past ovozda pichirladi:

–Ey buyuk Vida, o'zing meni kechir...

Lyuvis ko'zlarini ochib, Anabellaning jasadiga yana bir marta qarab qo'ydi-da, uning yuragida ochilib turgan vampir gulini sug'urdi.

–Qizing o'zingdan mutlaqo farq qilmas ekan, Bayon. Mayli, nima bo'lganda ham menga rahmat aytishing kerak. Qizingni sening yoningga jo'natdim. Albert! Albert!

Lyuvisning chaqiruvidan so'ng bir zumda yuziga biroz qon tegib qolgan Albert paydo bo'ldi. U yerda yotgan jasadga e'tibor bermay, Lyuvisga tiz cho'kdi.

–Milord?

–Mana bu gulni o'z shtabimizga jo'nat. Xonamdagi tuvakka ekib qo'yishsin. Bayonning guli yoniga. Jasadni esa hoziroq olib chiqib ket.

–Ho'p bo'ladi, milord!-Albert Anabellaning jasadini ko'tarib, tashqariga yo'l oldi. U endigina eshikka yetib kelishi bilan Lyuvis unga yana bir topshiriq berdi:

–Huzurimga Mikaelni jo'nat. Tezda yetib kelsin.

Oradan 10 daqiqacha vaqt o'tgach Lord Lyuvisning huzuriga ko'zlari qip-qizil bo'lib yonib turgan Mikael kirib keldi. U Lyuvisga ta'zim ham qilib o'tirmay, darrov tabriklashga tushdi.

–Milord, g'alabangiz bilan tabriklayman! Agar shu ketishda bo'lsa, "B32" ni ham qo'shganda naq 3 ta shtab yordamida qolgan shtablarni ham egallab olishimiz mumkin. Axir odamlar oyoqqa turishdi. Ularni yo'q qilishning yagona yo'li esa barcha vampirlarni birlashtirish...

–Gaping to'g'ri, Mikael,-Lyuvis o'rnidan turib, mayda qadamlar bilan Mikaelning orqasiga o'tdi,-Agar odamlar urush ochsa, ming yillik va'da buziladi. Buni mendan ham yaxshi tushunib turibsan. Va'da buzilsa, biz yana odamlarni ovlashimiz mumkin bo'ladi. Ammo telba Lord Bayonning sharofatini deb odamlarda radiatsion qurilma paydo bo'lgan. Bu ham yetmaganday, ularning soni juda ham ko'p.

–Milord, bu bilan nima demoqchisiz?

–Odamlar bizga urush ochish arafasida turishibdi. Menda ularni mahv etish uchun reja tayyor. Lekin buning uchun qolgan shtablarni ham egallashimga to'g'ri keladi.

–Juda soz...mendan biror yordam kerakmi, milord?

–Umuman olganda, ha...

Oraga bir muddat sovuq sukunat cho'mdi. Xonaning qayeridandir Anabellaning yashirib qo'ygan soatining bir maromda chiqillashi eshitilib, Lyuvisning asabiga tega boshladi. Mikael esa o'z-o'zidan qaltirab ketayotgan qo'llarini qovushtirib, Lyuvisga yana savol berdi.

–Milord, axir siz bunday o'ylamayapsiz-a? Men hech qachon sizga xiyonat qilmayman...

–Axir senga xiyonat qilishing mumkin demadim. Bilasanmi Mikael, sening aqling haddan tashqari ko'p. Bu menga xavf solishi mumkinmi deb qo'rqaman.

–Milord, men hech qachon...-Mikael gapuni tugatmasidan uning bo'yni va yelkasi o'rtasiga Lyuvisning uzun va so'yloq tishlari sanchildi. Mikael qo'llari bilan uni o'zidan itarishga urindi, ammo Lyuvis uning ikkala qo'lini ham mahkam ushlab olib, qonini so'rishda davom etdi.

–Sen...sen la'natlanding! Vampir qonini ichish la'nat...

Lyuvis hech qanday javob qaytarib o'tirmay, Mikaelning qonini ichishda davom etdi. Oradan taxminan 1 daqiqa o'tgach, butunlay holsizlanib, qarshilik ko'rsatayotgan Mikaelning qo'llari osilib qoldi. Lyuvis uni yerga uloqtirib, og'zini kiyimining yengi bilan artib oldi.

–Bu la'nat emas. Vampir qonini shaxsan oliy hukmdor Vidaning o'zi ham ichgan. Senga kelsak Mikael...-Lyuvis qaltirab, bazo'r nafas chiqarayotgan Mikaelning boshini oyog'i bilan eza boshladi,-Anabellaga qilgan xiyonatingdan so'ng yana boshqa bir shtabga borib, mening ham, Anabellaning ham shtab xaritasini va sirlarini sotmasligingga kim kafolat bera olardi? Balki umuman, meni o'ldirmoqchi bo'lgandirsan?

Mikael qaltirab chiqayotgan ovozi bilan bir narsalarni tinmay g'uldiray boshladi. Lekin uning nima deyotganini hech tushunib bo'lmasdi. Lyuvis uning boshidan oyog'ini olib, kreslosiga borib o'tirdi.

–Sotqinning jazosi shunday bo'ladi. Sen shunchaki jirkanchsan. Alvido, nargi dunyoda hali Anabella ham adabingni berishi kerak...




Download 188,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish