mutatsiyalar paydo bo‘ladigan joylar. Mutatsiyalar genera-
tiv va somatik bo‘lishi mumkin. Jinsiy hujayralarda paydo bo‘lgan
mutatsiyalar shu organizmning belgilarining namoyon bo‘lishi-
ga ta’sir qilmaydi, u faqat keyingi bo‘g‘inlarda namoyon bo‘ladi.
Bunday mutatsiyalar generativ mutatsiyalar deyiladi. Agar so-
matik hujayralarning genlari o‘zgarsa, bunday mutatsiyalar shu
organizm ning o‘zida namoyon bo‘ladi va jinsiy ko‘payishda keyingi
avlodga o‘tmaydi.
Biroq jinssiz ko‘payishda, agar organizm hujayra yoki hujay-
ralar to‘plamidan ko‘payayotgan va unda o‘zgargan – mutatsiyaga
uchragan gen bo‘lsa, bunday mutatsiyalar somatik muta tsiyalar
deb ataladi va ular keyingi avlodlarga o‘tishi mumkin.
o‘simlikshunoslikda somatik mutatsiyalardan madaniy o‘sim-
liklarning yangi navlarini yaratishda keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |