Fizikaviy xossalari. Aminokislotalar yuqori haroratda suyuqlanadigan, suvda yaxshi eriydigan rangsiz kristall moddalardir. Ularning suyuqlanish haroratlari bir-biridan kam farq qiladi.
Bir asosli aminokislotalarning suvdagi eritmalari neytral xarakterga ega. Aminokislotalar ichki tuz (bipolyar ion) N+H3CH2COO– korinishida mavjud boladilar. Ularning bunday tuzilishga ega bolishligi fizikaviy tekshirish usullari yordamida a niqlanilgan. Bipolyar ion kislotali muhitda kation, ishqoriy muhitda esa anion sifatida mavjud boladi. Aminokislota eritmalari izoelektrik nuqtada elektr tokini otazmaydi.
Tabiiy aminokislotalar ikkiga: almashtirib bolmaydigan (lizin, metionin, izoleysin, trionin, tiptofan, valin va boshqalar) va almashtirsa boladigan aminokislotalarga bolinadilar. Kopchilik tabiiy aminokislotalar optik faollikka ega bolib, ulardan L-qatorga mansublari achchiq, yoki mazasiz, D-qatorga mansublari esa shirin mazaga egadirlar.
Kimyoviy xossalari
Aminokislotalar kislotalar va aminlar uchun xos bolgan reaksiyalarga kirisha oladilar. Bundan tashqari, aminokislotalarning ozlariga xos reaksiyalari ham bor.
1. Aminokislotalar asoslar bilan tuz hosil qiladilar: aminokislotalarning ogir metallar bilan hosil qilgan tuzlari kompleks hususiyatga ega bolib, rangli boladi. Masalan, aminosirka kislotaning mis bilan hosil qilgan tuzi kok ranga ega.
2. Kislotalar kabi aminokislotalar ham murakkab efirlar, galogen angidridlar, amidlar va boshqalarni hosil qiladilar.
3. Aminokislotalar aminoguruh hisobiga anorganik kislotalar, kislota xususiyatiga ega bolgan birikmalar bilan tuz hosil qiladilar:
4.Aminokislotalarning efirlariga nitrit kislota bilan tasir etilganda barqaror diazbirikmalar hosil boladi:
5.Aminokislotalarga kislota angidridlari va galoid angidridlar bilan tasir etilganda aminoguruh atsillanadi:
6. Aminokislotalardagi aminoguruhi alkillash reaksiyalariga kirisha oladi. Bunda ikkilamchi, uchlamchi aminokislotalar va tortlamchi ammoniy asoslari hosil boladi. Tortlamchi ammoniy aoslarining ichki tuzi betaminlar deb ataladi:
7. -, -, - Aminokislotalar qizdirilaganda turlicha ozgarishga uchraydilar. - Aminokislotalar qizdirilganda diketopiperazinlarni, - aminokislotalar toyinmagan kislotalarni, - va yuqori aminokislotalar esa laktonlarni hosil qiladilar:
Yuqoridagi reaksiyalar yordamida -, - va -aminokislotalarni bir birlaridan farqlash mumkin.
Aminokislotalar peptid, dipeptid va polipeptidlarni hosil qilib polimerlanadilar:
Bu reaksiya oqsilni sintez qilishda ishlatilganligi tufayli katta ahamiyatga ega. Aminokislotalarni malum tartibda biriktirib, polipeptidlar hosil qilish uchun, ulardagi amino- yoki karboksil guruhi himoya qilganida.
Do'stlaringiz bilan baham: |