H2N-CH2-COOH (aminsirka kislotasi (glitsin))
Barcha oqsillarning asosiy qurish elementlari aminokislotalar ekanligi koʻpdan beri maʼlum boʻlsa ham, toʻla aminokislota tarkibi faqat XX asrning 30-yillaridagina batamom belgilanadi.Buning sababi, bir tomondan aminokislatalar hali yahshi oʻrganilmagani, oqsil tarkibiga qaysi aminokislotalar kirganligi aniq maʼlum boʻlmaganligi boʻlsa, ikkinchidan, ularning ayrim vakillarini sifat va miqdor analizi usullari hali mukkalmal boʻlmaganligi edi. Bu muammo faqat 40-yillarning boshlarida qogʻoz xromotografiyasi usuli qoʻllanilishi bilan hal qildi. Tabiatda 300 ga yaqin aminokislotalar uchraydi. Ularning yarmidan ortigʻi, umuman oqsil tarkibiga kirmaydi, qolgan yarmining koʻp qismi ham faqat ayrim organizmlarda, baʼzilari alohida peptidlar tarkibida boʻladi.Hamma organizmlarda oqsillar tarkibiga kiradigan aminokislotalar soni 20 ga teng. Ular proteinogen aminokislotalar deb ataladi.
Karboksil va aminoguruhi saqlovchi organik birikmalarga aminokislotalar deyiladi. Oqsillar aminokislotalar qoldigidan tashkil topganligi sababli, aminokislotalar juda katta ahamiyatga egadirlar.
Aminokislotalarning gomologik qatori aminosirka kislotadan boshlanadi. Aminochumoli kislota mavjud emas. Aminokislotalarni nomlashda emperik va sistematik nomenklaturadan foydalaniladi.
Emperik nomenklatura boyicha nomlashda aminokislotalar nomi tegishli kislota nomi oldiga amino so’zi qo’shib hosil qilinadi. Karboksil va aminoguruhlarning holati -, -, γ- kabi hariflar bilan ifodalaniladi. Sistematik nomenklaturada esa aminoguruhning holati raqamlar bilan ko’rsatiladi va aminokislotalarning nomi tegishli toyingan uglevodorod nomidan hosil qilinadi.
Masalan:
metionin
treonin
valin
leytsin
izoleytsin
lizin
fenilalanin
triptofan
|
|
2-amino-4-metiltiobutan kislota
2-amino-3-gidroksibutan kislota
2-amino-3-metilbutan kislota
2-amino-4-metilpentan kislota
2-amino-3-metilpentan kislota
2,6-diaminogeksan kislota
2-amino-3-fenilpropan kislota
2-amino-3-(3-indolil) propan kislota
|
Aminokislotalar tuzilishida bir yoki bir necha karboksil guruhi bolishi mumkin. Karboksil guruhi soni, uning asosligini belgilaydi. Aminokislotalarning tarkibida bir yoki bir necha aminoguruhi bolishi mumkin. Aminokislotalar izomeriyasi oksikislotalarnikiga oxshash boladi.
-aminokislotalarning olinish usullari. -aminokislotalar muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ularni olishning bir necha usullar ishlab chiqilgan.
1
. Xlor almashgan kislotalarga ammiak tasir ettirib, aminokislotalarni hosil qilish mumkin:
2. Aldegidlarga ammiak va sianid kislota tasir ettirib, - aminokislotalar olinadi. Bunda dastlab aldemin, songra - aminokislotalarning nitrili hosil boladi. Hosil bolngan nitril gidrolizlanganda - aminokislotalarga aylanadi:
N.D. Zelinskiy bu usulni ancha soddalashtirdi. U karbonil birikmaga ketma-ket ammiak va sianid kislota tasir ettirish orniga kaliy sianid bilan ammoniy xlorid aralashmasini tasir ettirdi:
3. Aminokislotalar aralashmasi oqsilni gidrolizlab olinadi. Bunda 25 ga yaqin aminokislotalar aralashmasi hosil boladi. Bu aralashmadan alohida aminokislotani ajratib olish mushkul hisoblanadi. Odatda, bitta yoki ikkita aminokislotaning miqdori aralashmada katta boladi. Miqdori kop bolgan aminokislotalarni ajratib olish va tozalash oson boladi.
Aminokislotalar ogir metallarning ionlari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi
-Aminokislotalarning olinish usullari. -aminokislotalar toyinmagan kislotalarga ammiak biriktirib yoki malon kislota yordamida olinishi mumkin.
1
. Toyinmagan kislotalarga ammiak Markovnikov qoidasiga teskari yonalish boyicha birikada:
2. -aminokislotalarning juda kopchiligi V.M. Radionov tomonidan malon kislota yordamida sintez qilingan:
Bu reaksiyaninng mexanizmi aniqlanilmagan.
M
uhim aminokislotalardan bolgan -aminokapron kislota va lizinni siklogeksanondan quyidagi sxema boyicha olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |