I Asosiy qism
I.1 Aminokislotalar haqida umumiy ma’lumot
Aminokislotalar— molekulasida amin va karboksil guruhi boʻlgan organik birikmalar, oʻsimlik hamda hayvon oqsilining asosiy elementlari hisoblanadi. Aminokislotalar rangsiz, suvda eruvchan kristall moddalar. 200 ta tabiiy Aminokislotalar maʼlum. Lekin oqsillar tarkibida faqat 20 Aminokislotalar va ularning 2 ta amidi uchraydi. Qolganlari oqsillar tarkibiga kirmaydi. Aminokislotalarning D-yoki L-qatorga tegishligini N va NH2 guruhning uglerod atomida qanday joylashganligi koʻrsatadi. Deyarli barcha tabiiy Aminokislotalar L-qatoriga kiradi. D-qatorga mansub Aminokislotalar tabiatda kam tarqalgan boʻlib, mikroorganizmlar tarkibida topilgan. Aminokislotalarning L-formasi oʻsimliklar tomonidan yaxshi oʻzlashtiriladi va u moddalar almashinuvining barcha jarayonlarida qatnashadi, lekin D-formalarini oʻsimliklar oʻzlashtira olmaydi, baʼzan ular moddalar almashinuvi jarayonlarini toʻxtatib qoʻyadi. Bu organizmning fermentativ sistemasi Aminokislotalarning L-qatoriga moslashganligidan darak beradi. Aminokislotalar organizmda erkin holda va oqsillar yoki boshqa birikmalar tarkibida uchraydi. Oqsillar sintezi uchun a formali 20 Aminokislotalar- proteinogen Aminokislotalar (lizin, gi-stidin, arginin, aspartat kislota, asparagin, treonin, serin, glutamat kislota, glutamin, prolin, glitsin, alanin, sistein, izoleysin, leysin, metionin, valin, tirozin, fenilalanin va triptofan)dan foydalaniladi. Oqsillar tarkibida uchraydigan Aminokislotalar esa ularning fermentativ oʻzgarishi natijasida hosil boʻladi. Ayrim Aminokislotalar hayvon va odam organizmidan sintezlanmaydi. Bu almashinmaydigan aminokislotalardir. Odam organizmi uchun 8 (triptofan, fenilalanin, metio-nin, lizin, valin, treonin, izoleysin va leysin) almashinmaydigan A bor.Oʻsimliklar oʻzi uchun zarur boʻlgan barcha azotli birikmalarni sintezlash qobiliyatiga ega. Aminokislotalar sintezi jarayonida ammiakli azot organik birikmalarga ega. Aminokislotalar sintezi jarayonida ammiakli azot organik birikmalarga aylanadi. Oʻsimliklarda hosil boʻlgan Aminokislotalar uzluksiz almashinib turadi. Ular asosan, oqsillar sintezi uchun sarflanadi, shuningdek, dekarboksillanishi, azot asoslari va boshqa birikmalar sintezi uchun ishlatilishi, aminogruppani ajratib yuborishi, toʻliq oksidlanishi va organizm uchun energiya manbai boʻlib xizmat qilishi mumkin. Koʻpchilik Aminokislotalar tibbiyotda, chorvachilikda, shuningdek oziq-ovqat va mikrobiologiya sanoatida qoʻllaniladi.
Aminoguruhning karboksil guruhga nisbatan joylashgan o‘rniga ko‘ra α-, β-, -, - va hakoza aminokislotalar bo’ladi.
α -Aminokislotalar tirik organizm faoliyatida muhim ahamiyatga ega, chunki ular oqsil moddalarining asosi hisoblanadi.
-aminokislotalarning olinish usullari. -aminokislotalar muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ularni olishning bir necha usullar ishlab chiqilgan.
1. Xlor almashgan kislotalarga ammiak ta’sir ettirib, aminokislotalarni hosil qilish mumkin:
2. Aldegidlarga ammiak va sianid kislota ta’sir ettirib, - aminokislotalar olinadi. Bunda dastlab aldemin, so’ngra - aminokislotalarning nitrili hosil bo’ladi. Hosil bo’lngan nitril gidrolizlanganda - aminokislotalarga aylanadi:
N.D. Zelinskiy bu usulni ancha soddalashtirdi. U karbonil birikmaga ketma-ket ammiak va sianid kislota ta’sir ettirish o’rniga kaliy sianid bilan ammoniy xlorid aralashmasini ta’sir ettirdi:
3. Aminokislotalar aralashmasi oqsilni gidrolizlab olinadi. Bunda 25 ga yaqin aminokislotalar aralashmasi hosil bo’ladi. Bu aralashmadan alohida aminokislotani ajratib olish mushkul hisoblanadi. Odatda, bitta yoki ikkita aminokislotaning miqdori aralashmada katta bo’ladi. Miqdori ko’p bo’lgan aminokislotalarni ajratib olish va tozalash oson bo’ladi.
Aminokislotalar og‘ir metallarning ionlari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi:
Aromatik, geterotsiklik halqa tuzilishida bo‘lgan siklik amino-kislotalar ham
mavjud. Ular aromatik aminokislotalar fenilalanin, tirozin va geterotsiklik
minokislotalar gistidin, triptofan deb ataladi. Aminokislotalar bir-birlari bilan peptid bog‘i yordamida birikib oqsillarni hosil qiladi. Aminokislotadagi aminogruppa va karboksil gruppalar birikishi natijasida bir molekula suv chiqib ketadi. Aminogruppa va karboksil gruppa o‘rtasida hosil bo‘lgan bog‘ peptid bog‘i deyiladi. Fizikaviy xossalari: rangsiz, kristall, suvda eruvchan, organik moddalarda erimaydi. Aminokislotalar bir-biri bilan peptid bog‘i orqali bog‘lanadi. – C – N – Peptid bog‘i C – N o‘rtasida sodir bo‘ladi O H Tabiatda uchraydigan aminokislotalar soni 200 ga yaqin. Ulardan faqat 20 xiligina hamma oqsillar tarkibiga kiradi. Bir qanchalari faqat alohida organizmlar, ayrim oqsillar va peptidlar tarkibida uchraydi. Quyidagi jadvalda shu aminokislotalarning nomlari, ayrim gruppalar bo‘yicha hamda uch harfli shartli belgilari keltirilgan. Peptid va oqsillar tarkibi yozilganda aminokislotalarning to‘la nomi o‘rniga mana shu qisqartmalardan foydalanish qabul qilingan.
1-jadval
Oqsil tarkibidagi aminokislotalarning nomi va qisqartmalari.
metionin
|
|
2-amino-4-metiltiobutan kislota
|
treonin
|
|
2-amino-3-gidroksibutan kislota
|
valin
|
|
2-amino-3-metilbutan kislota
|
leytsin
|
|
2-amino-4-metilpentan kislota
|
izoleysim
|
|
2-amino-3-metilpentan kislota
|
lizin
|
|
2,6-diaminogeksan kislota
|
fenilalanin
|
|
2-amino-3-fenilpropan kislota
|
triptofan
|
|
2-amino-3-(3-indolil) propan kislota
|
Aminokislota tarkibidagi korboksil va aminoguruhlarning bo‘lishi ularga amfoterlik xususiyatni beradi. Ular kuchli kislotali sharoitda ishqor, ishqoriy sharoitda esa kislota sifatida reaksiyaga kirishadi. Ko‘p aminokislotalar biologik aktiv moddalar – gormonlar, vitaminlar, antibiotiklar sintezi uchun zarur mahsulot hisoblanadi. O‘simliklar va ko‘pchilik mikroorganizmlar o‘ziga kerakli amino-kislotalarni boshqa moddalardan o‘zlari sintezlay oladi. Ammo odam va hayvonlar bir qancha aminokislotalarni sintezlay olmaydi. Bu aminokislotalar o‘rni almashmaydigan aminokislotalar deyiladi. Ularga valin, leysin, izoleysin, trionin, fenilalanin, triptofan, metionin, arginin, gistidin kiradi. Ular faqat ovqat tarkibi bilan kiradi. 20 ta standart aminokislotalar orasida quyidagilar aromatik: fenilalanin, triptofan va tirozin. Biroq, tirozin aromatik bo'lishidan tashqari, qutbli aminokislota deb tasniflanishi mumkin. Bundan tashqari, esa histidin aromatik halqani o'z ichiga oladi, uning asosiy xususiyatlari uni asosan qutbli aminokislota deb tasniflashga olib keladi; ammo, aralash hali ham aromatik.
Do'stlaringiz bilan baham: |