Fazoviy tahlilni tamiynlovchi jarayonlar Reja



Download 9,33 Mb.
bet2/21
Sana10.06.2022
Hajmi9,33 Mb.
#651052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Fazoviy tahlilni tamiynlovchi jarayonlar

4.1-rasm.Geofazoviy tahlil tasnifi (*- ma’lumot)

Demak, yuqoridagi rasmda fazoviy tahlilni tushunish oson bo‘lishi uchun bir necha bo‘limlarga ajratib, diagramma shaklida ko‘rib chiqdik. Lekin har bir atama ostida qanday ma’no yotishini ham o‘rganib chiqish lozim, aks holda bunday diagrammalarga bo‘lib o‘rganish bizga hech qanday natija bermaydi.

  1. Ma’lumotlarni fotogrammetrik tahlil qilish

Ma’lumki, fotogrammetriyada er yuzasini samolyot yoki kosmik apparatlarga o‘rnatilgan fotoapparatlar yordamida olingan aerokosmik suratlardan foydalanib plan, karta tuzishga e’tibor qaratilgan bo‘lib, bunda er modelini yaratishga katta ahamiyat beriladi. Hosil qilingan modeldan haqiqiy georeferenslangan er koordinatalarini olish uchun nazorat nuqtalari yordamida suratlarni referenslash kerak (qo‘l yordamida raqamlashtirish jarayoni bilan bir xil). Nazorat nuqtalari er syomkasi yoki GPS yordamida aniqlanadi.
O‘lchovlar stereoplotter deb ataladigan qurilma yordamida bir-biriga qoplanib hosil qilingan juft suratlardan olinadi. Bu qurilma yordamida model yasaladi va uch o‘lchamli o‘lchovlar olinadi, tahrir qilinadi, yig‘iladi hamda ma’lumot va grafiklar kartaga chiqariladi. Stereoplotterlarning rivojlanish bosqichlari 3 turga: analog (optik), analitik va raqamli kabilarga bo‘linadi. Hozirgi kunda mexanik analog stereoplotterlar kam ishlatiladi.
Eng ko‘p ishlatiladigan qurilma turi analitik (analog va raqamli stereoplotterlarning o‘zaro yig‘indisi) va raqamli (to‘laligicha kompyuter tizimi orqali ishlaydi) stereoplotterlardir. Ishonch bilan aytish mumkinki, hozirgi kunda kompyuter texnologiyasi rivojlanishi bilan mexanik qurilmalar o‘rnini to‘laligicha raqamli stereoplotterlar egallab oladi. Stereomodellarni ko‘rishning turli yo‘llari mavjud va ulardan keng tarqalgani bu tekis ekranga ega bo‘lgan oddiy stereoskop va kompyuter ekranidagi qizil/yashil tasvirlarni yoki qutb nurlarini maxsus ko‘zoynaklar orqali ko‘rishdir.
Uch o‘lchamli tekislikdagi tasvirlarni boshqarish uchun fotogrammetriya tizimidagi kompyuterlar uch o‘lchamli kursorga ega bo‘lgan sichqoncha va qo‘l yordamida boshqariladigan qurilmalar bilan jihozlangan bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, kursorlarning ham uch o‘lcham, ya’ni X, Y, Z bo‘ylab harakatlanish imkoniyatini beradi. Uch o‘lchamli modellardan vektor obektlarni olish turlari qo‘l yordamida raqamlashtirish kabi avtomatik, yarim avtomatik va qo‘l yordamida turlariga bo‘linadi. Birgina farq mazkur turda Z balandlik qiymati ham hisobga olinishi lozim.



4.2-rasm. An’anaviy fotogrammetrik jarayon (Manba: Internet)

4.2- rasm raqamli fotogrammetriyadagi an’anaviy ish jarayonini ko‘rsatib beradi. Bu erda ko‘rinib turganidek (ya’ni 3 xil rangda), raqamli fotogrammetriya 3 ta muhim qismga ega. Bu qismlar ma’lumot kiritish, ma’lumotni qayta ishlash hamda karta va boshqa ma’lumotlarni nashr etishdir. Mo‘ljallash (orientatsiya) va triangulatsiya bu fotogrammetriyada ma’lumotni qayta ishlashning asosiy vazifalaridan biridir. Mo‘ljallash deganda biz aniq ko‘rish uchun stereomodellarni yaratish va bu modellardan keyin geografik obektlarni tasvirlash uchun uch o‘lchamli vektor koordinatalarni olish jarayonini tushunishimiz zarur. Triangulatsiya bu katta maydonlar haqida aniq va o‘zgarmas axborot olish uchun bir necha tasvirlarni umumiy bir modelga birlashtirish jarayonidir. Raqamli fotogrammetriya ish jarayonining mahsuli turkumiga raqamli relef modeli (DEM – Digital elevation Model), konturlar, ortotasvirlar, vektor birliklar va albatta uch o‘lchamli ko‘rinish (3D Scene) lar kiradi.
Raqamli relef modeli (DEM) bu balandlik qiymatlarining to‘g‘ri o‘qlaridir. DEM juft stereotasvirlarni o‘zaro nazorat nuqtalari yordamida birlashtirishdan hosil qilinadi. DEM hosil qilinganda maxsus algoritmlar yordamida konturlarni olish aniq bo‘ladi. Ortotasvirlar bu DEM yordamida joyning past-balandliklaridagi o‘zgarishlarni hisobga olib to‘g‘rilangan tasvirlardir. Bu tasvirlar hozirgi kunda kamxarajatliligi tufayli ko‘p ishlatilmoqda. Bunday turdagi tasvirlarni qo‘l yordamida tasvirlash jarayonida aniq ma’lumot manbayi sifatida ham ishlatishimiz mumkin.
Vektor xususiyatlarni olish bo‘limi ustida uni rivojlantirish bo‘yicha hozirgi kunga qadar ishlar olib borilmoqda, chunki haligacha bu bo‘lim to‘laligicha avtomatlashtirilmagan. Eng ko‘p qo‘llaniladigan usul spektral tahlil va fazoviy qoidalarni birlashtirish orqali xususiyatlarni olishdir. Oxirgi bo‘lim, ya’ni uch o‘lchamli (3D) ko‘rinish esa hosil qilingan vektor xususiyatlar va DEM, ortotasvirlar bilan bog‘lab birlashtirishdan paydo bo‘ladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, fotogrammetriya bu samarali ma’lumot olish texnikasidir. Ba’zida esa ma’lum obektning topografik ma’lumotini olishning eng yagona amaliy usuli ham bo‘lishi mumkin. Noqulaylik taraflaridan biri bu ishning qiyinligi va qurilmalarning qimmatligidir. Bu esa ulkan masshtabdagi joylarning ma’lumot olish ishlarini chegaralab qo‘yadi.
2. Geofazoviy va atribut ma’lumotlar orqali axborot ishlab chiqish
Hozirgi an’anaviy qog‘oz ko‘rinishidagi kartalarda joyning relefi, joylashgan o‘rni va yuzasi kabi ma’lumotlar bilan birga qo‘shimcha diagrammalar, jadvallar kiritilgan. Lekin qog‘oz kartaga ko‘p miqdor va o‘lchamda jadvallar, diagrammalar va boshqa ma’lumotlarni kiritib bo‘lmaydi, chunki bunday ulkan masshtabdagi ma’lumotlar tushunmovchilikka olib kelishi mumkin.
GAT paydo bo‘lganidan keyin geografik ma’lumotlar bilan bir qatorda jadvallar, diagrammalar va boshqa iqtisodiy, huquqiy ma’lumotlar kiritish imkoniyati ham paydo bo‘ldi. Bunda eng asosiy e’tibor ma’lumotlar bazasida qaysi turdagi ma’lumotlarni qaysi usul bilan tasvirlashga qaratilgan. Bunday ma’lumot turi esa qisqacha atribut ma’lumotlar deb ataladi.
4.1-jadval

Download 9,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish