Fazoviy tahlilni tamiynlovchi jarayonlar Reja


Atribut ma’lumotlarning tuzilishi



Download 9,33 Mb.
bet3/21
Sana10.06.2022
Hajmi9,33 Mb.
#651052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Fazoviy tahlilni tamiynlovchi jarayonlar

Atribut ma’lumotlarning tuzilishi

Atribut

Tavsifi

Yo‘l turi

1 – avtostrada
2 – asosiy yo‘l
3 – qo‘shimcha yo‘l
4 – ta’mirtalab yo‘l
5 – qurilayotgan yo‘l
6 – loyihalanayotgan yo‘l

Qoplama tarkibi

1 – beton
2 – asfalt
3 – grunt

Kenglik

Uzunligi (metrda)

Polosalar soni

Polosalar miqdori

Nomi

Ko‘cha nomi

Atribut ma’lumotlarni tizimga kiritish xuddi qog‘oz kartani raqamlashtirishga o‘xshaydi. Ushbu jarayon jadvallarda joy ajratishni talab qiladi. Atribut ma’lumotlar asosida axborot yaratishning birinchi bosqichi jadvalda ajratilgan qatorlarni (joy) aniqlab olishdan iborat. Aniqlab olish deganimizda quyidagi muhim parametrlarni tushunishimiz zarur bo‘ladi:



  • qator yoki joy nomi;

  • ma’lumot ko‘lami;

  • ma’lumot turi;

  • kiritiladigan raqamli ma’lumotlar soni.

Ma’lumot ko‘lami deganda ma’lumotni kiritish uchun zarur bo‘ladigan qatorlar soni yoki hajmini tushunish kerak. Bunda qisqa yoki uzun turdagi ma’lumotlar o‘sha ajratilgan joyga sig‘ishi kerak. Ma’lumot turi deganda bizga berilgan geoaxborot dasturi o‘qiy oladigan yoki ruxsat bera oladigan formatlar tushuniladi. Jadvalga atribut ma’lumot kiritayotgan paytda undagi ma’lumot turi degan joyga matnli, sonli turlarini belgilab olishimiz zarur, aks holda dastur tahliliy ishlarni bajarayotganda o‘qimay ketishi mumkin. Masalan, siz matnli turini tanlab, u erga sonli ma’lumot kiritsangiz, dastur matnli ma’lumot sifatida qabul qilib, uni hisoblashda tashlab ketadi.
Atribut ma’lumotlarni kiritish usullari. Atribut ma’lumotlarni qo‘l yordamida mavjud ma’lumotlar asosida, oldin geoaxborot tizimiga kiritilgan raqamli ma’lumotlarni import qilish orqali, GPS yoki raqamli geodezik asboblar orqali kiritishimiz mumkin.
Qo‘l yordamida atributlarni kiritishda yuqoridagi berilgan parametrlarni hisobga olishimiz zarur bo‘ladi, ya’ni ma’lumot turini aniqlashtirish kerak. Bu usul yordamida atribut ma’lumot kiritayotganda ba’zida katta hajmdagi ma’lumotlar to‘plamiga duch kelishimiz mumkin. Masalan, kartada 4000 ta poligon bo‘lsa va har bir poligonga 50 tadan qatorli ma’lumot kiritishimiz zarur bo‘lsa, u holda biz 200 000 ta qiymatni alohida-alohida kiritishimiz kerak. CHunki dasturning tahrir qilish buyrug‘i orqali har safar bir qiymatni alohida-alohida kiritib borish zarur. SHuning uchun hozirgi axborot zamonida geoaxborot tizimidan foydalanuvchi oldida turgan muammo atribut ma’lumotni kiritishga ketadigan vaqtni kamaytirishdan iboratdir.
Oldin geoaxborot tizimiga kiritilgan raqamli ma’lumotlarni import qilishda dBASE fayl formatidagi ma’lumotlardan foydalanishimiz zarur bo‘ladi. Bunda yangi yaratilgan atribut ma’lumotli jadvalga o‘sha bazani ham kiritishimiz mumkin. Umuman olganda, nafaqat geoaxborot dasturlari, balki boshqa ma’lumotlar bazasi orqali yaratilgan bazani ham import qilish mumkin. Hozirda barcha dasturlarda fayllarning integratsiyalashuvi, ya’ni bir-birida fayllarni o‘qish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Bundan tashqari, oddiyroq tushuntiradigan bo‘lsak, excel fayli ma’lumotlari bazasini ham import qilishimiz, ArcGIS dasturi orqali excel formatidagi ma’lumotni kartaga bog‘lashimiz mumkin bo‘ladi.
GPS yoki raqamli geodezik asboblar orqali asosan fazoviy ma’lumotlar sanalgan koordinatalar, joyning o‘ziga xos belgilari va syomka jarayonida kiritilgan ma’lumotlarni olishimiz mumkin bo‘ladi. Koordinatalar geoaxborot dasturlarida ham avtomatik, ham qo‘l orqali kiritilishi mumkin. Ba’zi ma’lumotlar to‘plami (dataset) o‘zida koordinatalar va boshqa atribut ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
Ma’lumotlarning geoaxborot tizimida ko‘rinishi. Geoma’lumotlar geoaxborot tizimida odatda kartalarga bog‘langan bo‘ladi. Karta GATda geoma’lumotlar bilan ishlaydigan yagona soha hisoblanadi va bundan tashqari, GATning pirovard mahsuloti ham sanaladi. SHuning uchun GAT nafaqat kartani ishlab chiqaradi, balki maxsus qayta ishlash va tahlil jarayonlari orqali ma’lumotlarning tahliliy ishlarini ham bajarib keladi.
Zamonaviy GAT uch xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Bular jadval yoki ma’lumotlar bazasi orqali ko‘rinish, karta ko‘rinish va model ko‘rinishdir.

Download 9,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish