Induktivlikning tasnifi va konstruksiyalari
Radio texnik apparaturaning yuqori chastotali qismlari va zanjirlarida qo‘llanilish sohasi va tuzilishi turlicha bo‘lgan induktivlik g‘altaklari qo‘llaniladi (4.1–rasm). Qarshilik va kondensatorlardan farqli ravishda ular sanoatda keng ko‘lamda ishlab chiqarilmaydi.
4.1–rasm. Induktivlik g‘altaklarining elektr sxemalarda shartli belgilanishi: drossel(a), tarmoqlangan drossel(b), magnit o‘zakli(v), ferri to‘zakli(g) va sozlovchi o‘zakli g‘altak(d)
Qo‘llanish sohasiga qarab g‘altak o‘lchamlari, ularning shakli, o‘rash usuli, simizolyatsiyasining qalinligi, karkas materiali turlicha bo‘lishi mumkin.
Induktivlik g‘altaklari konstruksiyasi: qaysi chastota diapazonida va necha quvvatli tebranma konturlarida qo‘llanilishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Tebranma konturishchi diapazoni ortgan sari, odatda g‘altak induktivlik qiymati kamayadi. Induktivlik g‘altagining asosiy elementlari bo‘lib: karkas, o‘ram va ekran hisoblanadi.
Karkas. U o‘ram uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va o‘ramning mexanik mustahkamligi va bikrligini, chiqishlar va o‘zakni mahkamlamligini, hamda shassiga qulay mahkamlanishini ta’minlashi kerak. Karkas uchun material induktivlik g‘altagiga qo‘yilayotgan talablardan kelib chiqqan holda tanlanadi. Katta quvvatli tebran makon turlarida ishlatiladigan induktivlik g‘altaklari elektr jihatdan ham mustahkam bo‘lishlari talab qilinadi. Induktilik g‘altaklari konstruksiyasi va karkas o‘lchamlari turlicha bo‘lishi mumkin. Karkaslar yuqori chastotali press kukunlar, keramika, polistirol va yuqori chastotali dielektriklardan tayyorlanadi. Keramikadan yasalgan yig‘ma karkaslar glazur yordamida yopishtiriladi, so‘ngra kuydiriladi. Keramik karkaslar uchun radio farfor, ultra radio farfor va steatit qo‘llaniladi.
Karkasdagi o‘yiq (kanavka)lar o‘ramlarni siljishiga olib keladigan mexanik ta’sirlarni kamaytirishi natijasida induktivlik barqarorligini oshiradi. Kanavkali karkaslarda misli, kumushlangan izolyatsiyasiz similar qo‘llaniladi.
Sim chiqishlarini mahkamlash uchun karkasda tirqish yoki montajli lepestok bajariladi.
O‘ram. O‘rta va uzun to‘lqin diapazonida ishlaydigan g‘altaklarda odatda linsendratsim, qisqa to‘lqinli g‘altaklar uchun esa bir tolali emallangan similar qo‘llaniladi. Linsentrat– bu ipak bilan izolyatsiyalangan, emal bilan qoplangan diametrik 0,07‚ 0,2mm bo‘lgan katta miqdordagi (7tadan 119gacha) mis simlardan tashkil topgan o‘ram.
Ekran. Ba’zi alohida tizimlar orasidagi parazitaloqalarni va tashqi magnit maydonlar ta’sirini kamaytirish maqsadida, induktivlik g‘altaklari elektr o‘tkazuvchi ekranlar bilan himoyalanadi.
O‘zgaruvchan magnit maydoni ta’sirida ekranda uyurmatoklar induksiyalanadi. Ular o‘z navbatda dastlabki maydonga qarama–qarishi yo‘nalgan magnit maydon hosil qiladilar. Natijada g‘altakka tashqi magnit maydon ta’siri sustlashadi. Ekran materialining solish tirma elektr qarshiligi qancha kichik bo‘lsa, bu maydon shuncha katta bo‘ladi. Ekran ta’sirida yo‘qotishlar va g‘altakning xususiy sig‘imi ortadi, induktivligi esa kamayadi. Ekran tayyorlashda kichik elektr qarshilikka ega bo‘lgan materiallar–mis, latun va alyuminiy qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |