Asinxron mashinaning ishlash rejimlari.
Stator magnit maydonining aylanish chastotasi n1 va rotorining aylanish chastotasi n larning qiymatlariga bog‘liq holda asinxron mashina motor, generator va elektromagnit tormoz rejimlarida ishlashi mumkin. Asinxron mashina motor rejimida (6.3,a-rasm) ishlaganida rotorning aylanish chastotasi stator aylanuvchi magnit maydoni chastotasidan kichik (n1>n) bo‘lib, sirpanish esa 0oraliqda bo‘ladi. Bu holda stator chulg‘ami tarmoqdan elektr energiya bilan ta’minlanadi va rotorning vali biror ishchi mexanizmiga mexanik energiya beradi. Mashina elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi.
Agar asinxron mashina stator chulg‘ami tarmoqqa ulangan, motor rejimining chegaraviy sirpanishida s=0da, ya’ni rotorning aylanish chastotasi stator chulg‘ami aylanuvchi magnit maydoni chastotasi (sinxron chastotasi) bilan teng (n=n1) bo‘lsa, bunda aylantiruvchi moment hosil bo‘lmaydi, chunki aylanuvchi maydon rotor chulg‘amini kesib o‘t-maydi. Bunday rejimni asinxron mashinaning ideal yuksiz ishlash rejimi deyiladi.
1>
Do'stlaringiz bilan baham: |