Favqulodda vaziyatlar va aholi muhofazasi



Download 6,59 Mb.
bet15/34
Sana21.04.2022
Hajmi6,59 Mb.
#569215
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
Bog'liq
S.Ruziyev

Birinchi davr - idishdagi KTZM to‘yingan bug‘lari bosimining va havodagi bosimining keskin farqi tufayli juda tez, hattoki, bir lahzada bug‘lanishi. Bu jarayonda atmosferaga KTZM bug‘larining asosiy miqdori o‘tadi. Natijada, KTZMning o‘ldiruvchi konsentratsiyasidan ham yuqori konsentratsiyasili zaharli bulut paydo bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi davr - KTZMning atrof muhitdagi issiqlik ta’sirida beqaror bug‘lanishi; bu davr odatda bug‘lanish intensivligining keskin pasayishi bilan harakterlanadi.
Uchinchi davr - KTZMning statsionar bug‘lanishi. Bu davrning davomiyligi KTZMning turi, miqdori va tashki sharoitlarga bog‘liq ravishda soatlar, kecha-kunduzlar va undan ortiqroq bo‘lishi mumkin. Bu holda halokatning xavfli bosqichi birinchi 10 daqiqa hisoblanib, KTZM bug‘lanishi intensiv sodir bo‘ladi. Bosim ostida siqilgan gazning tashqariga chiqib ketishi natijasida og‘ir bulutlar ko‘rinishidagi aerozol hosil bo‘ladi.
Yuqori haroratda qaynovchi suyuqliklar saqlanadigan idishlar ochilib ketganda birlamchi bulut hosil bo‘lmaydi. Suyuqlikning bug‘lanishi uning fizikaviy va kimyoviy xossalariga, atrof-muhit haroratiga bog‘liq bo‘lib, bug‘lanish tezligi juda kam bo‘ladi. Bu moddalar bevosita halokat sodir bo‘lgan joydagi aholi va shaxsiy tarkibga xavf tug‘diradi.
Ob’yekt sifatida yiliga 150000 tonna xlor, 5000 tonna o‘simliklarni himoyalash vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxona olingan. 150 tonna suyuq xlor saqlanayotgan rezervuar ishdan chiqdi va tayyor mahsulot omborida yong‘in sodir bo‘ldi. Shikastlovchi omillarning tavsifi quyidagicha bo‘ladi:
A - xlorli rezervuar ishdan chiqqanda zaharlangan havo buluti hosil bo‘ldi va korxona hududida tarqaldi (300 metrgacha) va atmosferaning yer yuzasidagi qatlamida shamol yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanmoqda. Shikastlovchi konsentratsiyasiga ega bo‘lgan bulutning tarqalish masofasi bir necha kilometrlardan (izotermiya) bir necha 10 kmlargacha bo‘lishi mumkin (inversiya);
B - yong‘in natijasida tarkibida zaharli mahsulotlar bo‘lgan tutun buluti paydo bo‘lib, atmosferaning chegara qatlamida sezilarli masofaga tarqalishi mumkin. Uning turli yog‘inlar bilan ta’sirlashuvi natijasida toksik mahsulotlar bilan ifloslangan «dog‘lar» paydo bo‘lishi mumkin;
V - yong‘inni o‘chirish vaqtida zaharli mahsulotlarning bir qismi daryoga tushdi va suvning oqim bo‘yicha zaharlanishi sodir bo‘ldi.
Yuqoridagi har bir xavf turlari o‘rni va vaqtiga qarab alohida, ketma-ket va birgalikda namoyon bo‘lishi, shuningdek ko‘p marotaba qaytarilishi (turli kombinatsiyalarda) mumkin.
KTZMlar to‘kilishi (tarqalishi) to‘g‘risidagi ma’lumot olinganda birinchi navbatda ob’ekt harbiylashtirilgan gazdan qutqaruv tuzilmalari, va FVDT hududiy quyi tizimlari xizmatlari avariyani bartaraf etish ishiga kirishadi. Radiatsion, kimyoviy razvedka guruhi KTZM to‘kilgan modda turi, shamol yo‘nalishi, tarqalish maydoni, sanitar yo‘qotishlar va boshqalar hisobga olib bartaraf etish ishlari davom ettiriladi.
Har qanday halokatli holat uchun xavfning hosil bo‘lish, rivojlanish va pasayish bosqichlari harakterlidir. Kimyoviy xavfli ob’ektlarda halokat vaqtida, odatda bir qancha shikastlovchi omillar-yong‘in, portlash, kimyoviy zaharlanish, ob’ektdan tashqarida esa atrof-muhitning zaharlanishi o‘rin tutadi. KTZMlarning nafas yo‘llari orqali ta’siri boshqa ta’sirlardan ko‘ra ko‘proq sodir bo‘lib, katta maydonlarda odamlarning shikastlanishiga olib keladi.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan bog‘liq avariyalarda xavfsizlik choralarini ko‘rish maqsadida birinchi o‘rinda KTZMning fizikaviy xossalari, miqdori, meteorologik sharoitlar, harorat, shamol tezligini inobatga olish zarur bo‘ladi.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda foydalanishi bilan bog‘liq har bir korxona uchun, avariyalar va xavfsizlik choralarini ko‘rish maqsadida, bartaraf etish usullari ishlab chiqiladi. Bu tadbirlar «favqulodda vaziyatlardan muhofazalash va bartaraf etish rejasi»ga kiritilgan va favqulodda vaziyatni bartaraf etishga qatnashuvchilar, avariya qutqaruv xizmatlari va tuzilmalari, rahbar tarkibi o‘qitilgan bo‘lishi kerak bo‘ladi.
Ishchilar himoya kiyimlari va protivogazlari: sanoat, izolyatsiyalovchi, shlangli va boshqalari bilan ta’minlangan bo‘lishlari shart. Shuni esda tutish kerakki, sanoat (filtrlovchi protivogazidan) xonada kislorod xajm jixatidan 18%dan kam bo‘lmagan va faqat ma’lum miqdorda zaharlovchi aralashmalar bor holatda belgilangan muddat kiyishga ruxsat etiladi.
Masalan, filtrlovchi-yutuvchi korobka KPF-1 markasi «K» ammiakning 2,3 mg/l konsentratsiyasidan 2 soatgacha himoyalashga mo‘ljallangan. «V» markasi esa kislota gazlaridan, xlordan, sinil kislotasi, oltingugurt gazlaridan konsentratsiyasi (sinil kislotasi 10mg/lgacha) 20 minut himoyalashga mo‘ljallangan.
Kimyoviy zaharlanish hududida razvedka ishlari shamol yo‘nalishi bo‘yicha olib boriladi. Gazlarning atrof-muhitga tarqab ketishini oldini olish uchun suv pardalari hosil qilinadi va shu yo‘l bilan gazlarni cho‘ktirish va neytrallash ishlari olib boriladi. KTZMni zararsizlantirish (degazatsiya) asosiy qismi maxsus mexanizmlar, mashinalar yordamida eritmalar sepish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Jabrlanganlarni yig‘ish punkti KTZM to‘kilgan joydan shamol esayotgan tomonda joylashgan bo‘lib, KTZM bug‘laridan holi joyda bo‘lishi zarur.
KTZM to‘kilgan vaqtda tarqalishini oldini olish maqsadida chuqurliklar yoki chiqib ketuvchi kanallari mavjud bo‘lishi kerak bo‘ladi.
Ifloslanish zonasi-bu zararli kimyoviy moddalarning to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qilish hududi, shuningdek, zarar konsentrasiyalari bilan xavfli kimyoviy moddalar bir bulut tarqalishini ega bo'lgan maydon.

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish