1.3. Ob’ektlarda sodir bo‘lgan kimyoviy avariyalarni bartaraf etishda xavfsizlik qoidalari.
Kimyoviy texnologiyaning doimiy takomillashuviga qaramay, atrof-muhitga kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan halokatlarning sodir bo‘lish xavfi ortib bormoqda.
KTZM bu sanoatda ko‘plab ishlatiladigan, halokat sodir bo‘lganda qo’shinlar, shaxsiy tarkib va fuqarolarning ommaviy shikastlanishiga olib keluvchi kimyoviy moddalar hisoblanadi.
Kimyoviy xavfli ob’yektlarning ishlash xavfsizligi ko‘pgina omillarga bogliq: xom-ashyo va mahsulotlarning fizikaviy va kimyoviy xossalari, texnologik jarayonning harakteri, asbob-uskuna va jihozlarning konstruksiyasi va ishonchliligi, kimyoviy moddalarni saqlash va tashish shart-sharoitlari, nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalarining holati, halokatga qarshi himoya vositalarining holati, halokatga qarshi himoya vositalarining samaradorligi va boshqalar.
Bundan tashqari xavfsizlik, KTZM ishlab chiqarish, qo‘llash, saqlash va tashishning xavfsizligi profilaktik ishlarning tashkil qilinganligiga, ta’mirlash ishlarining sifatiga, ishchi va xizmatchilarning nazariy va amaliy jixatdan tayyorgarligiga ham bog‘liq. Bunday omillarning mavjudligi muammoning hal qilinishini qiyinlashtiradi. Sodir bo‘lgan ayrim katta halokatlarni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, bugungi kunda ishlab chiqarish jamoasi, aholining hamda kimyoviy ob’ektlar yaqinida joylashgan qo‘shinlarning shikastlanishiga olib keluvchi halokatlarning sodir bo‘lishi hollari bilan hisoblashmay bo‘lmaydi.
Ishlab chiqarish maydonlarida yoki transport vositalarida KTZM odatda, standart xajmli idishlarda saqlanadi. Bular alyuminiy, temir beton yoki po‘lat idishlar bo‘lib, saqlashda tashishning berilgan silindr talablariga javob berishlari kerak. Hozirgi vaqtda silindr shaklidagi va sharsimon rezervuar idishlar keng tarqalgan.
Rezervuarlarning sig‘imi turlicha bo‘ladi. Masalan: xlor 1-1000 t, ammiak 5-30000 t, sianid kislotasi 1-200 t, uglerod oksidi, sulfid angidrid, gidrazin, tetraetilqoʻrgʻoshin, oltingugurt uglerodi 1-100 tonnalik idishlarda, etilen oksidi esa 800m3 va undan ortiq bo‘lgan sharsimon rezervuarlarda saqlanadi.
Yerda saqlanadigan idishlar, odatda bir nechta bo‘lib, KTZM tashqariga chiqib ketish hollari uchun zahira idishlar mavjud bo‘ladi. Yerda saqlanuvchi idishlar guruhi atrofida yonmaydigan va korroziyaga chidamli materiallardan balandligi kamida 1 metr bo‘lgan to‘siq barpo qilinadi. Idishdan to‘siqgacha masofa 1 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
Sig‘imi 8000 kub m.dan ortiq bo‘lgan KTZM omborlari aholi punktlaridan kamida 1000 metr masofada bo‘lishi kerak. Aholi ommaviy ravishda yig‘iladigan joylardan esa (stadion, bozor, park) bu masofa ikki barobar ortiq bo‘ladi.
KTZMlarni korxona omborlarida saqlash uchun quyidagi usullar mavjud:
- yuqori bosimli rezervuarlarda saqlash;
- izotermik binolarda atmosfera bosimiga yaqin bo‘lgan bosimda (past haroratli omborlar).
Bu usul bilan saqlaganda idishlar sun’iy ravishda muzlatiladi. Bundan maqsad, siqilgan gazlarning to‘yingan bosimini kamaytirish;
- atrof-muhitdagi haroratda yopiq idishlarda saqlash.
KTZMning saqlash usullari ularning tashqariga chiqib ketish hollarida qanday oqibatlarga olib kelishini belgilaydi. Idish qatlamining yemirilishi sodir bo‘lganda KTZMning atmosferaga tarqalishi uzoq muddat davom etishi mumkin. U holda bug‘lanish jarayoni uch davrga bo‘linishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |