6-MAVZU. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI VA USTUVOR YO‘NALISHLARI
Reja:
1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur'atlarini saqlab qolish.
2. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish.
3. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish.
4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqyeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish.
5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish.
Ma’lumki, iqtisodiy islohotlar jamiyat taraqqiyotining muxim omili. Harakatlar
strategiyasida ushbu masalaga alohida e’tibor berilib, iqtisodiyotni rivojlantirish va
liberallashtirish uchinchi ustuvor yo’nalish etib belgilandi. Jumladan, makroiqtisodiy
barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish.
Chunonchi, O‘zbekiston o‘tgan 26 yil mobaynida uzoq yillardan buyon yalpi ichki mahsulot ishlabchiqarish hajmini 8 % dan tushirmayapti. U dunyoning eng tez rivojlanayotgan davlatlarining birinchi beshtaligi tarkibida turibdi. Ana shu tarixiy yutuqni yanada rivojlantirish va iqtisodiy qudratli davlat maqomini saqlab qolish Harakatlar strategiyasining asosiy mazmunidir.
Tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlarning
raqobatbardoshliligini oshirish, jahon bozorida mavqei va salmog‘ini oshirish choralarini ko‘rishni ilgari suradi. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va uni jadal rivojlantirish, bevosita dehqonchilikni boshqarishning yangi usul va uslublarini yangilashni, bu boradagi jahon tajribasini o‘zlashtirishni, amaliyotda joriy etishni taqozo etadi. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, hususiy mulk huquqini himoya qilish, uning ustuvor mavqeini yanada oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish masalasi alohida o‘rin tutadi.
Har bir fuqaroning yaratuvchilik, bunyodkorlik qobiliyatini va yashab turgan joyidagi tabiiy sharoitni hisobga olib, tadbirkorlikning yangi shakl va usullarini joriy etishni taqozo etm oqda. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud saloxdyatidan samarali va optimal foydalanish, Harakatlar stratetayasidan kelib chiqadigan muhim vazifadir. Bunda har bir viloyat, tuman va shaharning tabiiy-geografik imkoniyatlari, yer va suv sharoiti, aholining turmush tarzi, ehtiyojlari, ijtimoiy muammolari va psixologiyasidan kelib chiqib, dehqonchilik,
chorvachilik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, ularga mos shakllarni, usullarini joriy etish zarur.
Ana shunda har bir fuqaro o‘z qobiliyati, dunyoqarashi va turmush ehtiyojidan kelib chiqib, o‘z yaratuvchilik qobiliyatini rivojlantiradi. Natijada butun mamlakat aholisi orasida yalpi safarbarlik, yaratuvchilik ruhiyati kuchayadi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari
Do'stlaringiz bilan baham: |