Differensiatsiya – (lot. differentia-farqlash, har xillik); taqsimlanish, nimanidir alohida turli xil unsurlargaajralishi, bo‘laklarga bo‘linish.
Dualizm – (lot.) ikki taraflamalik (shuningdek, falsafadagi dunyo asosida ikkita mustaqil bosh sabab – ruh va modda, ideallik va moddiylik mavjud degan qarashlar haqidagi ta’limot).
Evropotsentrizm - G‘arbiy Evropa madaniyati butun insoniyat uchun na’muna, deb qarovchi konsepsiya. Unga ko‘ra G‘arbiy Evropa – jahon taraqqiyoti markazidir.
Jazo – huquqbuzarlik sodir etishda ayblangan shaxslarga nisbatan qo‘llanadigan ma’naviy, moddiy yoki jismoniy cheklashlar bilan bog‘liq bo‘lgan majburlov chorasi.
Jamiyat – insonlar munosabati va ijtimoiy aloqalar yig‘indisi. Jamiyat tarixiy, moddiy-ma’naviy hayot tarzidan kelib chiqqan holda umumiy orzu-maqsadlari bilan birlashgan insonlar uyushmasining alohida shakli. Jamiyat doimo o‘zgarish va rivojlanishda bo‘lib, uning asosini doimo insonlar tashkil etadi.
Jamoa manfaati – kishilar guruhi, korxona va firmalarga tegishli manfaatlar majmuidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |