(Nurmuratov)
6.
Valyuta
bozorini
yanada
rivojlantirish
strategiyasini
ishlab
chiqish va qabul qilish.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi
Markaziy bank boshqaruvining
qarori:
ayirboshlash kursini belgilashda
banklarning faol ishtiroki orqali
ularning
bozordagi
faolligini
rag‘batlantirish;
derivativlar
bozori,
xedjirlash
instrumentlari
va
market-
meykerlar institutini rivojlantirish;
banklararo valyuta savdolarining
joriy “fiksing” usulidan uzluksiz
auksion
savdolari
“metching”
usuliga o‘tish.
2020-yil
davomida
Markaziy bank
(Nurmuratov)
7.
Inflatsion
targetlash
rejimini
muvaffaqiyatli
joriy
etish
va
inflatsiyaning maqsadli mo‘ljallariga
erishish
uchun
xalqaro
moliya
institutlarining texnik ko‘magini jalb
qilish.
1. Xalqaro valyuta jamg‘armasi va
boshqa
xalqaro
moliya
institutlariga texnik ko‘mak taqdim
etish
to‘g‘risida
murojaatlar
yuborish.
2019-yil dekabr
Markaziy bank
(Nurmuratov)
2. Inflatsion targetlash bo‘yicha
doimiy maslahatchini (ekspertni)
tanlash va jalb qilish. Doimiy
ekspert shartnomasi shartlari va
mo
�
iyalashtirish
manbalarini
kelishish.
Donorlar bilan
kelishishga
qarab
8.
Har chorakda pul-kredit siyosati
sharhlarini
hamda
inflatsion
kutilmalar so‘rovlarini tayyorlash va
e’lon qilish.
Pul-kredit siyosati sharhlarini
hamda aholi va xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning
inflatsion
kutilmalari so‘rovlarini tayyorlash va
e’lon qilish.
Har chorakda
Markaziy bank
(Nurmuratov)
9.
Pul
va
valyuta
bozorlari
ishtirokchilarining malakasini oshirish.
Makroiqtisodiy
tahlil
va
prognozlash sohasida seminar va
treninglar o‘tkazish.
Doimiy asosda
Markaziy bank
(Nurmuratov), tijorat
banklari
10.
Makroprudensial bank nazorati
mexanizmlarini takomillashtirish.
Quyidagilar
orqali
makroprudensial
nazorat
amaliyotini kuchaytirish:
Bazel
qo‘mitasi
talablarini
bosqichma-bosqich tatbiq etish;
iqtisodiy o‘sish davrida kredit
faolligi keskin o‘sib ketishining
oldini olish maqsadida banklar
kapitali kontrsiklik buferini kiritish;
muayyan
ko‘rsatkichlarning
kritik
qiymatlaridan
chetga
chiqqan
hollarda
banklarning
kapitali
yetarliligi
uchun
qo‘shimcha talablar o‘rnatish.
2020-yil fevral
Markaziy bank
(Nurmuratov)
11.
Markaziy bank kadrlari salohiyatini
oshirish.
1.
Mutaxassislar
malakasini
oshirish va xorijiy markaziy banklar
tajribasini o‘rganish.
2. Istiqbolli yosh mutaxassislarni
ilg‘or
xorijiy
oliy
ta’lim
muassasalarida magistratura va
doktorantura dasturlari bo‘yicha
o‘qitishni tashkil qilish.
3.
Markaziy
bankning
yosh
mutaxassislarini har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash
va
samarali
rag‘batlantirish.
Doimiy asosda
Markaziy bank
(Nurmuratov)
12.
Markaziy
bankning
kommunikatsion
siyosatini
takomillashtirish.
1. Inflatsion targetlash rejimi
mohiyati va maqsadlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni
aholining
keng
qatlamiga xolis va aniq ko‘rinishda
yetkazishni
nazarda
tutuvchi
kommunikatsion siyosatning yangi
strategiyasini ishlab chiqish va
tasdiqlash.
2. Markaziy bankning pul-kredit
siyosati sohasidagi operatsiyalari
shaffofligini ta’minlash.
2020-yil fevral
Markaziy bank
(Nurmuratov)
13.
Jamoatchilikka
inflatsion
targetlashning
mohiyati
va
maqsadlarini
yanada
batafsil
tushuntirish maqsadida press-brifing
tashkillashtirish
va
press-relizlar
chiqarish.
Markaziy
bankning
press-
konferensiyasini o‘tkazish.
Press-reliz chiqarish.
bir hafta
muddatda
Markaziy bank
(Nurmuratov)
II. Soliq-budjet siyosati sohasida
14.
Muvofiqlashtirilgan
soliq-budjet
siyosatini yuritish.
Umumiy
fiskal
balans
taqchilligini 2022-yildan boshlab
YIMning 1,5 foizidan oshirmaydigan
darajagacha
bosqichma-bosqich
qisqartirib borish.
2020-yil may
Moliya vazirligi
(Ishmetov)
15.
Davlat tashqi qarzini jalb qilishning
yuqori
chegaralarini
belgilash
mexanizmini joriy qilish.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining “Davlat qarzlarini
boshqarish samaradorligini oshirish
to‘g‘risida”gi
Farmoni
loyihasi,
jumladan mazkur Farmonda tashqi
va ichki omillar o‘zgarishini hisobga
olgan holda davlat qarzlarini
boshqarish bo‘yicha o‘rta muddatli
strategiyani
har
yili
yangilab
borishni nazarda tutish.
2019-yil dekabr
Moliya vazirligi
(Ishmetov)
16.
Ijtimoiy-iqtisodiy
maqsadlarga
yo‘naltirilgan
markazlashgan
investitsiyalar
samaradorligini
oshirish.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi
Hukumatning qarori loyihasi:
investitsion loyihalarni tanlash va
amalga oshirish bilan bog‘liq
mavjud muammolarni tahlil qilish
maqsadida davlat investitsiyalarini
boshqarishni
baholash
(PIMA)
tizimini joriy qilish;
ijtimoiy soha tarmoqlari, yo‘l-
transport infratuzilmasi va boshqa
tarmoqlar bo‘yicha investitsion
loyihalarni tanlash me’yorlari va
muhimliligini belgilash tartibini
o‘rnatish;
markazlashgan investitsiyalar va
xalqaro
moliya
institutlari
mablag‘lari
hisobidan
amalga
oshiriladigan va amalga oshirishga
taklif
etiladigan
loyihalar
ma’lumotlarining
har
yili
yangilanadigan yagona bazasini
yaratish;
Investitsiya
dasturini
markazlashgan
investitsiyalar
hisobidan
amalga
oshirish
doirasida
hududiy
loyihalarni
mahalliy resurslar yoki tarmoq
vazirliklari
va
idoralarning
budjetidan tashqari o‘z mablag‘lari
hisobidan bajarish orqali Davlat
budjeti
ulushini
bosqichma-
bosqich kamaytirish.
2020-yil avgust
Iqtisodiyot va sanoat
vazirligi (Xo‘jayev), Moliya
vazirligi (Ishmetov),
Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi
(Umurzakov)
III. Makroiqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirishni ta’minlash sohasida
17.
Ichki bozorni iste’mol tovarlari
bilan to‘ldirish bo‘yicha davlat siyosati
choralarini amalga oshirish.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi
chora-tadbirlar
kompleksini
amalga oshirish:
bozorda
raqobatni
rivojlantirishga
�
aratilgan tashqi
savdo erkinlashtirilishini saqlab
qolish;
ichki bozorni iste’mol tovarlari
bilan to‘ldirish maqsadida ishlab
chiqarishni rag‘batlantirish hamda
sanoat
sohalari
uchun
zarur
bo‘lgan
ishlab
chiqarish
infratuzilmasini rivojlantirish.
Doimiy asosda
Iqtisodiyot va sanoat
vazirligi (Xo‘jayev),
Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi
(Umurzakov), Moliya
vazirligi (Ishmetov),
Markaziy bank
(Nurmuratov)
18.
Ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlarni
amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi
muammolar va xatarlarni aniqlash
mexanizmini takomillashtirish.
“2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasida tarkibiy islohotlar
asosiy
yo‘nalishlarining
“Yo‘l
xaritasi”ni
amalga
oshirishni
ta’minlash
bo‘yicha
Iqtisodiy
kengash yig‘ilishlarida soliq-budjet
va pul-kredit siyosatlari muvofiqligi
hamda
tarkibiy
islohotlarning
amalga
oshirilish
holati
masalalarini ko‘rib chiqish va
muhokama qilish.
Doimiy asosda
(yili
�
a kamida 4
marotaba)
Iqtisodiy kengash
kotibiyati (Ishmetov)
19.
Davlat
qimmatli
qog‘ozlarini
chiqarish grafigini har bir yil uchun
aniq
sanasini
ko‘rsatgan
holda
oldindan e’lon qilishni amaliyotga
joriy etish.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi
Hukumatning qarori loyihasi:
pul
bozori
“benchmark”ini
shakllantirish
uchun
so‘ndirish
muddati har xil bo‘lgan davlat
qimmatli qog‘ozlarini chiqarish
chastotasi va hajmlarini oshirish;
Har yili yil
boshlanishidan
oldin va grafikni
yangilash zarur
bo‘lgan hollarda
Moliya vazirligi
(Ishmetov), Markaziy
bank (Nurmuratov)
iqtisodiyotda daromadlik egri
chizig‘ini shakllantirish uchun uzoq
muddatli
davlat
qimmatli
qog‘ozlarini (so‘ndirish muddati 5
— 10 yil) chiqarish v
�
ichki bozorda
joylashtirish.
2020 — 2023-yy.
20.
Moliya vazirligi va Markaziy bank
o‘rtasida doimiy ravishda o‘zaro
ma’lumotlar almashinuvi amaliyotini
yo‘lga qo‘yish.
Moliya vazirligi va Markaziy
bankning quyidagilarni nazarda
tutuvchi
hamkorlikdagi
chora-
tadbirlari
kompleksini
amalga
oshirish:
ma’lumotlar
almashinuvi
bo‘yicha kundalik aloqa kanallarini
o‘rnatish;
moliyaviy
va
iqtisodiy
ko‘rsatkichlar tahlili uchun zarur
ma’lumotlar
ro‘yxatini
hamda
ularni taqdim qilish muddatlarini
belgilab olish;
bank tizimida likvidlilikni qisqa
muddatli
prognoz
qilish
maqsadida davlat budjeti kunlik
daromadlari
va
xarajatlarining
kutilayotgan
hajmi
bo‘yicha
oldindan
(bir
kun
avval)
baholashlarni taqdim qilish;
Moliya vazirligi va Markaziy bank
mutaxassislarining onlayn-rejimda
axborotlarni eksport qilish imkonini
beruvchi dasturiy ta’minotga ulash.
2020-yil fevral
Markaziy bank
(Nurmuratov), Moliya
vazirligi (Ishmetov)
21.
Aholining moliyaviy savodxonligini
oshirish kurslarini joriy qilish.
O‘rta va kasb-hunar ta’limi
muassasalarida
moliyaviy
savodxonlikni oshirish bo‘yicha
kurslarni ishlab chiqish va joriy
qilish.
2020-yil
sentyabr
Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi (Majidov),
Xalq ta’lim vazirligi
(Shermatov), Markaziy
bank (Nurmuratov),
Moliya vazirligi
(Ishmetov),
Monopoliyaga qarshi
kurashish qo‘mitasi
(Sharipov)
IV. Iqtisodiyotning boshqa soha va sektorlaridagi tarkibiy islohotlar sohasida
22.
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini
rivojlantirishning, provardida ichki
ishlab chiqarish hajmlarini doimiy
oshirish va narxlar barqarorligini
ta’minlash
maqsadlariga
javob
beruvchi tamoyillarga va vazifalarga
asoslangan strategiyasi va dasturiga
muvofiq tartibni o‘rnatish.
Quyidagi
vazifalardan
kelib
chiqqan holda, iqtisodiyotni, uning
tarmoqlari
va
sohalarini
rivojlantirish
strategiyalari
va
dasturlarini ishlab chiqish tizimi
ustidan
tartib
va
nazoratni
o‘rnatishni amaliyotga joriy etishni
nazarda tutuvchi Hukumat qarori
loyihasi:
mahalliy ishlab chiqaruvchilar
raqobatbardoshligini va ularning
tashqi
iqtisodiy
sharoitlardagi
o‘zgarishlarga moslashuvchanligini
oshirish;
ishlab chiqarish, transport va
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish;
markazlashgan
moliyaviy
resurslardan
foydalanish
samaradorligini oshirish, xususiy va
to‘g‘ridan
to‘g‘ri
xorijiy
investitsiyalar ulushini ko‘paytirish
hisobiga
uzoq
muddatli
investitsiyalarni
moliyalashtirish
manbalari
tuzilmasini
optimallashtirish;
mehnat unumdorligi va ishlab
chiqarish energiya samaradorligini
oshirish;
ishlab chiqarish xarajatlarining
asossiz oshishiga olib keluvchi
omillarni doimiy ravishda qidirish
va bartaraf etishga asoslangan
holda
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotlar tannarxini kamaytirish.
2020-yil fevral
Iqtisodiyot va sanoat
vazirligi (Xo‘jayev), Moliya
vazirligi (Ishmetov),
manfaatdor vazirlik va
idoralar
23.
Ishlab
chiqarish
xarajatlarining
asossiz
oshishiga
olib
keluvchi
omillarni doimiy ravishda qidirish va
bartaraf
etish
asosida
ishlab
chiqariladigan mahsulotlar tannarxini
kamaytirish.
Har
yili
ishlab
chiqarish
xarajatlarini qisqartirishning yillik
maqsadli parametrlarini o‘rnatishni
nazarda tutgan holda vazirliklar,
idoralar va boshqa tashkilotlar
tarkibiga
kiruvchi
sanoat
tarmoqlari korxonalarining ishlab
chiqarish xarajatlarini kamaytirish
bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar
kompleksi.
Har yili dekabr
oxirigacha
Iqtisodiyot va sanoat
vazirligi (Xo‘jayev),
tarmoq vazirliklari va
idoralari
Tarmoq sanoat korxonalarida
2020-yilda
ishlab
chiqarish
xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha
qabul qilingan chora-tadbirlarni
amalga
oshirish
jarayonini
monitoring qilish va har chorakda
ko‘rib chiqish.
Har chorakda
24.
Iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulot
tannarxi
shakllanishini
tahlil
va
monitoring qilish mexanizmini joriy
etish.
Har haftalik iste’mol narxlari
indekslarini
hisoblash
uchun
qisqartirilgan iste’mol savatchasiga
kiritilgan 65 turdagi tovarlar va
xizmatlar tannarxining shakllanishi
to‘g‘risidagi
har
choraklik
ma’lumotning
so‘rov
usuli
asosidagi statistik hisobotini 2020-
yil statistik ishlar rejasiga kiritish.
2019-yil dekabr
Davlat statistika
qo‘mitasi (Begalov),
Moliya vazirligi
(Ishmetov), Iqtisodiyot va
sanoat vazirligi (Xo‘jayev)
Doimiy
ravishda
yuqorida
ko‘rsatilgan tovarlar (xizmatlar)
bo‘yicha
tannarx
va
narxlar
shakllanishini tahlil qilish va har
chorakda tegishli ma’lumotlarni
O‘zbekiston Respublikasi Prezident
Administratsiyasi
va
Vazirlar
Mahkamasiga taqdim etish.
Har chorakda
25.
Iqtisodiyot tarmoqlarining energiya
sarfini kamaytirish hamda texnik va
texnologik jihatdan yangilash.
1.
Mahalliy
korxonalar
va
tashkilotlarda xalqaro standartlarga
(ISO 50001) mos keluvchi energetik
menejment tizimini bosqichma-
bosqich
joriy
qilish
bo‘yicha
quyidagilarni
nazarda
tutuvchi
mexanizmni ishlab chiqish:
energiya sarfi samaradorligini
shaffoflik
va
xolislik
asosida
baholash, korxonalarning energiya
sig‘imini kamaytirish;
resurslar,
birinchi
navbatda,
moliyaviy
resurslarni
minimal
sarflagan holda energiya iste’molini
boshqarish
samaradorligini,
korxonalar aktivlari kapitallashuvini
oshirish;
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotlar,
ko‘rsatilayotgan
xizmatlar
raqobatbardoshligini
oshirish.
2020-yil yanvar
Energetika vazirligi
(Sultanov), “O‘zstandart”
agentligi (Sattarov),
Iqtisodiyot va sanoat
vazirligi (Xo‘jayev),
Innovatsion rivojlanish
vazirligi (Abduraxmonov)
2. Energetik menejment tizimini
xalqaro standart talablariga (ISO
50001) muvofiq joriy qilish tarmoq
jadvallarini “O‘zstandart” agentligi
bilan kelishgan holda vazirliklar va
idoralar tomonidan ishlab chiqish
va tasdiqlash.
3. Energetik menejment tizimini
joriy qilish, xodimlarini o‘qitish va
sertifikatlash
bo‘yicha
ishlarni
tashkil etish.
2020-yil fevral
4.
“O‘zstandart”
agentligi
tomonidan vazirlik va idoralarning
energetik
menejment
tizimini
xalqaro
standart
talablariga
muvofiq joriy qilishni nazorat qilish.
Doimiy
5.
“O‘zstandart”
agentligi
tomonidan vazirlik va idoralarning
energetik
menejment
tizimini
xalqaro
standart
talablariga
muvofiq
joriy
qilishi
jarayoni
to‘g‘risidagi
hisobotni
Vazirlar
Mahkamasiga kiritish.
Har chorakda
26.
Ustav fondida davlat ulushi 50
foizdan ortiq bo‘lgan korxonalar,
shuningdek, strategik ahamiyatga
ega bo‘lgan korxonalar faoliyati
samaradorligini baholash maqsadida
samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichi
(KPI) va energiya sig‘imi indikatorini
joriy qilish.
1.
Korxonalar
faoliyati
samaradorligini baholash uchun
samaradorlikning
asosiy
ko‘rsatkichi (KPI) va energiya
sig‘imi
indikatorini
belgilash
metodikasini ishlab chiqish va
tasdiqlash.
2020-yil aprel
Davlat aktivlarini
boshqarish agentligi
(Bekenov), Energetika
vazirligi (Sultanov),
“O‘zstandart” agentligi
(Sattarov), Iqtisodiyot va
sanoat vazirligi (Xo‘jayev)
2. Korxonalar tomonidan faoliyat
samaradorligini baholash uchun
samaradorlikning
asosiy
ko‘rsatkichi (KPI) va energiya
sig‘imi indikatori bo‘yicha oylik
statistik hisobotlar taqdim etilishini
ta’minlash.
Har oyda
3. Har chorakda Energetika
vazirligi
va
Davlat
statistika
qo‘mitasi
veb-saytlarida,
shuningdek,
ommaviy
axborot
vositalarida yuqorida keltirilgan
ko‘rsatkichlarni e’lon qilish.
Har chorakda
27.
Tartibga
solinadigan
narxlar
(tariflar)ni
erkinlashtirish
jadvalini
ishlab
chiqish
va
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
tasdiqlash uchun kiritish.
Inflatsiya
bo‘yicha
maqsadli
ko‘rsatkichlarni
hisobga
olgan
holda, 2022-yilgacha bo‘lgan davr
uchun tartibga solinadigan narxlar
o‘zgarishi jadvalini tasdiqlovchi
Hukumat qarori loyihasi.
2020-yil yanvar
Moliya vazirligi
(Ishmetov), Iqtisodiyot va
sanoat vazirligi (Xo‘jayev),
Monopoliyaga qarshi
kurashish qo‘mitasi
(Sharipov)
28.
Nohalol raqobat, suiiste’molchilik
va import tovarlari narxlarini asossiz
oshirishni
to‘xtatish
bo‘yicha
amaliyotni takomillashtirish.
Nohalol raqobat, suiiste’molchilik
hamda mahalliy va import tovarlar
narxlarini asossiz oshirish holatlarini
aniqlash
mexanizmini
ishlab
chiqish.
2020-yil yanvar
Davlat soliq qo‘mitasi
(Musayev), Davlat
bojxona qo‘mitasi
(Azimov), Monopoliyaga
qarshi kurashish
qo‘mitasi (Sharipov)
29.
Temir yo‘l va havo transporti
xizmatlari
bozorida
raqobatni
rivojlantirish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasiga temir yo‘l va havo
transporti
xizmatlari
bozoriga
ishtirokchilarning kirishini ochish
va
xususiy
operatorlar
sonini
ko‘paytirish orqali raqobat muhitini
shakllantirish
bo‘yicha
quyidagilarni
nazarda
tutuvchi
takliflarni kiritish:
ko‘rsatiladigan
transport
xizmatlari tarif va narxlarini MDH
davlatlari va asosiy tashqi savdo va
turistik
yo‘nalishlar
hududidan
o‘tuvchi boshqa davlatlardagi tarif
va
narxlardan
oshmaydigan
darajagacha pasaytirish;
temir yo‘lda va aviatsiyada
xususiy yuk tashuvchilar bozorini
shakllantirish bo‘yicha dasturni
tasdiqlash;
infratuzilmadan foydalanganligi
uchun xususiy operatorlar bilan
hisob-kitoblar tartibi va tariflarni
o‘rnatish.
2020-yil fevral
Transport vazirligi
(Maxkamov),
Monopoliyaga qarshi
kurashish qo‘mitasi
(Sharipov), manfaatdor
vazirlik va idoralar
30.
Elektr va gaz ta’minoti sohasiga
xususiy investorlar hamda to‘g‘ridan
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni tanlov
asosida kirishiga ruxsat berish va
ularni faol jalb qilish.
Elektr va gaz ta’minoti sektorida
raqobatni rivojlantirish maqsadida,
shu
jumladan
davlat-xususiy
sheriklik mexanizmini qo‘llagan
holda, to‘siqlarni bartaraf etish va
imkoniyatlar yaratish bo‘yicha “Yo‘l
xaritasi”.
2020-yil aprel
Energetika vazirligi
Sultanov), Moliya vazirligi
(Ishmetov), Iqtisodiyot va
sanoat vazirligi (Xo‘jayev),
Monopoliyaga qarshi
kurashish qo‘mitasi
(Sharipov)
31.
Tadbirkorlik
subyektlari
uchun
raqobat muhitini yaxshilash.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining qarori loyihasi:
tadbirkorlik
subyektlarining
huquqiy
kafolatlarini
mustahkamlash;
subsidiyalar, preferensiyalar va
imtiyozli
kreditlar
berish
amaliyotini qayta ko‘rib chiqish;
davlat
organlari
xo‘jalik
yurituvchi
funksiyalarni
bajaradigan muayyan sohalarga
xususiy sektorni jalb qilish bo‘yicha
dasturlarni tayyorlash;
davlat organlari tomonidan ta’sis
etiladigan
davlat
korxonalari,
shuningdek, davlat ishtirokidagi
yirik xo‘jalik yurituvchi jamiyatlar va
raqobatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi
tabiiy
monopoliya
subyektlari
bo‘lgan afillangan korxonalar sonini
qisqartirish;
tabiiy monopoliyalar tarmoqlari
bilan turdosh bozorlarda raqobat
shart-sharoitlarini yaratish bo‘yicha
choralar ko‘rish;
davlat
xaridlari,
tenderlarni
amalga oshirishda va resurslarni
(shu jumladan, yoqilg‘i-energetika
va
tog‘-kon
sanoatida)
taqsimlashda ular o‘tkazilishining
shaffofligini oshirish orqali bozor
mexanizmlarini rivojlantirish.
2020-yil fevral
Monopoliyaga qarshi
kurashish qo‘mitasi
(Sharipov) Iqtisodiyot va
sanoat vazirligi (Xo‘jayev),
Moliya vazirligi (Ishmetov,
Adliya vazirligi (Davletov)
32.
Iqtisodiyotda
raqobat
muhitini
rivojlantirish uchun individual soliq va
bojxona
imtiyozlari,
subsidiyalar,
preferensiyalar berish amaliyotini
qaytadan tanqidiy ko‘rib chiqish.
1. Quyidagilarni kiritishni nazarda
tutuvchi
O‘zbekiston
Respublikasining
“Raqobat
to‘g‘risida”gi
Qonuniga
o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston
Respublikasining
Qonuni loyihasi:
soliq,
bojxona
imtiyozlari,
subsidiyalar, narx preferensiyalari
va grantlar ko‘rinishida davlat
ko‘magi taqdim qilinishiga hamda
davlatning tadbirkorlik faoliyatida
ishtirok
etishiga
nisbatan
monopoliyaga qarshi talablar;
faoliyat olib borishga eksklyuziv
huquqlar berishni nazarda tutuvchi
normativ-huquqiy
hujjatlar
loyihalari bo‘yicha monopoliyaga
qarshi
organning
dastlabki
roziligini olish mexanizmi.
2020-yil dekabr
Monopoliyaga qarshi
kurashish qo‘mitasi
(Sharipov) Iqtisodiyot va
sanoat vazirligi (Xo‘jayev),
Adliya vazirligi (Davletov)
2. Quyidagilarni ko‘zda tutuvchi
amaliy chora-tadbirlar rejasi:
eksklyuziv
huquqlarni
to‘liq
xatlovdan o‘tkazish;
raqobat muhitiga salbiy ta’sir
ko‘rsatayotgan davlat ishtirokidagi
korxonalarga berilgan eksklyuziv
huquqlarni bekor qilish.
2020-yil yanvar
33.
Monopol korxonalar va xo‘jalik
yurituvchi subyektlar mahsulotlari
narxini belgilanishning shaffofligini
ta’minlash.
Monopol
korxonaning
internetdagi rasmiy veb-saytida
ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi va
monopol
mahsulotni
(ishlar,
xizmatlar)
�
ealizatsiya
qilish
hamda
moliyaviy
natijalar
shakllanishi
tartibi
to‘g‘risida
ma’lumotlarni e’lon qilish tartibini
ishlab chiqish va joriy qilish.
2020-yil yanvar
Monopoliyaga qarshi
kurashish qo‘mitasi
(Sharipov), Davlat
aktivlarini boshqarish
agentligi (Bekenov)
34.
Sud
hokimiyati
mustaqilligi,
shuningdek, xususiy mulk huquqlari
himoyasini
ta’minlash
bo‘yicha
ta’sirchan choralarni ishlab chiqish.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining sud hokimiyatini
isloh qilish va uning mustaqilligini
ta’minlash, sud qarorlarini o‘z
vaqtida ijro etish, shuningdek, sa’y-
harakatlarni
xususiy
mulk
huquqlarini
himoya
qilishni
ta’minlashga qaratishni yanada
rivojlantirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risidagi qarori loyihasi.
2020-yil mart
Oliy sud (Kamilov),
Iqtisodiyot va sanoat
vazirligi (Xo‘jayev), Adliya
vazirligi (Davletov)
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 18-
noyabrdagi PF-5877-son
Farmoniga
3-ILOVA
Inflatsiya darajasini pasaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlarni
muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya
TARKIBI
Oldingi
tahrirga qarang.
R.A. Gulyamov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Komissiya rahbari
J.A.
Qo‘chqorov
— O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri, Komissiya
rahbari o‘rinbosari
M.B.
Nurmuratov
— O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi, Komissiya rahbari o‘rinbosari
O.Z.
Nasritdinxo‘jayev
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari
M.P. Olloyorov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari
o‘rinbosari
O.A. Hakimov
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy
tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori
B.A. Begalov
— Davlat statistika qo‘mitasi raisi
N.Sh. Sharipov — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi
O.B. Rustamov — iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari
T.A. Ishmetov
— moliya vazirining birinchi o‘rinbosari
M.M. Mirzayev — Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari
I.I. Norqulov
— Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari
A.Y. Haydarov
— moliya vazirining o‘rinbosari
A.J. Ortiqov
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy
o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati
mudiri
Sh.Z. Shukurov — Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktorining birinchi
o‘rinbosari
Lavozimiga
ko‘ra
— Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha
“El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori
N. Sirojiddinov — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori
Z.T. Parpiyev
— Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti professori
B.S. Hamrayev — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Pul-kredit siyosati departamenti
direktori, Komissiya kotibi
Izoh:
1. Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki
tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
2. Zarur hollarda, Komissiya ishiga tegishli davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa
tashkilotlarning mutaxassislari jalb etiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli
Farmoni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2019-y., 06/19/5877/4036-son; Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |