Narxlar barqarorligini ta’minlash va inflatsiyaning sezilarli darajada o‘sishi xavfining oldini olish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy banki soliq-budjet va pul-
kredit siyosatlarini muvofiqlashtirish hamda iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni amalga oshirish
umumiy fiskal balans taqchilligini 2022-yilda 1,5 foizdan oshirmaydigan darajagacha
qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan budjet intizomiga rioya
taqchillikni moliyalashtirishning tashqi manbalarini, shu jumladan inflatsiya xavfini
tug‘dirmaydigan resurslar hisobiga jalb qilish tartibini belgilash va uni qonun yo‘li bilan
ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yo‘naltirilgan markazlashgan investitsiyalar samaradorligini
oshirish;
soliq ma’muriyatchiligi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
etish;
soliq intizomiga o‘z vaqtida rioya qilish bo‘yicha javobgarlikni oshirish va soliq to‘lashdan
bo‘yin tovlaganlik uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash.
Tarkibiy siyosat sohasidagi chora-tadbirlar:
a) ishlab chiqarish va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va kengaytirish:
ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yoqilg‘i-energetika kompleksini, shu jumladan
xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali modernizatsiya qilish;
avtomobil yo‘llarini qurish va xizmat ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikchilik mexanizmini
qo‘llash;
temir yo‘l va havo transporti orqali yuk tashish sohasiga xususiy sektorni jalb qilishning yangi
mexanizmlarini ishlab chiqish;
ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari tarif va narxlarini asosiy tashqi savdo hamda sayyohlik
yo‘nalishlari o‘tadigan boshqa davlatlar darajasidan oshmaydigan darajagacha tushirish;
logistika xizmatlari, ulgurji savdo va tovarlarni saqlash infratuzilmasi sifatini oshirish;
b) raqobat muhitini yaxshilash va biznes yuritishning teng imkoniyatlarini yaratish:
mulk huquqi va tadbirkorlik faoliyati kafolatlarining institutsional asoslarini mustahkamlash;
raqobatbardosh tovar va moliya bozorlarida faoliyat yurituvchi korxonalar ustav kapitalida
davlat ulushini kamaytirish, shu jumladan tabiiy monopoliyalarning asosiy faoliyatiga xos
bo‘lmagan obyektlarini xususiy sektorga sotish;
monopol korxonalarning narx belgilash bo‘yicha shaffofligini ta’minlash, inflatsiyaning
maqsadlarini hisobga olgan holda o‘rta muddatli istiqbolda tartibga solinadigan narxlarni (tariflar)
erkinlashtirish muddatlarini o‘rnatish;
individual soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, preferensiyalar va imtiyozli kreditlar berish
amaliyotini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish;
davlat xaridlari sohasida bozor mexanizmlarini rivojlantirish, ularning shaffofligi va
hisobdorligini oshirish;
narxlarni erkinlashtirish bo‘yicha islohotlarning mohiyati, maqsadi, amalga oshirish
bosqichlari va erishilgan natijalarni tushuntirish va asoslash bo‘yicha faol kommunikatsiya siyosatini
yuritish;
v) xususiy investitsiyalar oqimining o‘sishi va moliya bozorining rivojlanishi:
qarzlarni moliyalashtirish instrumentlarini kengaytirish;
mahalliy korxonalar aksiyalarini jahon fond maydonlarida birlamchi va ikkilamchi joylashtirish
jarayonlarini faollashtirish;
aksiyadorlik kompaniyalarini tashkil etish va tugatish mexanizmini soddalashtirish;
elektr va gaz ta’minoti sohasiga xususiy investorlar hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalarni raqobat asosida kirishiga imkoniyat yaratish va ularni faol jalb etish;
g) ishlab chiqarish omillari unumdorligini oshirish:
ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga va energiya sarfini pasaytirishga qaratilgan
modernizatsiyalash va texnologik yangilash tarmoq dasturlarini amalga oshirish;
unumdorlikni rag‘batlantirish hamda sifatni oshirishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga
oshirish va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun
yer ajratish orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini samarali amalga oshirish;
mehnat unumdorligini oshirish va mehnatga munosib haq to‘lash orqali tarmoqlar tayyor
mahsulotlari tannarxi tarkibidagi xarajatlarni optimallashtirish;
xalqaro standartlar va normativlarni joriy etish orqali energiya samaradorligini oshirish
bo‘yicha maxsus tarmoq dasturlarini amalga oshirish;
davlat ulushiga ega korxonalar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oshirish maqsadida
ularning samaradorlik reytingini e’lon qilib borish;
asbob-uskunalarning samaradorligi va unumdorligi, shu jumladan foydalanish muddatlari
bo‘yicha talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: