Farmoni inflatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘G‘risida


-BOB. INFLATSIYA OMILLARI TAHLILI



Download 155,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana05.01.2022
Hajmi155,11 Kb.
#318626
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maruza 3.

1-BOB. INFLATSIYA OMILLARI TAHLILI

Tartibga  solinadigan  narxlar  (tariflar)  hamda  davlat  sektorida  ish  haqining  yillik  oshirib

borilishi,  shuningdek,  pul-kredit  siyosatining  o‘ziga  xosliklari  (iqtisodiyotdagi  pul  massasi  o‘sishi

bilan  birgalikda  oltin-valyuta  zaxiralarining  jamg‘arib  borilishi,  milliy  valyutaning  doimiy

devalvatsiyasi  va  spekulyativ  kursli  parallel  valyuta  bozorining  mavjudligi)  respublikada  oldingi

yillarda shakllangan inflatsiyaning fundamental omillari bo‘lib hisoblanib kelmoqda.

Yillar  davomida  yig‘ilib  kelgan  investitsion  yetishmovchilik  va  iqtisodiyotda  shakllangan

nomutanosibliklar  mamlakatni  rivojlantirishning  yangi  bosqichida  ushbu  muammolarni  hal  qilish

uchun muhim qadamlar tashlashni taqozo etmoqda.

Iqtisodiyotdagi ushbu ijobiy tarkibiy o‘zgarishlar sharoitida iqtisodiyotda inflatsiya bosimining

obyektiv (muqarrar) shakllanishi kuzatildi.

Ushbu jarayonda quyidagilar asosiy omillar sifatida namoyon bo‘lmoqda:

a) oshirilgan iqtisodiy, kredit va investitsion faollik. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini

modernizatsiya  qilish  vazifalari,  hududlarda  aholi  turmush  sharoitlarini  yaxshilash  zaruriyati,  agrar

sohadagi  islohotlar,  davlat  sektorida  ish  haqi  darajasidagi  tuzatishlar,  tadbirkorlik  faoliyati

rivojlanishi  va  aholining  o‘zini-o‘zi  ish  bilan  ta’minlashi  uchun  shart-sharoitlar  yaratish  bo‘yicha

choralar iqtisodiyotga sezilarli moliyaviy resurslar yo‘naltirilishini talab etdi;

b) tartibga solinadigan narxlarni erkinlashtirish. Narxlarni tartibga solish tizimini isloh qilish va

bozor narxlarini shakllantirishga ushbu tovar va xizmatlarning mazkur guruh tomonidan inflatsion

bosimini shakllantiradi.

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, narxlarni erkinlashtirish jarayonining kechiktirilishi islohotlar

samaradorligini  pasaytirishi  va  natijada  uzoq  muddatli  inflatsion  kutilmalarni  yuzaga  keltirishi

mumkin. Tartibga solinadigan narxlarni bozor darajasiga yetkazish iqtisodiyotning tegishli sektoriga

xususiy kapitalni jalb qilishni ta’minlashga imkon beradi.

Bunda,  narxlarning  ma’muriy  tartibga  solish  tizimining  isloh  qilinishi  va  tariflarning

bosqichma-bosqich  oshirib  borilishi  mazkur  tovarlar  va  xizmatlar  guruhi  tomonidan  ma’lum

darajadagi inflatsion bosimni yuzaga keltirishi mumkin;

v)  nominal  ish  haqlarining  korrektirovkasi.  So‘nggi  ikki  yilda  aholi  real  daromadlarining

o‘rtacha  yillik  o‘sishi  10  —  12  foizni  tashkil  etdi.  Iqtisodiyotning  erkinlashtirilishi  uning  ayrim

sohalarida  malakali  mutaxassislarga  bo‘lgan  talabi  natijasida  ularning  ish  haqlari  sekin-asta  oshib

borishiga olib keldi;

g)  tashqi  savdoni  erkinlashtirish  hamda  tovarlar,  xizmatlar,  mehnat  resurslari  va  tovarlar

transchegaraviy olib o‘tilishining soddalashtirilishi. Tashqi savdoning erkinlashtirilishi va importning

o‘sishi  sharoitida  valyuta  kursining  o‘zgarishi  ham  import,  ham  mahalliy  tovarlar  narxlarining

shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.

2018-yilda  nisbatan  barqaror  valyuta  kursi  sharoitida  ba’zi  tovarlar  importi  narxlar

barqarorlashuviga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, meva va sabzavotlar narxlari qo‘shni davlatlardagi narxlar

darajasigacha  korrektirovka  qilinib  oldi.  Ayni  vaqtda,  joriy  yilda  devalvatsiyaning  tezlashishi

iqtisodiyotdagi narxlar darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Makroiqtisodiy  barqarorlik,  sifatli  iqtisodiy  o‘sishga  va  past  darajadagi  inflatsiyaga  erishish

nafaqat  pul-kredit  siyosati  instrumentlarini  qo‘llash  orqali,  balki  quyidagilarni  o‘z  ichiga  olgan

kompleks yondashuv bilan ta’minlanadi:




mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatdoshligini oshirishga urg‘u bergan holda, tartibga

solinadigan narxlarni bosqichma-bosqich erkinlashtirish;

raqobatbardosh  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tishni  tezlashtirish  hamda  tovar  va  xizmatlarning

to‘laqonli  bozorini  shakllantirish  orqali  iqtisodiyot  tarmoqlaridagi  tarkibiy  o‘zgarishlarni  amalga

oshirishni davom ettirish;

ishlab chiqarish, transport va ijtimoiy infratuzilmani kengaytirish va modernizatsiya qilish;

xususiy  investitsiyalar  kirishini  ko‘paytirish  va  moliya  bozorini  rivojlantirish  orqali  moliyaviy

resurslarning  samarali  qayta  taqsimlanishini  ta’minlash,  shuningdek,  moliya  bozorida  “uzoq

muddatli” pullar manbasini shakllantirish.


Download 155,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish