Farmoni inflatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘G‘risida


-BOB. PUL-KREDIT SIYOSATINI TAKOMILLAShTIRISh VA INFLATSION TARGETLAShGA O‘TISh



Download 155,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana05.01.2022
Hajmi155,11 Kb.
#318626
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maruza 3.

2-BOB. PUL-KREDIT SIYOSATINI TAKOMILLAShTIRISh VA INFLATSION TARGETLAShGA O‘TISh

Chuqur  tarkibiy  o‘zgarishlar  va  iqtisodiyotni  erkinlashtirish  sharoitida  pul-kredit  siyosatini

takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

narxlarning keskin oshishi va spiral xarakterdagi inflatsiyaning oldini olish;

milliy valyuta kursiga nisbatan devalvatsion bosimni ushlab turish;

pul  bozorini  shakllantirish,  imtiyozli  kreditlash  va  pul  bozori  segmentlashuvi  sharoitlarini

bartaraf etish;

ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda aholi va biznesning to‘lovga layoqatliligini saqlab

turish, va umuman, moliya sektorining barqarorligini ta’minlash.

Ilg‘or  xalqaro  tajribani  inobatga  olgan  holda,  yuqorida  keltirilgan  ustuvor  yo‘nalishlarning

amalga  oshirilishi  pul-kredit  siyosati  sharoitlarini  inflatsion  targetlash  rejimiga  o‘tkazishni  talab

qilmoqda.

Inflatsion targetlash o‘zida shunday pul-kredit siyosati rejimini aks ettiradiki, unda O‘zbekiston

Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan  inflatsiya  darajasi  bo‘yicha  doimiy  maqsad  (target)  e’lon

qilinadi  va  uning  harakatlari  pul-kredit  instrumentlari  va  kommunikatsiyadan  faol  foydalangan

holda joriy inflatsiyani uning maqsadli ko‘rsatkichiga yetkazishga yo‘naltiriladi.

Inflatsion  targetlash  rejimi  ham  rivojlangan,  ham  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  o‘zining

keng  qamrovli  tatbiqini  topgan.  Mazkur  rejim  inflatsiyaning  tebranuvchanligi  va  inersionligini

pasaytirishda  samarali  instrument  hisoblanadi  va  bu,  o‘z  navbatida,  o‘rta  muddatli  istiqbolda

mustahkam va barqaror iqtisodiy o‘sish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratadi.

Bundan  tashqari,  bu  rejimda  inflatsiyaning  maqsadli  ko‘rsatkichlariga  erishishda  Markaziy

bank harakatlarida katta erkinlik, maqsadlar va pul-kredit siyosati maqsadlari va ustuvorliklarining

aniq  identifikatsiyasi,  shuningdek,  Markaziy  bankning  inflatsiyaning  maqsadli  ko‘rsatkichlariga

erishishda  javobgarligi  ko‘zda  tutiladi.  Jamoatchilik  uchun  Markaziy  bank  faoliyatining  yuqori

darajada shaffofligi iqtisodiyotda maqbul iqtisodiy kutilmalar shakllanishiga imkon yaratadi.

Inflatsion  targetlash  rejimini  samarali  joriy  qilish  uchun  pul-kredit  siyosati  inflatsiyaning

belgilangan  maqsadli  darajasiga  erishish  zaruriyatidan  kelib  chiqib,  bozor  instrumentlari  ta’sirini

qo‘llagan  holda  banklararo  pul  bozoridagi  foiz  stavkalarini  Markaziy  bank  intervensiyalari  orqali

samarali boshqarish yo‘li bilan amalga oshirilishi lozim.

O‘rta  muddatli  davrda  inflatsion  targetlash  rejimini  to‘liq  joriy  etish  uchun  quyidagi  chora-

tadbirlar amalga oshiriladi:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining inflatsiyaning monetar va nomonetar omillarini

pasaytirishdagi rolini kuchaytirish;

inflatsiyaning qisqa muddatli maqsadlari trayektoriyasini aniqlash va O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy banki tomonidan uzoq muddatli maqsadga o‘tishni e’lon qilish;

Markaziy bank tomonidan yangi instrumentlarning (overnayt, depozit va kredit auksioni, svop,

REPO, qisqa va o‘rta muddatli obligatsiyalar va boshqalar) joriy etilishi;

pul bozoridagi operatsiyalarning asosiy mezoni sifatida foiz stavkalari koridorini qo‘llash;

moslashuvchan  foiz  siyosatini  olib  borish  orqali  tashqi  va  ichki  omillarga  o‘z  vaqtida  javob

berish;



davlat qimmatli qog‘ozlari bilan pul bozori operatsiyalarini amalga oshirish va g‘aznachilikning

bo‘sh pul mablag‘larini tijorat banklariga joylashtirish uchun yagona platforma yaratish;

qimmatli  qog‘ozlar  bo‘yicha  daromadlilik  egri  chizig‘ini  shakllantirish  va  iqtisodiyot

subyektlarining uzoq muddatli kutilmalarini samarali boshqarish;

ekonometrik  modellashtirish  instrumentlarini  rivojlantirish,  makroiqtisodiy  tahlil  va

prognozlashtirish  tizimini  to‘liq  tatbiq  etish  orqali  pul-kredit  va  makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlarning

o‘zaro bog‘liqligini tizimli baholash;

inflatsion  targetlash  rejimining  mohiyati  va  maqsadlari,  uni  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish

shart-sharoitlari, bevosita va bilvosita ijobiy ta’sirlari hamda unga erishishning maqsadli muddatlari

to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  keng  jamoatchilikka  xolisona,  aniq  va  sodda  usulda  yetkazish  orqali

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kommunikatsiya siyosatini takomillashtirish;

pul-kredit  siyosatining  o‘rta  va  uzoq  muddatli  istiqbolda  makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlar

dinamikasiga ta’sirini baholash bo‘yicha ekonometrik modellarni qo‘llash.

Banklararo  pul  bozori  foiz  stavkasiga  ta’sir  ko‘rsatish  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy

bankiga  moliya  bozorida  shart-sharoit  shakllanishiga  imkon  beradi  hamda  bu  iqtisodiy  holat

talablaridan kelib chiqib, pul-kredit siyosati maqsadlariga erishishni ta’minlaydi.

O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  pul  bozoridagi  likvidlilik  hajmini  baholaydi  va

prognoz  qiladi,  mablag‘lar  taqchilligi  yoki  ortiqchaligini,  shuningdek,  tegishli  (likvidlilikni  taqdim

etish va yig‘ib olish bo‘yicha) instrumentlarning mavjudligini aniqlaydi.

Bank  tizimida  likvidlilikka  bo‘lgan  talab  va  taklif  o‘rtasida  nomutanosiblik  yuzaga  kelganda,

doimiy  harakat  operatsiyalari  bo‘yicha  stavkalari  banklararo  pul  bozoridagi  stavkalar  tebranishini

ushlab turadi.

Shu  bilan  birga,  majburiy  zaxiralarni  o‘rta  darajaga  keltirish  mexanizmi  banklararo  bozor

stavkalarini boshqarish jarayonida qo‘shimcha moslashuvchanlik yaratadi. O‘rta muddatli istiqbolda

koeffitsiyentning  ko‘tarilish  tomonga  o‘zgarishi  banklarning  banklararo  pul  bozoridagi  faolligini

oshiradi va bu orqali transmissiya foiz kanali ishini mustahkamlaydi.

Inflatsion  targetlash  rejimiga  muvaffaqiyatli  o‘tish  uchun  zarur  shartlardan  biri  bu  erkin

shakllanadigan  ayirboshlash  kursi  bo‘lib,  uning  o‘zgarishi  to‘laligicha  talab  va  takliflarning  muhim

omillariga  sabab  bo‘ladi.  Bu,  o‘z  navbatida,  banklararo  valyuta  bozorini  modernizatsiya  qilishni  va

O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  valyuta  intervensiyasi  sohasidagi  siyosatini  tegishli

ravishda takomillashtirilishini talab etadi.

Valyuta  bozori  rivojlanishidagi  asosiy  omillardan  biri  ichki  valyuta  bozorida  O‘zbekiston

Respublikasi Markaziy banki faolligining asta-sekin pasayishi va tijorat banklarining market-meyker

sifatidagi rolining oshirilishi hisoblanadi.

Valyuta  kursining  moslashuvchan  shakllanishga  o‘tish  va  banklararo  valyuta  savdolarini

amalga  oshirish  valyuta  intervensiyasi  uslublarini  takomillashtirishni  nazarda  tutadi.  Shu

munosabat  bilan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  bozor  faoliyatiga  aralashishni

minimallashtirishga  qaratilgan  va  ayirboshlash  kursini  aniqlashda  uning  fundamental  o‘zgarish

trendiga ta’sir o‘tkazmaydigan Valyuta intervensiyasi strategiyasini ishlab chiqishni nazarda tutadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, quyidagilar, valyuta bozorini erkinlashtirish jarayonini yakunlash

orqali inflatsion targetlashga o‘tish uchun zaruriy shartlardan hisoblanadi:

banklarning  market-meyker  sifatida  bozordagi  faolligini  rag‘batlantirish  va  ularning

ayirboshlash kursini shakllantirishdagi rolini oshirish;

valyuta  intervensiyalari  siyosatini  takomillashtirish  va  ularning  O‘zbekiston  Respublikasi

Markaziy banki intervensiyalari maqsadlari va usullarini belgilab beruvchi strategiya va taktikalarini

ishlab chiqish;

valyuta  bozori  ishtirokchilariga  valyuta  xatarlarini  xedjirlash  imkonini  beruvchi  hosilaviy

instrumentlar bozorini rivojlantirish.

Uzoq muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini ta’minlash butun moliya tizimining barqaror

ishlashini talab qiladi. Bunda, barqaror makroiqtisodiy sharoitda ham bank sektorida tizimli xatarlar

shakllanishi mumkin.



Inflatsiyani  belgilangan  maqsadga  yaqinlashtirish  va  ushlab  turish  uchun  O‘zbekiston

Respublikasi Markaziy banki, shu jumladan prudensial nazorat choralari orqali moliyaviy xatarlarni

kamaytirishi zarur.

Bank  nazorati  hamda  banklarni  moliyaviy  sog‘lomlashtirish  choralari.  Tijorat  banklari

balanslarini  tozalash  ular  barqarorligining  oshishiga,  omonatchilar  va  kreditorlar  mablag‘larining

saqlanishiga,  moliya  tizimiga  bo‘lgan  ishonchning  mustahkamlanishiga  va  moliya  bozorlarining

yanada rivojlanishiga zamin yaratadi.

Bank  va  moliya  tizimlari  uchun  xatarlar  ehtimolini  kamaytiruvchi  makroprudensial  nazorat

choralarining  o‘z  vaqtida  va  samarali  qo‘llanilishi  iqtisodiyotning  muvozanatli  ishlashiga  hamda

makroiqtisodiy barqarorlikning ta’minlanishiga imkon beradi.

Inflatsion  targetlash  rejimida  narxlar  barqarorligi  moliyaviy  barqarorlikni  qo‘llab-quvvatlaydi,

chunki  bozor  ishtirokchilari  pul-kredit  siyosati  harakatlarini  oldindan  ko‘ra  bilishi  va  tushunishi

sababli  iqtisodiyot  subyektlari  qarorlarni  qabul  qilishda  yanada  izchil  bo‘ladilar  va  bu  noaniqlik

elementlarini  bartaraf  qilishga  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  minimal

ishtiroki bilan butun moliya tizimini barqarorlashtirishga yordam beradi.

Aholi  va  tadbirkorlarning  banklarga  va  milliy  valyutaga  bo‘lgan  ishonchini  oshirish  bank

tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Mamlakatda  ishonchli  bank  tizimi  va  moliya  bozorining  faoliyati  pul-kredit  siyosati  ta’sir

kanallarining  to‘la  ishlashiga  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan  narxlar

barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.

Mazkur maqsadlarga erishish uchun bank tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha quyidagilarni

o‘z ichiga oluvchi kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

banklarning mijozlarga bo‘lgan e’tiborini oshirish;

mijozlarga  elektron  va  masofaviy  xizmat  ko‘rsatishni  to‘liq  joriy  etish  orqali  bank  xizmatlari

sifati  hamda  aholining  bank  va  boshqa  moliyaviy  xizmatlardan  foydalanish  imkoniyatlarini

yaxshilash;

bank  xizmatlarini  ko‘rsatish  tizimini  isloh  qilish  va  banklarni  transformatsiyalash,  korporativ

boshqaruv sifatini oshirish;

samarali infratuzilmani yaratish, banklar faoliyatini avtomatlashtirish va zamonaviy moliyaviy

texnologiyalarni joriy etish;

davlat  banklarini  isloh  qilish  jarayonini  tezlashtirish  va  ularni  xususiylashtirish  bo‘yicha

samarali choralar ko‘rish;

davlat  banklarida  bank  xizmatlarini  ko‘rsatishda  tezkorlikni  oshirish,  shu  jumladan  ularda

xodimlar faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) ijrosini baholash tizimini joriy etish;

banklar tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlarga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash va zarur

bo‘lganda,  ayrim  banklarning  aktiv  operatsiyalarini  vaqtincha  cheklash  choralarini  qo‘llash  orqali

prudensial nazorat choralarini kuchaytirish.


Download 155,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish