Farmoni inflatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘G‘risida



Download 155,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana05.01.2022
Hajmi155,11 Kb.
#318626
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maruza 3.



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

FARMONI


INFLATSION TARGETLASH REJIMIGA BOSQICHMA-BOSQICH O‘TISH ORQALI PUL-KREDIT

SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA

Inflatsiya darajasini yanada pasaytirish borasidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi aholi

turmush  darajasini  yaxshilash  va  barqaror  iqtisodiy  o‘sish  uchun  sharoitlar  yaratishga  qaratilgan

iqtisodiy islohotlar samaradorligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.

Xalqaro  tajriba  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  pul-kredit  siyosatini  yuritishning  samarali

usullaridan  biri  inflatsion  targetlash  rejimi  ekanligini  ko‘rsatmoqda,  bunda  pul-kredit  bozoridagi

markaziy  bankning  faol  ishtiroki,  shuningdek,  iqtisodiy  rivojlanishning  muntazam  tahlili  va  davlat

siyosati  rejalarining  keng  yoritib  borilishi  inflatsiyaning  miqdoriy  maqsadlariga  erishishni

ta’minlaydi.

Shu  bilan  birga,  inflatsion  targetlash  rejimini  joriy  etish  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy

banki  va  Vazirlar  Mahkamasining  quyidagi  yo‘nalishlarga  qaratilgan  muvofiqlashtirilgan

tayyorgarlik ishlarini talab etadi:

inflatsiyaning  nomonetar  omillari  rolini  bosqichma-bosqich  pasaytirish,  shu  jumladan,

tariflarni  tartibga  solishni  isloh  qilish,  iqtisodiyotning  real  sektorida  tarkibiy  iqtisodiy  islohotlar

samaradorligini ta’minlash va ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish;

Markaziy bankning makroiqtisodiy tahlil va kommunikatsiya siyosati sifatini oshirish;

regulyatorning kredit bozoriga samarali ta’sir etishini ta’minlab beruvchi, pul bozorini tartibga

solishning yangi instrumentlarini joriy etish.

Makroiqtisodiy  barqarorlikni  ta’minlash  uchun  iqtisodiyotni  tartibga  solishning  bozor

mexanizmlari  va  instrumentlarini  qo‘llashni  kengaytirish,  shuningdek,  pul-kredit  siyosati

samaradorligini tubdan oshirish maqsadida:

1.  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  inflatsiya  darajasini  2021-yilda  10  foizgacha

pasaytirish  hamda  2023-yilda  5  foiz  darajadagi  doimiy  inflatsion  maqsadni  (target)  o‘rnatish  yo‘li

bilan  2020-yilning  1-yanvaridan  boshlab  pul-kredit  siyosati  mexanizmlarini  bosqichma-bosqich

inflatsion targetlash rejimiga o‘tkazishni ta’minlasin.

2.  Quyidagilar  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  pul-kredit  siyosatining  asosiy

tamoyillari etib belgilansin:

inflatsiyaning  doimiy  amal  qiladigan  maqsadini  belgilash  va  uni  keng  jamoatchilikka

yetkazish;

pul bozoridagi foiz stavkalarini tartibga solish va inflatsion jarayonlarni boshqarish maqsadida

pul-kredit siyosatining keng qamrovli instrumentlarini qo‘llash;

pul-kredit  siyosati  sohasida  obyektiv  qarorlar  qabul  qilish  maqsadida  ichki  va  tashqi

bozorlarda mavjud bo‘lgan ochiq ma’lumotlarni hisobga olgan holda batafsil makroiqtisodiy tahlil

va prognozlarni amalga oshirish;

pul-kredit  siyosati  maqsadlarini  keng  jamoatchilikka  yetkazish,  makroiqtisodiy  holatning

oldindan  ko‘ra  bilinishini  ta’minlash  va  bozor  ishtirokchilari  ishonchini  shakllantirish  maqsadida

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kommunikatsiya siyosatini takomillashtirish.

3.  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  va  Markaziy  banki  inflatsion  targetlash

rejimiga to‘liq o‘tish uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini

ta’minlasin, xususan:

muvofiqlashtirilgan monetar-fiskal va monopoliyaga qarshi siyosat yuritish;

raqobatdosh  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tishni  tezlashtirish,  mahalliy  ishlab  chiqaruvchilar

raqobatbardoshligini  oshirish  hamda  tovarlar  va  xizmatlarning  to‘laqonli  bozorlarini  shakllantirish

orqali iqtisodiyot tarmoqlarida tarkibiy islohotlarni amalga oshirishni davom ettirish;

monopoliyaga qarshi kurashish va narxlarni tartibga solishning zamonaviy usullariga o‘tishga,

shuningdek,  ishlab  chiqarish  infratuzilmasini  kengaytirishga  yo‘naltirilgan  tartibga  solinadigan

narxlarni bosqichma-bosqich erkinlashtirish;



jamg‘armalarni  investitsiyalarga  transformatsiya  qilish  uchun  moliyaviy  vositachilik

institutlarini rivojlantirish maqsadida bank tizimi hamda moliya bozorlarini isloh etish, shuningdek,

moliyaviy oqimlarni uzoq muddatli rejalashtirish uchun imkoniyat yaratish.

4. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy bankining inflatsiyani pasaytirish va

narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi harakatlari konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda —

Konsepsiya) 

1-ilovaga

 muvofiq;

2020-yilda  inflatsiyani  pasaytirish  va  narxlar  barqarorligini  ta’minlash  bo‘yicha  “Yo‘l  xaritasi”

(keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 

2-ilovaga

 muvofiq ma’qullansin.

5.  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  quyidagilarni  joriy  etish  orqali  pul-kredit  siyosati

instrumentlari,  mexanizmlari  va  jarayonlarini  inflatsion  targetlash  rejimi  standartlariga

muvofiqlashtirish choralarini ko‘rsin:

2020-yilning  1-yanvariga  qadar  pul  bozori  foiz  stavkalariga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  bozor

instrumentlari,  shu  jumladan  Markaziy  bank  obligatsiyalari,  overnayt  depozitlar,  doimiy  tusdagi

depozit  auksionlari,  davlat  qimmatli  qog‘ozlari  va  xorijiy  valyuta  garovi  ostida  kredit  auksionlari  va

overnayt kreditlari;

2020-yil  davomida  foiz  va  valyuta  xatarlarini  boshqarishda  hosilaviy  instrumentlar  (svop,

opsion  va  fyucherslar)  va  tijorat  banklarining  valyuta  kursi  shakllanishidagi  rolining  bosqichma-

bosqich oshirib borilishi;

bir oy muddatda Markaziy bankning banklararo pul bozoriga muntazam intervensiyasi orqali

moslashuvchan foiz siyosatini amalga oshirishda asosiy foiz stavkasining foiz koridori mexanizmi;

2020-yilning  1-apreliga  qadar  xalqaro  moliya  institutlarining  texnik  ko‘magi  hamda  ilg‘or

xalqaro  tajriba  asosida  ekonometrik  modellashtirish  instrumentlarini  rivojlantirishni  nazarda

tutuvchi makroiqtisodiy tahlil va prognozlash tizimi;

ikki  oy  muddatda  Markaziy  bank  tomonidan  iqtisodiyotdagi  joriy  holat,  inflatsion

jarayonlarning  asosiy  omillari  va  pul-kredit  siyosati  choralarining  o‘z  vaqtida  yoritilishini  ko‘zda

tutuvchi kommunikatsion siyosatning zamonaviy tamoyillari;

inflatsiya  va  inflatsion  kutilmalar  omillarini  doimiy  o‘rganib  borish,  xalqaro  moliya  institutlari

va  boshqa  davlatlar  markaziy  banklari  texnik  ko‘magini  jalb  etish  orqali  ilg‘or  xorijiy  tajribani

o‘rganish.

6.  Inflatsiya  darajasini  pasaytirish  va  narxlar  barqarorligini  ta’minlash  borasidagi  chora-

tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) 

3-ilovaga

 muvofiq


tarkibda tashkil etilsin.

Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

inflatsiya  omillari  va  narxlar  oshishiga  olib  kelayotgan  sabablarni  bevosita  joyiga  chiqqan

holda tahlil etish va tanqidiy baholab borish;

barcha  vazirlik  va  idoralar  sa’y-harakatlarini  iqtisodiyotda  inflatsiya  darajasini  pasaytirish

hamda amalga oshirilayotgan siyosatning o‘zaro muvofiqligini ta’minlashga qaratish;

respublika  pul-kredit  siyosatini  inflatsion  targetlash  rejimiga  o‘tkazishga  qaratilgan  chora-

tadbirlarning  o‘z  vaqtida  va  samarali  ijro  etilishidagi  kamchilik  va  muammolarni  aniqlash,

shuningdek,  ularni  bartaraf  etish  hamda  ushbu  sohadagi  vakolatli  organ  va  tashkilotlar

rahbarlarining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

vakolatli  organ  va  tashkilotlar  rahbarlari  va  boshqa  vakillari  ishtirokida  har  oyda  kamida  ikki

marta  ichki  bozorda  narxlarni  barqarorlashtirish  va  inflatsiyani  pasaytirishga  qaratilgan  chora-

tadbirlar  ijrosini  muhokama  qilishni  tashkillashtirish,  shuningdek,  amalga  oshirilgan  ishlar

to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borish.

7. Belgilansinki:

2020-yil  1-yanvardan  boshlab  tijorat  banklari  tomonidan  (milliy  valyutada)  yangidan

beriladigan barcha turdagi kreditlar, shu jumladan davlat dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar

bo‘yicha  foiz  stavkalari  Markaziy  bankning  qayta  moliyalashtirish  stavkasidan  kam  bo‘lmagan

darajada  belgilanadi,  ipotekani  kreditlash  bo‘yicha  davlat  dasturlari  hamda  paxta  xomashyosi  va



boshoqli  don  ekinlarini  yetishtirish  uchun  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlari  ishlab  chiqaruvchi

korxonalarga ajratiladigan kreditlar bundan mustasno;

2021-yil  1-yanvardan,  zarur  hollarda,  foiz  xarajatlarining  ma’lum  bir  qismini  kompensatsiya

qilish  mexanizmlarini  joriy  etish  orqali  tijorat  banklariga  foiz  stavkalarini  mustaqil  belgilash

huquqini bergan holda kreditlarni imtiyozli foiz stavkalarida berish amaliyoti bekor qilinadi.

8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

2020-yilning  1-fevraliga  qadar  Energetika  vazirligi,  Monopoliyaga  qarshi  kurashish  qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-

2021-yillarda  tartibga  solinadigan  narxlar  (tariflar)ni,  inflatsiya  maqsadlariga  ta’sirini  hisobga  olgan

holda  erkinlashtirish  grafigini  ishlab  chiqsin  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga

tasdiqlash uchun kiritsin;

umumiy  fiskal  balans  taqchilligini  2022-yilda  1,5  foizdan  oshmaydigan  darajagacha

bosqichma-bosqich kamaytirishni ta’minlasin;

O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  budjetining  belgilangan  parametrlar  doirasidagi  qat’iy

ijrosini, shuningdek, Markaziy bank bilan birgalikda soliq-budjet va pul-kredit siyosati muvofiqligini

ta’minlasin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Moliya vazirligi va Markaziy

bank bilan birgalikda 2020-yilning 1-iyuliga qadar norezidentlarga moliya bozoriga kirishga ruxsat

berish  shartlari,  mexanizmlari  va  muddatlari  bo‘yicha  takliflarni  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan

salbiy  oqibatlarini  bartaraf  qilishning  aniq  mexanizmlari  va  instrumentlarini  ishlab  chiqqan  holda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy banki:

Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi”ning sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini;

“2019  —  2021-yillarda  O‘zbekiston  Respublikasida  tarkibiy  islohotlar  asosiy  yo‘nalishlarining

“Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha Iqtisodiy kengash yig‘ilishlarida soliq-budjet va

pul-kredit  siyosati  muvofiqligi  hamda  tarkibiy  islohotlarning  amalga  oshirilishi  holati  masalalarini

ko‘rib chiqish va muhokama qilishni;

jahon  bozorlaridagi  real  vaziyatning  rivojlanishi  va  tarkibiy  iqtisodiy  islohotlarning  amaliy

natijalaridan  kelib  chiqqan  holda  moslashuvchan  makroiqtisodiy  siyosat  yuritish,  shuningdek,

inflatsiyaning uzoq muddatli maqsadli ko‘rsatkichi (targeti) darajasigacha pasayishini;

“Yo‘l xaritasi”ning amalga oshirilishi va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan

choralar  samaradorligi  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni,  shuningdek,  inflatsiya  bo‘yicha  qo‘yilgan

maqsadga  erishish  omillari  va  xatarlarini  ko‘rsatgan  holda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti

Administratsiyasiga har chorakda ma’lumot kiritib borishni ta’minlasin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi

va  Monopoliyaga  qarshi  kurashish  qo‘mitasi  bilan  birgalikda  2020-yilning  1-apreliga  qadar  Jahon

bankining  texnik  ko‘magi  asosida  ishlab  chiqilayotgan  Moliyaviy  ommaboplikni  oshirish  milliy

strategiyasi doirasida moliyaviy savodxonlikni oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab

chiqsin va tasdiqlasin.

12.  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  Moliya  vazirligi,  Adliya  vazirligi  hamda  boshqa

manfaatdor  vazirliklar  va  idoralar  bilan  birgalikda  ikki  oy  muddatda  qonun  hujjatlariga  ushbu

Farmondan  kelib  chiqadigan  o‘zgartirish  va  qo‘shimchalar  to‘g‘risida  O‘zbekiston  Respublikasi

Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

13.  Mazkur  Farmonning  ijrosini  nazorat  qilish  O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri  A.N.

Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.


Download 155,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish