Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   204
Bog'liq
dorivor

Qon tuflash 
Qon, goho tuflaganda chiqadi, bunda u og’iz bo`laklaridan chiqayotgan 
bo`ladi. Goho burun qoqqanda va tomoq qirilib, tuflagandan chiqadi, bunda u tomoq 
tevaragidan chiqqan bo`ladi. Goho tomoq qirishda chiqadi, bunda u o`pka nayidan 
chiqqan bo`ladi. Goho qusganda ham qon chiqadi, bunda u qizilo`ngach, me`da 
og’zi, me`daning o`zi va jigardan chiqqan bo`ladi. Goho yo`talganda chiqadi, bunda 
u ko`krak atrofidan va o`pkadan chiqqan bo`ladi. 


254 
Ko`krakdan (qon kelishda) o`pkadan chiqqandagidek xavf yo`q. Chunki 
ko`krakdan chiqadigani tez tuzaladi, tuzalmasa ham unda o`pka yaralarida yuz 
beradigan zarar yuz bermaydi. O`pkada ko`pincha bitmaydigan yaralar bo`lib, u har 
vaqt yangilanib qon tuflash davom etadi. 
Bularning hammasi uchun eng yaqin sabab ko`krakka, jigarga, qorin-
ko`krak pardasiga yetgan zarbadan, yoki o`sha a`zolar bilan yig’ilishdan, yoki 
keskin biror narsadan iborat sirtqi sababga ko`ra yuz bergan jarohat bo`ladi. Yoki 
davomli yo`tal, baqirish, birdan chinqirish va g’azablanishda ham shunday bo`ladi. 
Shuning uchun jinnilarda va har narsadan asabiylashadigan kishilarda qon tuflash 
ko`p bo`ladi. Goho qattiq qusishdan qon tuflash paydo bo`ladi, ayniqsa qon 
tuflashga qobiliyatli kishilarda shunday bo`ladi. Goho o`tkir surgi dorilarni, 
sarimsoq va piyoz kabi o`tkir ovqatlarni iste`mol qilishda, qonni o`tkirlashtiruvchi 
qo`rquv yoki g’amginlikdan, ko`rpa - to`shaksiz taxir yerda uxlashdan, tomoq 
ichkarisiga yopishgan zulukdan, yoki biror bog’lovchi sababdan ham qon tuflanadi. 
Bu xil sabab tomirlarda yoki boshqa joyda bo`ladi. Tomirlarda bo`ladigan 
sabab, yo tomirlarning uzilishi, yorilishi, qonning o`tkirligidan, tomirning ochilishi 
va kengayishi, yoki bo`shashishi yoki xiltning o`tkirligi sababli yeyilishidan iborat 
bo`ladi. Yoki tomirlarning qon sizib chiqadigan darajadagi yupqaligidan iborat 
bo`ladi. 
Ko`pincha o`pka nayi va arteriya bo`laklarining teshikchalari tabiiy 
holdagisidan ko`ra ko`proq kengayib, qon o`pka nayiga sizadi. Tomirlardan boshqa 
joyda bo`ladigan ichki sabab yo jarohat bo`ladi, yoki yeyilish va a`zodan biror 
parcha qo’parilib, sasish sababli paydo bo`lgan yara bo`ladi. Qon tuflash goho 
o`pkadagi qonli shishdan bo`ladi, u shishdan qon sizib turadi. Bunday shishning 
tuzalishi oson, chunki u qondan paydo bo`lib, moddasi sizib turadi, qamalib 
qolmaydi va quyuqlashmaydi. Zulukdan boshqa shu sabablarning hammasi goho 
o`pkada ham bo`ladi. 


255 
Shu bog’lovchi sabablar uchun ulardan oldinroq keladigan sabablar bor. 
Bular esa yo moddaning ko`pligidan iborat, bu narsa yo ko`p ovqatdan va 
badantarbiya qilmaslikdan, yoki tabiatning kerak qilganidan ko`ra ortiq qon 
borligidan bo`ladi. Bunday holat badantarbiya qilmay qo`yganda yoki hayz qoni, yo 
bavosir qoni to`xtab qolganda, yoki biror a`zo kesilganda yuz beradi. Yoki bunday 
hol moddaning bir a`zoga tortilishi yo qattiq qo`zg’atilishi, yoki tomirlardagi ularni 
yoradigan ko`p yeldan, ayniqsa sil kasalligiga uchrab yelkalarini qush qanoti singari 
qilib yuruvchilarning tomirlaridagi kabi ko`p yeldan bo`ladi. Chunki shunday 
kishilarda qon tuflash ko`p uchraydi. Yoki bu narsa moddani o`rab turuvchi qurol 
a`zolarning yorilishga qobiliyatliligidan bo`ladi. Qobiliyatlarning sababi, ularni 
burishtirib turuvchi sovuqlik bo`lib, yoyilishlari qiyin bo`ladi va ular yoyilishga 
majbur qiluvchi kuchga bo`ysunmaydi, balki yoriladi. Bunday holat, sirtqi yoki ichki 
issiqlikdan yo quruqlikdan ham bo`ladi. Ularning qaysi biri bo`lsa ham o`sha qurol 
a`zolarini qalinlashtirib, quritib, eng arzimagan sababdan ham yoriladigan qilib 
qo`yadi, yoki u a`zolarni bo`shashtiruvchi ho`llikdan bo`ladi: ho`llik ularning 
teshikchalarini kengaytirib yuboradi, yoki yirtuvchi, yeyuvchi va kesuvchi, yoki 
sasituvchi narsaga duch kelishidan ham bo`ladi. 
Qon to`liqligi paydo bo`lgach, tabiat moddani mumkin bo`lgan tomonga, 
ya`ni moddani osonroq qabul qiladigan tomonga yoki ortiqcha narsa turadigan 
joyning yaqinrog’iga haydashga kirishadi. Shunda moddani tuflash orqali, bavosir 
yoki hayz qoni, yoki burun qonashi orqali haydaydi. Shu paytda tomirlar kuchli 
bo`lib, qonni o`zidan chiqib ketishga qo`ymaydigan bo`lsa, to`satdan o`lim yuz 
beradi. Chunki qon tomirlarning kovaklariga quyiladi. 
Kishi qon tuflayversa, o`pkasida yara paydo bo`lganiga belgi bo`ladi, 
chunki qon tuflash ko`proq jarohatdan keladi, jarohat esa osonlik bilan yaraga 
aylanadi. To`xtab qolgan qon tuflashdan keyin yana qaytadan qon tuflana boshlansa, 
shu ikkinchi qon tuflashning yaraga aylangan birinchi jarohatdan kelayotganligini 


256 
ko`rsatuvchi xavf tug’iladi. Ko`pincha tuflangan qon burun qoni bo`lib, boshdan 
o`pkaga oqib tushgan bo`ladi. Qon tuflash o`pka tomonidan bo`lsa, bunda ikkita 
xavf bor: birinchisi haddan tashqari ko`p qon oqish xavfi va ikkinchisi esa 
jarohatning yaraga aylanish xavfidir. Har bir qon tuflash ham qo`rqinchli 
bo`lavermaydi, balki to`xtamaydigan yoki isitmalisi qo`rqinchli bo`ladi. Qon tuflash
ko`pincha, jigar yoki taloqdagi shishning tuzalishiga sabab bo`ladi. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish