Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   204
Bog'liq
dorivor

Belgilari
: o`tkir isitma, chunki bu ichki a`zoda bo`ladigan issiq shishdir, 
nafasning bo`g’ayotgandek qilib qattiq qisilishi, shish sababli, hamda nafas 
yo`llarining siqilganligidan nafas oluvchining turib nafas olishi, nafasining juda
issiqligi, sezuvchi pardaga o`ralgan, lekin o`z moddasi sezgisiz a`zoda moddaning 
ko`pligi sababli seziladigan og’irlik va o`sha sababdan butun ko`krakning tortishuvi,
ko`krak va gavda chuquridan to ko`krak suyagi va orqa umurtqagacha cho`ziladigan 
og’riq, goho esa shu og’riqning ikkala kurak o`rtasida sezilishidan iborat. Goho 
kurak, o`mrov suyagi va emchak tagida hamisha yoki faqat yo`tal paytida lo`qillab 
og’rish seziladi. Kasal yon tomoni bilan yota olmaydi, faqat orqasi bilan yotadi, 


259 
agar yon tomoni bilan yotsa bo`g’iladi. O`pka yallig’lanishiga uchragan kishining 
tili oldin qizaradi, keyin qorayadi. Tili shunday bo`ladiki, qo’l tekkizsang, yopishadi, 
tili yana qalinlashadi. 
Ba`zan to`lishib tortishishda butun yuz hamkorlik qiladi; yuz ruhlarida 
qizillik va ko`pchish paydo bo`ladi, chunki ular peshona kabi teridan iborat bo`lmay, 
go`shtli va g’ovak bo`lganligidan ularga bug’ ko`tariladi. Ba`zan yuzdagi qizillik 
kuchayib, bo`yalganga o`xshash bo`lib turadi. Ba`zan bug’ ko`tarilib, olov 
lovillayotgandek seziladi. Isitmaning kuchliligi va yetkazgan zararining zo`rligidan 
qattiq harsillash, hamda tez va yuqori nafas paydo bo`ladi. Kasalning ko`zlari salqib, 
qiyinlik bilan harakat qiladi, tomirlari to`lishadi, qovoqlari og’irlashadi, bularning 
sababi ham bug’dir. Muguz qatlami shishgancha, ko`z g’o`lagi o`ynab chiqqanga 
o`xshash bo`lib turadi, unda yog’lilik va semizlik ko`rinadi, bo`yin ham 
yo`g’onlashadi. 
Ba`zan ho’l bug’ning ko`pligi sababli qattiq uyqu paydo bo`ladi, ba`zan 
shu bilan birga ho’l va oyoqlar soviydi. Tomir urishiga kelsak, u to`lqinsimon 
bo`ladi, chunki shish yumshoq a`zo, ya`ni o`pkada va moddada qo`ldir. To`lqinli 
tomir urishi birgina yoyilishdagina notekis bo`ladi, ba`zan tomir urishi uzilib qoladi, 
ba`zan birgina yoyilishda ikki zarbali bo`ladi, ayrim hollarda o`sha ikki zarba ko`p 
yoyilishlarda ham bo`ladi. Goho ko`p yoyilishlarda tomir urishi to`xtalib qoladi.
Goho tomir urishida "tomir zarbalari o`rtasiga to`g’ri keladigan urish" voqe bo`ladi. 
Bemorning tomir urishi ehtiyojning qattiqligidan va qurol a`zo o`pkaning 
yumshoqligidan ko`proq vaqt katta bo`ladi, lekin quvvat juda kuchsiz bo`lsa, katta 
bo`lmaydi. Tomir urishining ketma-ketligi esa isitmaga, ehtiyojga va quvvatning 
tomir urishi kattalanishiga kifoya qilishiga qarab kuchayadi va kamayadi. 
Buqrotning aytishicha, o`pka yallig’lanishiga uchragan kishilarning emchaklariga va 
ularning yon-tevaraklariga chiqiqlar chiqib, oqma yaraga aylansa, ular bu darddan 
tez tuzaladilar, pochada chiqiqlar paydo bo`lsa ham,u yaxshilik belgisi bo`ladi. 


260 
Ba`zi vaqtlarda o`pka yallig’lanishi zotiljamga ko`chganda, nafas qisishi 
yengillashib, sanchiq paydo bo`ladi. O`pka yallig’lanishiga uchraganlarning ham 
balg’amlari zotiljam kabi turli rangda bo`ladi; u ko`pincha shilliqli bo`ladi. Saramas 
jinsidan bo`ladigan yoki o`shanga o`xshash o`pka yallig’lanishida nafas qisilishi va 
ko`krakda seziladigan og’riq kam bo`ladi, lekin alangalanish g’oyat darajada 
kuchayadi. O`pka yallig’lanishida yiringlanishga ko`chishning belgilari zotiljamning 
shunday hollardagi belgilariga yaqin bo`ladi; ya`ni isitma va og’riq pasaymaydi va 
modda balg’am yoki cho`kmali quyuq siydik, yoki axlat orqali deyarli chiqarib 
tashlanmaydi. Shu belgilar bilan birga kasalning tinch va kuchliligi kuzatilsa, shish 
yiringlanishga yoki zotiljamda aytilgan belgilarga ko`ra yuqori yoki quyi tomonda 
bo`ladigan chiqiqqa ko`chayotgan bo`ladi. Agar bemorda quvvat va tinchlik 
bo`lmasa, uning o`limi muqarrar. Kasalning tupugi chuchuklashsa, shish 
yiringlangan bo`ladi. O`pka qirq kun ichida tozalanishi kerak, agar tozalanmasa, 
kasallik uzoqqa cho`ziladi. O`pka yallig’lanishi uzoq vaqtga cho`zilsa, 
oziqlantiruvchi quvvatning kuchsizligidan ikkala oyoqda, ayniqsa oyoq uchlarida 
shish paydo qiladi. Agar modda qovuqqa borsa, sog’ayish umidi tug’iladi. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish