Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   204
Bog'liq
dorivor

Mavzu savollari 
1.Og’iz bo’shlig’i a’zolari anatomiyasi va fiziologiyasi. 
2.Tishlarni sog’lomlashtirish tadbiri. 
3.Tish og’rig’i, tashxislash va davolash 
4.Tish rangining o’zgarishi, sababi 
5.Og’iz sassiqligi sababi va davolash 
6.Til kasalliklari haqida tushuncha berish 
7.Lab kasalliklai haqida tushuncha berish 
V-BOB.KO’KRAK QAFASI A’ZOLARI KASALLIKLARI 
5.1. § . O`pka kasalliklarini sharqona usulda tashxislash va davolash 
.O`pka nayi va o`pkaning anatomiyasi
O`pka nayi - bir-biriga tutashgan halqa va halqaning bir cheti shaklidagi 
ko`p tog’aylardan tuzilgan a`zodir. Bu a`zoning orqasidagi ovqat yo`li, ya`ni 
qizilo`ngachga tegib turadigan halqalarining davrasi qisqa va yarim doiraga yaqin 
qilib tuzilgan bo`lib, ularning kesilgan joyi qizilo`ngachga qaratib qo`yilgan. 
Qizilo`ngachga o`pka nayining tog’aysimon qismi emas, balki pardasimon qismi 
tegib, tog’aysimon qismi oldinga qarab turadi. U tog’ay halqalar bir-biriga boyloqlar 
bilan birikkan bo`lib, bu keyingilarni parda bilan qoplab turadi. Ichkari tomondan 
hammasining ustidan silliq va bir oz quruq va qattiq bo`lgan parda o`rab o`tadi. 
Sirtidan
 
og’iz va hiqildoqqa yondosh, yuqori tomon uchidan ham shunday parda 
o`rab o`tadi. O`pka nayining quyi uchi ikki qismga bo`linadi. Keyin ular harakatli 


245 
(arteriya) va harakatsiz (vena) tomirlarining shaxobchalariga yondoshib, o`pka 
bo`ylab o`tadigan ko`p bo`limlarga bo`linadi. Bo`limlarning uchlari og’izchalar -
pufakchalar bilan tugallanadi, u og’izchalar shu bo`limlarga ham shakl bo`lib, 
ularga yondashib o`tadigan tomirlarning og’izchalaridan ko`ra torroq bo`ladi. 
O`pka nayining tog’aydan yaratilishi, uning ochilib turishi va yumshoqlik 
uni berkilishga majbur qilmasligini ta`minlaydi. O`pka nayi qizilo`ngachdan oldinda 
joylashgan bo`lib, tovushning paydo bo`lishiga sabab yoki yordamchi bo`ladi. O`pka 
nayining pardalar bilan bir-biriga bog’langan ko`p tog’aylardan tuzilishi esa, havoni 
tortish va chiqarish paytida cho`zilishi va yig’ilishi mumkin bo`lishini ta`minlaydi. 
Shunda quyi va yuqoridan paydo bo`ladigan to`qnashishlardan va o`zida ikkala 
tomonga qarab bo`ladigan tortilishlardan zarar ko`rmaydi. Yana agar biror ofat 
yetsa, u tarqalmaydi va o`pka nayining hammasini qoplamaydi. 
Nayning yumaloq shaklda tuzilishi uning ixchamroq va bexavotirroq 
bo`lishi uchundir. Lekin qizilo`ngachga tegib turadigan joyining davrasi to`la emas. 
Bu ichga o`tadigan luqmani qismasligi va qizilo`ngach eniga cho`zilganda luqmadan 
uzoq turishi uchundir. O`pka nayi o`z kovakligini go`yo qizilo`ngachga beradi. 
Shunda qizilo`ngach o`pka nayi tomon kengayib o`ziga berilgan kovaklikka botib 
kiradi. Ayniqsa yutish bilan nafas olish bir vaqtda bo`lmaganidan ham shunday 
qilingan. Chunki yutish o`pka nayining tepasidan o`tadigan ovqat unga kirib 
ketmasligi uchun uning yuqori uchini birikishga majbur qiladi. Birikishi uning 
yo`lini unga to`nkariluvchi tog’ay va otsiz tog’ayning qoplab olishi bilan bo`ladi. 
Yutish va qusish o`sha yo`l og’zini birikishga majbur qiladigan bo`lgach, nafas olish 
paytida u ikkala ishning ham bo`lishi mumkin emas. 
Tovush chiqarish uchun "surnay tili" deb ataladigan narsa yaratilgan. Uning 
oldida o`pka nayining uchi torayib, keyin u hiqildoqqa borib kengayadi, so`ngra 
yana toraya boshlab, keyin surnaydagi kabi keng bo`shliqqa o`tadi. Albatta tovush 


246 
to`xtalib chiqadigan joy tor bo`lishi kerak. Surnay tiliga o`xshash shu jismning ishi 
tovush urilib chiqishi uchun yopilib va ochilib turishdan iboratdir. 
O`pka nayi ichki pardasining pishiq qilib tuzilganligi nazlalar, yomon 
tupuklar va yurakdan haydalgan tutunsimon bug’larning o`tkirligiga chidamli 
bo`lishi va tovushning urilishi sababli bo`shashmasligini ta`minlaydi. O`pka 
nayining dastlab ikkiga bo`linishi esa o`pkaning ikki bo`lakligi uchundir. Venalar 
bilan birgalikda shaxobchalanishi ulardan oziq olishi uchun, shaxobchalar og’zining 
tor qilinganligi esa yurakka boradigan arteriyalarga ular orqali mayin sovuq yelning 
o`ta olishi va ularga qon kirib ketmasligi uchundir. Shaxobchalarga qon kirib ketsa, 
qon tuflash paydo bo`ladi. 
Hiqildoq - bu tovushning tugal paydo bo`lishi va nafasning saqlanib turishi 
uchun xizmat qiladigan bir a`zodir. Uning ichkarisida surnay tiliga o`xshash bir 
narsa bor. Tanglayning ro`parasidagi qismi surnay uchini berkitadigan o`siqqa 
o`xshaydi va u bilan tovush paydo bo`ladi. 
Hiqildoq o`pka nayi bilan birgalikda qizilo`ngachga shunday bog’langanki, 
qizilo`ngach yutimni, luqmani tortish uchun ichkariga harakat qilsa, hiqildoq 
yuqoriga ko`tarilib bekiladi, shunday tog’aylar bir-biriga zichlashadi, pardalar va 
mushaklar esa tortishadi. Ovqat qizilo`ngachga ro`para bo`lgach, o`pka nayining 
og’zi va hiqildoq yuqori tomondan tanglayga yopishib oladi va qizilo`ngachga 
kiradigan narsa o`pka nayiga kirishi mumkin bo`lmaydi. Natijada ovqat va ichimlik 
o`pka nayiga tushmasdan, ular qizilo`ngachga o`tib ketadi. Lekin, ba`zi vaqtlarda 
shu harakat tugal bo`lishidan ilgari kishi yutishga shoshiladi yoki ovqatning 
qizilo`ngach tomoniga harakati betartib bo`lib, o`pka nayiga qisman kirib ketadi, 
shunda organizm tinmay yo`talib, uni haydashga intiladi.
O`pka bir necha bo`laklardan tuzilgan. Bo`laklarning biri o`pka nayining 
shaxobchalari, ikkinchisi venasimon arteriyaning shaxobchalari, uchinchisi esa 
arteriyasimon venaning shaxobchalaridir. U shaxobchalarni zarurat yuzasidan eng 


247 
suyuq va eng latif qondan yaratgan, bir qadar bo`sh, g’ovak va orasiga havo kirgan
alveolalar, ya`ni o`pka alveolalarini yig’ib turadi. O`pkaning ozig’i ham shu xil 
qondan bo`ladi. O`pka eti ko`p teshiklik bo`lib, rangi oqimtirdir. O`pkada havoning 
ko`proq joylashishi, yetilishi va chiqindilarning chiqib ketish uchun u g’ovak qilib 
yaratilgan; jigar ham ovqatlik moddalarga nisbatan shunday yaratilgan. O`pka ikki 
bo`lak bo`lib, biri o`ng tomonda ikkinchisi chap tomonga joylashgan, chapdagisi 
ikki shaxobchali, o`ng bo`lagi uch shaxobchalidir. 
Umuman o`pkaning foydasi havoni tortish, havoni tortishning foydasi 
yurak uchun tomir urishining bitta urishiga kerak bo`ladiganidan ko`ra ko`proq 
havoni tayyorlashdir. Bunday tayyorlab qo`yishning foydasi esa, hayvonni suvga 
sho`ng’igan paytida yoki uzun va tutash tovush chiqarish bilan ovora bo`lib, havo 
ololmay turgan paytida, yoki jirkantiradigan hidlar va boshqa hollar va sabablar 
tufayli havoni ichga tortishdan jirkanish paytida yurak o`ziga oladigan tayyor 
havoning mavjud bo`lib turishidir. Bu tayyorlangan havoning foydasi o`zining 
mayin esishi bilan yurakning issig’ini mo`tadil qilishi va o`z mizojidagi qolib 
moddasi bilan ruhga yordam berishidan iboratdir. Biroq, ba`zilar gumon qilganidek, 
faqatgina havoning o`zi ruhga aylanmaydi, shuningdek, faqatgina suv biror a`zoda 
oziq bo`lmaydi. Lekin, ularning har biri yo oziqning bo`lagi, yoki yo`l boshlab 
o`tkazuvchisi bo`ladi, suv badanga oziq bo`ladi, havo esa ruhga oziq bo`ladi. Badan 
va ruh ozig’i bilan bularning har biri sodda jism bo`lmay, murakkabdir. Ruhning 
tutunsimon bo`lib qolgan qismi, ya`ni uning kuygan chiqindisini chiqarib turishdagi 
foyda, o`pkani bo`shatib o`rniga sovuq havoni kiritishdadir. Chunki tortilgan 
burungi havo albatta isib ketib , ruhni mo`tadil qilishga uning foydasi tegmaydi. 
Tomirlar va o`pka nayining o`pkada shaxobchalanishidagi foydaga kelsak, 
o`pka nayi va venasimon arteriya nafas ishini bajarishda hamkor bo`ladi.
Venasimon arteriya va arteriyasimon vena esa o`pkani yurakdan keladigan yetilgan 
tiniq shirin qon bilan oziqlantirishda hamkor bo`ladi. O`pka etining foydasi


248 
oraliqni mahkamlash va shaxobchalarni yig’ib turishdan iborat, uning g’ovakligi esa 
havoni tortishga qobiliyatli bo`lishi uchundir, chunki havo faqatgina o`pka nayiga 
o`tibgina qolmay, balki uning bir miqdori o`pka tanasiga ham o`tadi, g’ovaklik ko`p
havo olishga imkoniyat beradi, hamda yig’ilish sababli havoni haydab chiqarishga 
yordam beradi. Demak, o`pka eti yig’ilish va yoyilish harakatlariga qobiliyatli 
bo`ladi, shuning uchun o`pka dam bilan yorilmaydi. O`pka etining oqimtirligi u 
oziqlanadigan narsada havoning ko`pligi va unda havoning ko`p aylanishidan keladi. 
Ikkala bo`lagining biriga zarar yetishi sababli nafas olish to`xtalib qolmasligi uchun 
o`pka ikkiga bo`lingandir. Xuddi shu sababga ko`ra, har bir bo`lagi ham ikkiga 
bo`linadi. O`ng tomonda bo`ladigan uchinchi bo`lagi esa kovak deb ataladigan
tomir uchun yotar o`rin bo`lib, nafas olish uchun uning ko`pda foydasi yo`q. Yurak 
chapga bir oz moyil bo`lganidan ko`krakning chap tomonini egallaydi, o`ng 
tomonida shunday narsa bo`lmagach, ko`krakning o`ng tomonida tomirlarga yotar 
joy bo`ladigan o`pka o`sig’ining turishi yaxshi va kerakli topildi. 
O`pkani asabli parda o`rab turadi. Bu to`qnashuvchi narsani sezish 
uchundir. Parda o`pka tanasiga kirishgan bo`lmasa ham, uni qoplab turadi. Yana 
o`pkaning o`zi yumshoqligi sababli yurak uchun yotish va saqlanish joyidir.
Ko`krak ikkita bo`shliqqa bo`lingan. Bo`shliqlar orasini ko`krak suyagi o`rtasidan 
chiqqan parda ajratib turadi. Ikkala bo`shliqning biridan ikkinchisiga yo`l yo`q. Bu 
parda haqiqatda ikkitadir. Bu parda orqadan umurtqalarga, yuqoridan esa ikki 
o`mrov suyaklarining bir-biriga uchrashgan joyiga tutashadi. Bu ikki pardaning 
yaratilishidan maqsad ko`krakning ikki qismga ega bo`lishi uchundir. Qismlarning 
biriga zarar etsa, nafas olish ishlarini ikkinchisi bajaradi. Qizilo`ngach, o`pka va 
ko`krak a`zolarini bir-biri bilan bog’lash o`sha ikki pardaning foydalaridandir. 
Ko`krak-qorin to`sig’i mushaklarining biridir. U uch qatlamdan iborat 
bo`lib, ularning o`rtadagisi uning ishini bajarilishiga vosita bo`ladigan payning 
o`zidir. Uning yuqorisidagi qatlam ko`krak ichkarisiga yoyilgan pardalar uchun asos 


249 
va o`tirg’ich kabidir. Quyi qatlam esa, qorin ichidagi a`zolarning yupqa pardalari 
uchun shu vazifani bajaradi. Ko`krak-qorin to`sig’ida ikkita teshik bor. Ularning 
kattasi qizilo`ngach va katta arteriya uchun yo`l bo`lib, kichigidan esa akxal deb 
ataladigan vena o`tadi. Bu vena ko`krak-qorin to`sig’iga qattiq bog’lanib birikkan. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish