199
Quloqdan chirk chiqishi va unga kelib quyiladigan tiqilmani davolash
:
♦Tog’ achchiq bodom yog’ini tomizish;
♦Quloqqa
zok puflash;
♦Yovvoyi zira 1 misqol, irmon buraki 0,5 misqol va ularni qorishtiradigan oq
anjir, bulardan pilik yasab ishlatiladi ;
♦Quloqqa yovvoyi zira va qichitqio`t qilinadi;
♦Abu Jahl tarvo’zi bargining siqib olingan
suvidan tayyorlab quloqqa
tomiziladi - bu eng kuchli dori;
♦Zaytun, bobuna va rum sumbuli yog’iga botirilgan pilik - kuchli pilik
dorilar;
♦Indov va burakdan tayyorlangan pilik dori - yo`g’ bo`ladigan tiqilma uchun
foydali.
Ibn Sino quloq sog’ligini saqlashda quyidagilarni nazarda tutish kerakligini
ta`kidlaydi:
♦-uni issiq, sovuq, shamollardan, yot jismlar kirishidan saqlash,
♦-suv va jonivorlarning kirishidan ehtiyot bo`lish,
♦-shishlar, mayda chiqiqlar va yaralar paydo bo`lishini kuzatib turish,
♦-uning kirini tozalab turish,
♦-har haftada 1 marta quloqqa achchiq bodom yog’i tomizish,
♦-sirkada eritilgan momiso shamchasidan tomizish zarur,
♦-me`dada hazm buzilishini oldini olib turish. .
200
4.4. §.Burun kasalliklarini sharqona usulda tashxislash va davolash
Burun anatomiyasi
Burunning anatomiyasi burun suyaklarining, tog’aylarining va burun
chetlarini harakatlantiruvchi mo’shaklarining tuzilishini o`z ichiga oladi. Burunning
ikkala teshigi tug’machalariga o`xshash ikkita jism
tagiga joylashgan burun
suzgichigacha boradi. Shu joyda miya pardasining ham suzgich teshigiga ro`para
teshigi bor. O`sha teshik orqali havo o`tib miyaga yetadi. Burun teshiklaridan har
birining bo`g’izga o`tib boradigan yo`li bor.
Burun anatomiyasi yana hidlash vositasi bo`lgan qurolning anatomiyasidirki, u
miyaning oldingi bo`lagidagi tug’machalari singari ikkita o`sig’dan iborat. Ular
miyaning ikkala oldingi
qorinchasidan yordam oladi, shuningdek o`sha yuqorida
aytilgan teshikdan chiqindilar sizilib o`tadi. Miya va undan ko`tarilib turgan ikki
o`siq, o`sha teshiklar orqali havoni tortib hidni sezadi. Miyaning o`zi tug’ma
issiqlikni o`zida saqlash uchun nafas olib arteriya kabi ko`tarilib va pasayib turadi.
Goho baqirish hamda havo va ruhning yuqoriga qarab
siqilgan paytida ham miya
yuqoriga ko`tariladi. Burunning eng yuqorisida ko`zning ichki burun tomon
burchaklariga boradigan ikkita yo`l bor. Shuning uchun ko`zga qo`yilgan surma tilga
kelib tushib, uning mazasi bilinadi.
Hid havoda uning biror narsadan ta`sirlanishidan paydo bo`ladimi yoki
havoning yetkazishi sababli, yoxud tarqalayotgan bug’ sababli bo`lishligini aniqlash
lozimdir. Tabib esa hidlash havoning hidni etkizishi bilan bir qadar o`zgarishi
sababli paydo bo`ladi, keyin hidli narsadan bug’ning ko`tarilishi unga yordam
beradi, degan fikrni qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: