Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


O`pkaning mizojlari, ularni aniqlash yo`llari va ularning belgilari



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   204
Bog'liq
dorivor

O`pkaning mizojlari, ularni aniqlash yo`llari va ularning belgilari 
O`pka mizojining issiq ekaniga ko`krakning kengligi, nafasning kattaligi, 
ba`zan nafas ikki hissa bo`ladi - katta nafas chiqarish, tovushning qattiq va 
yo`g’onligi, sovuq havoning kam zarar qilishi va issiq havoning ko`p zarar qilishi, 
shuningdek ko`pincha biror narsa ichmasdanoq mayin sovuq shamoldan bosiladigan 
tashnalik belgi bo`ladi. Issiq mizoj bilan birga ko`pincha alanga va yo`tal ham 
bo`ladi. 
O`pka mizojining sovuq ekaniga ko`krakning kichikligi va torligi, tovush va 
nafasning siqiqligi va har ikkalasining ingichkaligi, har bir sovuq narsa bilan 
zararlanish va o`pkada balg’amning ko`p paydo bo`lishi dalolat qiladi. Sovuq 
mizojda ko`pincha nafas ikki hissa bo`ladi. Shuningdek hansirash va yo`tal ham 
paydo bo`ladi.
Ho’l mizojga chiqindilarning ko`pligi, tovushning xirillashi, umuman 
xirillash, ayniqsa modda bo`lib, modda yuqoriga intilsa, shunday bo`ladi, gavda 
kuchsiz bo`lmasa ham baland ovoz chiqara olmaslik belgi bo`ladi. 
Quruq mizojga chiqindilarning kamligi, tovushning dag’alligi va uning 
turnalar tovushiga o`xshashligi dalolat qiladi. Ba`zan moddaning kuchli 
quyuqlashuvi sababli hansirash paydo bo`ladi. Shu mizojlarning har biri o`pkada 
goho tabiiy bo`ladi, goho keyin paydo bo`ladi va ular yuqorida aytilgan belgilarning 
ba`zisida birgalashadi, ba`zisida esa ajrashadi. Ularning birgalashadigan belgilari 
yuqorida 
ko`rsatilgan 
belgilardir. 
Lekin 
keyinda 
aytiladigan 
belgilarida 
birgalashmaydi. Ikkalasining ajrashadigan belgilari ikkita: biri mizoj tabiiy bo`lsa, 
belgisi ham tabiiy ravishda voqe` bo`ladi. Mizoj keyin paydo bo`lgan bo`lsa, belgisi 


250 
ham g’ayritabiiy bo`lib yuz beradi. Lekin, belgi ko`krakning kattaligi yoki kichikligi 
kabi faqatgina tabiiy bo`ladigan jinsdan bo`lsa, u, tabiiy mizojga belgi bo`ladi. 
Bilginki, issiq, sovuq, katta-kichik, oson-qiyin, badbo`y - xushbo`y va 
bulardan boshqa xil nafas ko`krak va o`pka ahvolini ko`rsatadigan belgilarning 
aniqrog’i va xosrog’i hisoblanadi. Tovush ham shunga o`xshash, masalan, zarar 
mushaklarda bo`lsa, bo`g’ilgan tovush zararning yoyiluvchi mushakda ekanligiga, 
xirillagan tovush esa, zararning yig’iluvchi mushakda ekanligiga belgi bo`ladi. 
Yo`tal, tupuk tashlash, tomir urishi ham ko`krak va o`pka ahvoliga eng xos belgi 
bo`ladi.
O`pka yurakka qo`shnidir va yurakning ahvolidan o`pkaga olinadigan dalil - 
eng kuchli dalil bo`ladi. Tomir urishi o`pka nayi shaxobchalarining yonveridagi 
joyning ahvoliga eng kuchli belgi bo`lsa, yo`tal kekirdak yonverining va et 
qismining ahvoliga eng kuchli dalil bo`ladi. O`pkaning og’ir sezilishi moddaning 
o`pkada ekanligiga, achishish va sanchish sezilishi esa, moddaning pardalarda va 
mushaklarda ekaniga xos dalildir. Balg’am tuflash yengil yo`tal bilan bo`lsa, modda 
o`pka nayinig eng yuqorisida va uning yaqinida bo`ladi. Balg’am tashlash kuchli 
yo`tal bilan bo`lsa, modda uzoq va chuqurlikda joylashgan bo`ladi. Goho ko`krak 
a`zolarining kasalliklariga uzoq a`zolardagi belgilar ham dalil bo`ladi. Masalan, 
ko`krak-qorin to`sig’ining shishlarida bosh aylanadi, o`pka shishlarida yuz qizil 
bo`ladi. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish