Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   204
Bog'liq
dorivor

O`pka yaralarining sabablari
: ular yoki achishtiruvchi va o’yuvchi, yoki 
qo`shniligi sababli o`pkani erituvchi nazladan iborat, bunda nazla yetilguncha o`pka 
sog’aya olmaydi, yoki shu jinsdan bo`lib, boshqa a`zodan o`pkaga oqayotgan 
modda ham yaralarga sabab bo`ladi. Yoki unga yiringlab yaraga aylanadigan o`pka 


264 
yallig’lanishining oldin paydo bo`lganligi yoki teshilib oqqan zotiljamning 
yiringlashi sabab bo`ladi yoki yuqorida eslatib o`tilgan qon tuflash sabablaridan 
bo`lgan tomirni yoradigan yoki ochadigan biror sabab ham xoh u qonning qaynashi 
yo undan boshqa aytilib o`tilgan narsalar kabi ichki sabab bo`lsin, xoh yiqilish, 
urilish kabi tashqi sabab bo`lsin, o`pka yaralariga sabab bo`ladi. Goho o`pka 
yaralariga boshqa a`zolarda bo`lgani kabi o`pka tanasida o`z-o`zidan voqe bo`lgan 
chirish va yeyilish ham sabab bo`ladi. Quruq va shimolnikiga o`xshaydigan yozdan 
keyin janubniki kabi yomg’irli kuz kelsa, sil kasalligi ko`payadi.
Ko`krak yaralarini va silni davolash 
Yara o`pka nayida bo`lsa, dori unga tez boradi. Kasal orqasi bilan yotishi, 
dorini og’ziga olib turib, so`lagini oz-oz yutishi, ya`ni bir yo`la ko`p yutmasligi 
kerak, chunki ko`plab yutish yo`talni qo`zg’atadi. Dorili so`lak yo`talni 
qo`zg’atmasdan halqumga borib yetsin uchun halqum mushagini bo`sh tutish kerak. 
U dorilar esa yopishtirish va quritish xususiyatiga ega bo`lgan dorilardan iboratdir. 
Ko`krak va o`pkada bo`ladigan va biz yuqorida aytib o`tgan yaralarni davolashga 
kelsak, buning uchun yuvib tozalovchi dorilarni buyurish zarur. Kasalga og’riq 
tomonini bosib yotish, yo`talib turish va qimirlash buyuriladi, yoki u bir oz tebratib 
turiladi. Ba`zan yaraga asal suvi yuborilgandan keyin, yiringni tortadigan qurol 
orqali yaradan yiring chiqariladi. Modda tozalanib undan hech narsa qolmaganligiga 
ishonilsa, u paytda et undirib bitiruvchi dorilar ishlatiladi. Tozalab ketkazadigan 
dorilar ichida bu kasallik uchun asaldan yaxshi dori yo`q. U tozalovchi bo`lish bilan 
birga tabiatga sevimli va yaralarga zarar qilmaydigan ovqat hamdir. 
O`pka yarasiga kelsak, u ikki xil tadbir bilan davolanadi; ularning biri 
haqiqiy davolash, ikkinchisi yaraga to`sqinlik qilib turish bilan davolashdir. Haqiqiy 
davolash, kasallik davolashni qabul qilarli darajada bo`lganidagina mumkin bo`ladi. 
Biz buni aytib o`tdik. Bu xil davolash yarani tozalash, uni quritish, undan 
moddalarni haydash, nazlalarni to`xtatish va et unishiga yordam berish bilan bo`ladi.


265 
Qisqasi, badanni tozalash, moddani boshdan quyi a`zolarga tortish va boshda 
chiqindilar ko`paymasligi uchun boshni kuchli qilish, boshdan o`pkaga quyiladigan 
moddani to`xtatish va uni boshqa tomonga tortish kerak. Tozalash tomirdan qon 
olish bilan ham turli chiqindilarni chiqarib tashlaydigan qo’tsoyo, ayniqsa muql va 
arab yelimi qo`shilgan qo’tsoyo kabi dorilar bilan bo`ladi. Ba`zan savdoli xiltlarni 
chiqaradigan devpechak va shunga o`xshash doriga ehtiyoj bo`ladi. Ba`zan 
chiqindilarni kamaytirish uchun qayta-qayta bo`shatishga to`g’ri keladi. Bo`shatish 
dori yordami bilan va tomirdan qon olish orqali qilinadi. Keyin dam beriladi, so`ngra 
yana bo`shattiriladi, ayniqsa kuchli badanlarda shunday qilinadi. 
Ko`knor sharbati, ayniqsa uning ko`knordan qilinganini va boshqasini 
iste`mol qilish nazlalar zararini qaytaradigan foydali tadbirlardandir. 
Havosi quruq joylarga ko`chish, bemor tabiatining shunday tadbirni qabul 
qilishiga yordam beradigan narsalardan sanaladi. Bemorni u yerda davolab, sut
ichirib turish lozim. 
O`pka bo`laklari bir-birining ustiga tekis tushib turishi va yara bo`laklari 
doimo birikkan va tabiiy holatda tursin uchun kasalni ko`proq vaqt bo`ynini 
yuqoriga va oldinga cho`zdirib, tikka vaziyatda qo`yish kerak. Balg’am tashlashga 
to`sqinlik qiladigan narsalar orqali yo`talni va tuflashni hadeb to`xtayvermaslik 
lozim, chunki bunda bemor o`zini yengil deb his qilsa ham, zo`r xavf bor. O`pka 
yarasiga to`sqinlik qilishga kelsak, uning, yeyilmasligi va kengaymasligi uchun 
qotirish va quritish tadbirini ishlatish zarur. Lekin, u bilan yaraning et olib bitishi 
umid qilinmasa ham kasalning umrini bir oz uzaytirishi mumkin. Lekin bemorning 
shu muddatdagi hayoti yaxshi o`tmaydi va u tadbirdagi eng kichik xato sababli
qiynaladi. Shu qurituvchi dorilar, o`pkani burishtirib, quritib, yarasini bitkazmasa 
ham biriktiradi va toraytiradi. Shu tadbirni qo`llagan tabib bemorga sut iste`mol 
qildirishi kerak emas. Asal sil yarasiga ishlatiladigan dorilarning biriktiruvchisi 
bo`lib yaralarga zarar qilmaydi. Yaralarni tozalash yuqorida aytilgan tozalovchi 


266 
dorilar bilan va karobodinda sil uchun tayin qilingan zufo qaynatmasi bilan amalga 
oshiriladi. Ulardan kuchlirog’i karobodinda ko`rsatilgan yovvoyi yasmiq va 
chigitdan tayyorlanib yalanadigan doridir; undan ham kuchlirog’i oq piyozni ot suti 
bilan qo`shib tayyorlab yalanadigan doridir. Ba`zan o`sha dorilarga ilashtirib 
yopishtiradigan narsalarni qo`shish kerak bo`ladi. Ba`zan yo`talni to`xtatish va 
dorining qo`nib ta`sir qilishi uchun uvushtiruvchi dorilar qo`shiladi; Shu paytda 
kasalni oyoqqa turg’azadigan kuchli ovqatlardan buyurish kerak bo`ladi. Ularning 
odatdagisi yovvoyi yasmiqdan qilingan hamda shom gandanosi qo`shib no`xat, uni 
va xandarus o’simligidan tayyorlangan suyuq oshlardir, yana suvda qaynatilgan 
shom gandanosining o`zi, hamda tozalovchi va et undiruvchi dorilar solib 
qaynatilgan asal suvlari beriladi; yana kammuniy va asonosiyo kabi qurituvchi 
ma`jun dorilar va tarkibiga zig’ir qo`shilgan yalanadigan dorilar ishlatiladi. Ammo 
mitridat va taryoqni ma`lum vaqtlarda, ayniqsa kasallikning dastlabida bemor juda 
ozmagan va isitma juda so`litmagan vaqtda iste`mol qilinsa, foyda beradi. Muqrloyi 
ham shunday. Shuningdek, qo`yib bog’lanadigan hamma dorilar, kompresslar va
surtiladigan dorilar ham foyda beradi. Ko`krak va o`pka yaralari eskirgan bo`lsa, 
kasalga qatronning o`zi yoki unga asal qo`shib ertalabki va kechqurun kichkina bir 
qoshiq yalatish yoki oquvchi may`adan bir ozini asal bilan qo`shib yalatish foyda 
qiladi. Agar kasalda harorat yuqori bo`lib, tozalovchi issiqlik dorilarni ishlatish xavf 
tug’dirsa, sovuqliklari esa foyda qilmasa, tulki o`pkasi, arpabodiyon urug’i, 
chuchukmiyaning qaynatib quyultirilgan toza shirasi va sunbulsoch shirasi olib 
shakarning quyultirilgan suvi bilan qo`shib beriladi. Bu juda foyda beradi. Goho shu
kasallikda qurituvchi va tozalovchi tutatiladigan dorilarning turli xillari ham 
ishlatiladi; ularni tutatib voronka orqali burunga yuborish foydalidir. Ulardan biri 
zirnix va murchdan iborat bo`lib, uni tuxum oqi bilan qo`shib, qo`lak qilib 
ishlatiladi. Yana biri: shirin zaytunning yaprog’i, taka buyragining charvisi, zirnix 
bir xil miqdorda olinadi, yana tuxum po`chog’i va zirnixni taka buyragining yog’i 


267 
bilan, yoki zirnixni qo`y yog’i bilan qo`shib ishlatiladi. Yana: zirnix, aristoloxiya va 
kovul ildizining po`stlaridan barobar bo`laklarni olib asal va yog’ bilan qo`shib 
tutatiladi. Shuningdek, sanavbar cho`pi va qatron quyqasi ham ishlatiladi. Yana 
kunjut yog’i bilan qo`shilgan sariq zirnix tutatiladi. Kasalning mizoji ortiqcha isib 
ketgan paytda bir necha kungacha kofur kulchasi bilan davolanadi, undan keyin yana 
qurituvchi dori ishlatiladi. 
Bunday kasalning ovqatiga kelsak, unga o`rmon kakligining pishirilgan 
go`shti beriladi. Kasallikning boshida suv qo`shilmagan holisog’ sharobdan 
tiyilmaydi. U doimo rayhon hidlab turishi, doimo dam olishi va tinch yotishi kerak. 
G’azablantiradigan va asabiylashtiradigan ishlarga urinmasligi ham kerak; unga 
g’amgin qiladigan xabar bildirilmaydi.
Shu kasallikka uchragan kishi yil bo`yi har kuni istagancha shakarli 
gulhandni iste`mol qilib turadi, hatto anchagina miqdorda bo`lsa ham non bilan 
yeyishga buyuriladi, keyin u kishining ahvoli kuzatib boriladi: agar gulning quritishi 
sababli nafasi qissa, kerakli miqdorda zufo sharobi, isitmasi ko`tarilganda esa kofur 
kulchalari ichiriladi. Shunday davolash o`zgartirilmay borilsa, natijada kasal 
sog’ayadi. Goho gavdaning quruqligi va so`lishi sut yoki ayron iste`mol qilishga 
muhtoj qiladi. Bu narsalarda ovqatlik, badanni qo`llash, buzilgan xiltni mo`tadil 
qilish xususiyati bor; ulardagi pishloq bo`ladigan modda yarani yopishtiradi, sut 
o`zining suvi bilan yara zardobini va yiringini ketkazadi. Hatto qotirilishi maqsad 
bo`lmagan o`pka yaralarini ham ko`pincha u sog’aytiradi. Sutlarning eng 
yog’adigani xotinlarning ko`kragidan emiladigan sut, keyin ot suti, undan keyin 
echki suti turadi, ayniqsa echki suti burishtirish uchun muvofiq bo`ladi. Tuya suti 
ham tozalovchi va balg’am tashlashni osonlashtiruvchi narsalardandir, lekin, 
gumonimcha, bunda sutlardagidek oziqlik yo`q. Sigir va qo`y sutida esa g’alizlik 
bor. 


268 
Sog’iladigan hayvonni ta`sir va xususiyati zarur bo`lgan o`simliklar bilan 
bog’ish kerak. Yarani bitirish ta`siri zarur bo`lsa, hayvonga qizil tasma, jumro’t, 
"kambag’allar arqoni" va shunga o`xshashlar beriladi; tozalovchi va balg’am 
tashlatuvchi dorining ta`siri kerak bo`lsa, tog’ jambil kabi o`simliklar beriladi. Sut 
ichish bilan shug’ullanadigan kishi boshqa tadbirlarga ham rioya qilishi kerak, agar 
u biror narsada xato qilsa, sut ba`zan zararli bo`ladi. Tabobatni kamolga 
yetkazuvchilardan biri sut ichirish yo`lini bayon qildi. Bizning tuzatishimiz bilan 
uning aytganlari mana shu : tuqqaniga to`rt oy yoki besh oy bo`lgan ot saylab 
olinadi. Uni sog’ishdan avval xurmachani suv bilan yuvish kerak, agar xurmachaga 
ilgari sut sog’ilgan bo`lsa, uni issiq suv bilan yuvib ichiga yana issiq suv quyiladi va 
ichidagi narsalar suvga yorib chiqsin uchun qo`yib qo`yiladi. Keyin u yana issiq va 
sovuq suv bilan yuviladi. So`ngra xurmachani issiq suvga qo`yib, unga yarim 
sukurraja sut sog’iladi, kasallik bexavotir bo`lsa, birinchi kunda ichiladigai sut shu
miqdorda bo`ladi. Aks holda mo`ljalga qarab keragicha ichiriladi. Ikkinchi kuni 
shunga ikki qissa sutni o`shanday sog’ib ichiriladi, agar birinchi kunda ich to`xtalib 
qolsa, ikkinchi kuni ichiriladigan sutga bir oz shakar qo`shiladi. Uchinchi kuni esa 
birinchi kuni qilingani ichiladi. Uchinchi kuni ich yumshamasa, ayniqsa uchinchi 
kunning oxirigacha ham yumshamasa, ikki sukurraja sutni ikki dona hind tuzi va 
yarim dirhamdan bir yarim dirhamgacha kraxmal bilan qo`shib ichirish kerak. 
Doimo sutni har kuni yarim sukurraja dan orttirib boriladi. Oltinchi kunga borganda 
ham ich yumshamasa, uch sukurraja sutni olib unga shakar, tuz, bodom yog’i va 
kraxmal aralashtirasan. Ich uch martadan ortiq kelib tursa, bundan keyin sutga hech 
narsa qo`shma oz sutni kamaytir. Umuman, ich bir kecha kunduzda uch martadan 
ortiq va ikki martadan kam kelmasligi kerak. Agar bemor shu tadbir bilan 
foydalansa, sutni uch hafta ichir. Tabobatni kamolga yetkazuvchilardan birining 
aytishicha, ot yoki boshqa hayvonlarning sutini ichirishda ularni yog’och idishda 
saqlash yaxshiroq. Burishtirish va quritish bilan birga latiflashtirib tozalovchi o`tlar, 


269 
masalan, "yorma" boshqa o`tlar, yana darmana qaysum, julah va maymunjon bor 
joylarda o`tlaydigan hayvonning suti eng yaxshi sutdir. Echki sutining yangi 
sog’ilganiga bir oz suv aralashtirib ichirish eng to`g’ri tadbirdir. Yetilib suv qismi 
ketgunicha bir necha marta toshni qizdirib sutga tashlab olinsa, bu - olovda 
qaynatilganidan ko`ra yaxshiroq hazm bo`ladi. Tabiatni yumshatishni ham nazarda 
tutish kerak, lekin sutdan me`da buzilib, ich ketsa, sutga "er olati" qo`shish kerak 
yoki ko`p yo`talish paydo bo`lsa, sutga bir dirham vaznida katiro qo`shiladi. Me`da 
kuchsiz bo`lsa, sutga zira va qora zira qo`shiladi. Qaynatilgan sutni sil kasalligiga 
uchragan kishi singdira olsa, bu uning uchun yetarli ovqat bo`ladi. Sil kishi sut 
ichgandan keyin isitma chiqarsa, sutni to`xtatish kerak. Isitma o`rayganda va ich 
surganda ayronga ehtiyoj seziladi, bu juda foydali. Ayronning eng yaxshisi shu : 
qatiqning hamma yog’ini olgandan keyin, bir kecha havosi mo`tadil joyga qo`yiladi, 
keyin ertasiga bo`laklari bir-biriga yaxshi aralashgunicha qattiq chayqatiladi. Keyin 
oq toza bug’doy unidan qilib chaqich bilan chaqichlangan va forscha barozada deb 
ataladigan kulchalarni olib, uning o`n dirham vaznidagisiga ayrondan o`ttiz dirham 
vaznida quyib qatiq bilan beriladi. Ikkinchi kuni ayrondan o`n dirham ko`paytirib 
nondan bir dirham vaznida kamaytiriladi. Ayronning yolg’iz o`zi qolgunicha, 
shunday qilib boriladi. Keyin kasallik pasaysa va sog’ayish belgilari yuz berib, 
ayronga ehtiyoj qolmasa, aksincha tadbir qo`llab, ayron doimo kamaytirilib, kulcha 
ko`paytiriladi, nihoyat sut va ayron to`xtatiladi. Agar ba`zi kasallarda me`da buzilib, 
ich ketish paydo bo`lsa, ayronga qizdirilgan temirni bir necha marta tashlab 
olishning zarari yo`q.
Ovqatlarga kelsak, ularni oq non, umoch oshi va qo`noq oshi kabi 
yopishtiruvchi narsalar bilan ovqatlantirish kerak. Guruch ham tozalaydi va et 
undiradi. Yaxshi qaynatilgan arpa oshi yopishtiruvchi va tozalovchi bo`lib, u isitma 
qattiqlashgan paytda ham foyda beradi, ayniqsa uni qo`l- oyoqlari yulinib, kul va suv 
bilan qayta-qayta yuvilgan qisqichbaqalar, xususan sovuqlik sabzavotlar hamda 


270 
yasmiq bilan yeyish yaxshi. Yana kraxmal va bodring bilan tayyorlangan ovqatlar 
ham foyda qiladi. Qovun balg’am tashlashni osonlashtiradi. Isitma yengil bo`lsa, 
karam, morcho`ba va tozalovchi dorilardan ko`ra yaxshiroq davo yo`q. Ammo tuzli 
baliqni bir marta yoki ikki marta yeyilsa, tozalashga foyda qiladi, yara yomon sifatli 
bo`lsa, sho`r baliqdan va butun sho`r narsadan saqlanish kerak. Go`sht bilan 
ovqatlantirmoqchi bo`linsa, kaklik, tovuq, to`rg’ay va chumchuq go`shtlari kabi 
go`shtlarni berish kerak; ular yog’li bo`lmasligi kerak. Quritishi va et undirishi 
kuchliroq bo`lishi uchun o`sha go`shtlarni qovurib yedirish yaxshiroq. Pochalar ham 
yopishqoqligi sababli foydalidir, kabob qilingan baliq ham shunday. Kasal sho`rva 
ichishni istasa, uni asal bilan aralashtirib berish kerak. Kasalning jigarida 
tiqilmalar bo`lmasa, uni ovqatdan oldin yoki keyin hammomga tushirish mumkin. 
Hammom ularni semirtiradi va kuchli qiladi. Ular ichadigan suv yomg’ir suvi 
bo`lishi kerak. 
Sil kasalligiga uchragan kishilarda, biz yuqorida aytganimizdek, ko`pincha 
qon tuflash paydo bo`ladi. Bunga qarshi ishlatiladigan yaxshi kulchalarning biri 
quyidagi tarkibdagisidir: muhr loyidan uch dirham, kraxmal, arman loyi va qizil 
gulning har biridan to`rt dirham, qahrabo va mirta donidan olti dirhamdan, 
kuydirilgan qisqichbaqa va semizo`tning har biridan o`n dirham, marjon, katiro, 
taboshir va shodananing har biridan besh dirham, dudiy yelimi va taka soqoldan yetti 
dirhamdan olinadi. Shularni bog’ semizo`tining suvi yoki yangi guldan olingan suv 
bilan qorib kulcha tayyorlanadi va u tarrak suvi yoki yomg’ir suvi bilan ichiriladi.
Ko`pincha sil kasalligiga uchragan kishilarning tilchalari tushadi va shu sababli 
ularda xirillash va pishillash paydo bo`ladi, natijada ba`zan uni qirqishga ham to`g’ri 
keladi. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish