Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Tish milkining yaralari, yeyilishi va oqma yaralar



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   204
Bog'liq
dorivor

Tish milkining yaralari, yeyilishi va oqma yaralar 
Milk yaralarning ba'zisi moddasiz toza, ba'zisi sasishga boshlagan va ba'zisi 
o’yilishga tutingan bo’ladi. 
Davolash.
Milkdagi moddasiz yaralarni davolash og’iz yaralarini davolash kabi 
bo’ladi. Buzilishga boshlaganini esa archa bujuri va temirtikan kabi dorilar bilan 
davolash kerak. Foyda qilsa juda yaxshi, foyda qilmasa mozidan bir bo’lak, 
murrdan yarim bo’lak olib gul yog’i bilan qo’shib ishlatiladi. Yovvoyi piyoz 
sirkasi, eshak suti, zaytun bargining qaynatmasi bilan, gul, yasmiq, mozi va anor 
dumlarining qaynatmalari bilan og’iz chayish foydali tadbirlardan sanaladi. 
Uyilib ketgan milkka kelsak, agar u chuqur o’yilgan bo’lsa, kasallikka xos 
bo’lgan qalqandiyun bilan davolash kerak. 
Oqma yaralarni ham shu bilan davolanadi, keyin ularga burishtiruvchi dorilar 
sepiladi. Bularga qarshi sinalgan tadbirlardan biri mana bu: yulg’un daraxtining 
mevasi va nazla o’tining har biridan uch dirham, bir dirham koncho’p, ikki 
dirham sariq halila, ikki dirham quritilgan gul, yirik loviya, navshadil, kelindona 
va dengiz ko’pigining har biridan yarim dirham, anor guli va za'faronning har 


241 
biridan bir dirham va to’rtdan bir dirham kofur olib, sepiladigan dori 
tayyorlanadi. Shunga o’xshash, tarkibiga aristoloxiya, sariq zok, turli to’pollar va 
turli zirnixlar kiradigan sepiladigan dorilarni ham ishlatiladi. 
O’rtacha yaraga kelsak, nazla o’ti va gulsapsar ildizining har biridan bir bo’lak, 
anor guli, tatim, teshilmagan mozi va achchiqtoshning har biridan ikki dirham 
olib, ezib sepiladigan dori tayyorlanadi va o’yilish ham oqma yaraning o’rta 
xiliga qarshi ishlatiladi. Shunga o’xshash anor guli va temir to’poli bilan 
milkning o’yilgan joyini to’lg’izib qo’yib, keyin yovvoyi piyoz sirkasi yoki 
zaytun bargi qaynatilgan sirka bilan og’iz chayiladi. Uyilgan joyga filuniyo 
ishlatilsa ham yaxshi bo’ladi. Yana yalpiz murakkab dorisi va sasishga to’sqinlik 
qiluvchi .va sasiganni ketkazuvchi ma'junlar ham ishlatiladi, isiriq ma'juni 
o’shalardandir. Ular ta'sir qilmasa, qalqandiyunni ishlatishdan boshqa chora 
yo’q. Mana bu ham unga yaqin dorilardandir: achchiqtosh, ohak, mozi va ikki 
turli zirnixdan barobar bo’laklar olinadi va bu aralashmadan bir danaq maydalab 
yanchilgandan keyin tish milkiga yaxshilab ishqalanadi. Keyin biror soat to’xtab 
turib, og’izni gul yog’i bilan chayiladi. Ba'zan o’sha tarkibga arab akatsiyasining 
shirasini ham qo’shiladi. Bundan kulchalar qilib quritib, kerakli vaqtga tayyorlab 
qo’yilsa ham yaxshi bo’ladi. Ba'zan ikki turli zirnix, ohak va arab akatsiyasining 
shirasi bilan cheklanib, ulardan kulcha tayyorlaydilar. 
Goho yuqorida bayon qilingan dog’lash ham foyda qiladi. Bu tadbir tish milki 
yeyilganini tushirib yangi et undiradigan tadbirdandir. Keyin o’ziga uch barobar 
murr qo’shilgan mozidan tayyorlangan sepiladigan dori ishlatiladi. Bu dori et 
undiradi va tish milkini mahkam qiladi. Chahorrag tomiridan qon olish ham 
foyda qiladi.

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish