Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


O`pka kasalliklarida uchraydigan belgilar. Yo`tal



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   204
Bog'liq
dorivor

O`pka kasalliklarida uchraydigan belgilar. Yo`tal 
Yo`tal tabiatning biror a`zodan zararni haydashiga vosita bo`ladigan 
harakatlardan biridir. Aksirish miyaga nisbatan qanday bo`lsa, yo`tal ko`krakka 
nisbatan shundaydir. Yo`tal ko`krakning yoyilishi va yig’ilishi, hamda ko`krak-qorin 
to`sig’ining harakati bilan bo`ladi. Yo`tal o`pkaga xos sababdan yoki boshqa 
a`zolarning hamkorligi bilan vujudga keladi. Yo`talni keltirib chiqaruvchi sabab 
sirtqi, yoki bog’lovchi, yoki oldin keluvchi sabab bo`ladi. Yo`talning sirtdan 


251 
bo`ladigan sabablari ko`krak a`zolarining mizojini yoki shaklini buzadigan sirtqi 
sababning biri bo`ladi; masalan, o`pkaga yo ko`krak mushaklariga, yoki bulardan 
boshqalarga ichga tortilgan havodan yoki ichilgan sovuq suv va boshqa narsalardan 
sovuq tegadi; shunda tabiat zarar yetkazuvchini haydash uchun harakatga keladi. 
Yoki yo`talning sababi, o`sha a`zolarga kelgan sirtqi sabablarning boshqa biri bo`lib, 
u a`zolarni qizdiradi,yoki chang, tutun, yoki nordon, yo taxir, yoki o`tkir biror 
ovqatning mazasi kabi qurituvchi yo dag’al qiluvchi narsa sabab bo`ladi. Yoki 
yo`talga sabab havodan boshqani qabul qilmaydigan yo`lga tushgan yot narsa 
bo`ladi. Masalan, bexabarlik yoki so`z bilan ovoralik sababli, o`sha nafas yo`liga bir 
miqdor ovqat yoki ichimlik tushib qoladi va natijada yo`tal paydo bo`ladi. 
Yo`talni bog’lovchi sabablarga kelsak, ular gavdada bo`lib, mizojni 
moddasiz issiqqa, yo sovuqqa aylantiruvchi, yo ho`llovchi, yoki qurituvchi, yoki 
safro, yoki suyuq va quyuq balg’am, yoki savdo moddali sabablardan iboratdir. 
Lekin savdodan yo`tal paydo bo`lishi kam uchraydi. Agar modda yuqoriga quyilib, 
devorda narsa sirg’angandek o`pka nayi bo`ylab sirg’anayotgan bo`lsa, ko`pda yo`tal 
qo`zg’almaydi, agar o`pka nayi bo`shlig’iga quyilsa, yo`tal qo`zg’aladi. Modda
achishtirsa, o`pkada o`rnashib qolsa va tabiat uni haydamoqchi bo`lsa, yoki modda 
me`dadan, yo jigardan, yo ko`krak a`zolarining ba`zisidan ba`zisiga haydalayotgan 
bo`lsa, yoki ularning o`zida tug’ilsa ham yo`tal paydo bo`ladi. 
Yo`tal goho uzluksizlikning buzilishi sababli, ko`krak-qorin to`sig’i, o`pka 
yoki tomoqdagi, shuningdek o`pka, ko`krak-qorin to`sig’i, yurak va o`pka orasidagi 
pardadagi zararlar sababli, shu xil moddani qabul qiluvchi hamma joylardagi shish 
va tiqilmalar sababli ham yuz beradi. 
Ilgari bo`lib o`tgan sabablar esa, to`liqlik va gavdaga oid sabablarning
yuqorida aytilgan bog’lovchi sabablardan oldin kelishidir. 
Turli a`zolarning hamkorligi bilan bo`ladigan yo`tal jigar shishi, jigar yo 
qizilo`ngach, yo me`da, yo sut bezidagi ofat hamkorligi bilan bo`ladi; shuningdek 


252 
isitmaga, ayniqsa, kuydiruvchi isitmaga, yoki charchashdan bo`ladigan bir kunlik 
isitmaga, yoki vabo isitmasiga uchragan butun gavda hamkorligi bilan, yoki 
isitmasiz gavda hamkorligi bilan bo`ladi. 
Yo`talning ba`zisi quruq va ba`zisi ho`l bo`ladi. Qurug’ida hech narsa 
tuflanmaydi. Quruq yo`tal moddasiz issiq, yo sovuq, yoki quruq buzuq mizojdan 
bo`ladi, goho ko`krak atrofida issiq shishlar paydo bo`la boshlab, ular hali 
yetilayotganda bo`ladi. Goho qattiq shish borida juda quruq yo`tal paydo bo`ladi. 
Goho u jigar shishlari va boyloqlar atrofidagi shishlar sababli, ba`zi 
vaqtlarda taloq shishlari sababli paydo bo`ladi. Goho ko`krak bo`shlig’ini 
to`lg’izgan modda sababli yo`tal paydo bo`ladi, uni yo`talgina haydab chiqara
oladi. 
Ba`zan yo`tal bilan no`xat yoki do`ldek toshga o`xshash bir narsa 
to’shadi. Buning sababi quyuq xilt bo`lib, issiqlik uni toshga aylantirgan.
Shiddatli yo`tal ko`pincha qon tuflashga olib keladi. Yo`tal goho qishda 
va qishsimon bahorda ko`payadi. Ba`zan mo`tadil bahorda ham ko`payadi. Shimol 
tomonning shamoli esganda ham ko`payadi. Agar yoz shimolniki kabi va kam 
yomg’irli, kuz esa janubniki kabi va yomg’irli bo`lsa, qishda yo`tal ko`payadi. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish