322
Dorivor o‘simlik mahsulotlaridan tayyorlangan tabletka va
kukunlarni tahlil qilishda ularning ustki ko‘rinishini o‘rganish
va chinligini aniqlash yetarli.
Ustki ko‘rinishini tahlil qilganda tabletka va kukunlarni
shakli va og‘irligi, rangi, mazasi, hidi ko‘zdan kechiriladi va
aniqlanadi.
Chinligini
aniqlash uchun tabletkani ezib, maydalab, ku-
kun holiga keltiriladi va undan hamda kukunlardan mikro-
preparat tayyorlab, mikroskop ostida ko‘riladi. Ularga xos belgi-
larni
izlab topib, dorivor o‘simlik mahsulotlarining kukunini
„aniqlagich kalitdan foydalanilgan holda tabletka yoki kukunlar
qaysi o‘simlikdan tayyorlanganligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Chinligini aniqlash vaqtida tegishli biologik faol moddalar-
ga va boshqa birikmalar (moy, kraxmal) hamda to‘qimalarga
mikroreaksiyalar ham qilinadi. Bu esa mahsulot chinligini
aniqlashda yordam beradi.
HAYVONLARDAN OLINADIGAN
DORIVOR MAHSULOTLAR
XVIII BOB
Hayvonlar, hayvonlarning ayrim organlari va ulardan olin-
gan yoki tayyorlangan mahsulotlarni odamlar qadimdan shifo-
baxsh vosita sifatida qo‘llab kelganlar. Inson o‘z kasalligini da-
volash, qiynab turgan og‘riqni yoki yo‘talni
qoldirish, yoki
yaradan oqib turgan qonni to‘xtatish va boshqa shunga o‘xshash
hollarda o‘simlik mahsulotlari, mineral birikmalar bilan bir qa-
torda, hayvon mahsulotlaridan ham keng foydalangan bo‘lish-
lari kerak. Shuning uchun qaysi mahsulot — o‘simliklardan
olinganmi yoki hayvonlardanmi — qaysi biri birinchi bo‘lib
dorivor vosita sifatida ishlatilganini aytish qiyindir. Faqat shuni
qat’iy ta’kidlash mumkinki, har
ikkala guruh vositalar ham
eng qadimiy va juda keng miqyosda tabobatda qo‘llanilgan va
qo‘llanilmoqda.
Hozirgi vaqtda ham xalq tabobatida turli kasalliklarni davo-
lashda hayvon va ularning mahsulotlaridan juda keng foydalani-
ladi. Misol sifatida xalq tabobatida ishlatiladigan turli hayvon
(borsiq, yilqi, qo‘y, cho‘chqa, it, baliq, g‘oz va boshqalar) yo-
g‘i, ilon, qurbaqa, chuvalchang, zuluk, tiðratikan,
parranda-
lar va boshqa hayvonlarning mahsulotlari (sut, qimiz, qimron,
qatiq, asal, propolis, ichki organlar, siydik va boshqalar)ni
keltirish mumkin.
323
Ilmiy tibbiyotda ham shifokorlar hayvon organlaridan olina-
digan bir qancha dorivor preparatlar (gormon va ferment pre-
paratlari, organopreparatlar, qondan,
siydikdan olinadigan va
boshqa preparatlar) dan bizning vaqtimizda ham turli kasallik-
larni davolashda samarali foydalanmoqdalar.
Kelgusida hayvon mahsulotlaridan dorivor vosita sifatida
foydalanish yanada kengayishi kutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: