Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet169/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Kimyoviy tarkibi. 
Tik o‘suvchi bo‘rigulning ildizida 3% ga-
cha, yerustki qismida 2% gacha alkaloidlar bor. Alkaloidlar
yig‘indisidan 40 tagacha alkaloidlar ajratib olingan. Ularning
ko‘pchiligi yaxshi o‘rganilgan. Bu alkaloidlardan eng ahamiyat-
ligi vinkamin va vinkanindir.
Ishlatilishi. 
Vinkamin alkaloidining tartrat tuzi — vinka-
metrin preparati akusherlik-ginekologiya amaliyotida ishlatiladi.
Preparat ampulada eritma holida chiqariladi.


193
TARKIBIDA STEROID ALKALOIDLAR VA
GLIKOALKALOIDLAR BO‘LGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR
Steroid alkaloidlar asosida siklopentanfenantren skeleti bo‘-
lib, ular steroid saponinlar va alkaloidlar xossasiga egadirlar.
Steroid alkaloidlar steroid saponinlar kabi aktiv moddalar va
qon eritrotsitlarini eritish (gemoliz qilish) xususiyatiga ega.
Ayni vaqtda molekulalari tarkibida azot atomi bo‘lgani sababli
alkaloidlar xossasiga ham ega, Bu guruh birikmalar steroid
birikmalar (masalan, xolesterin) bilan suvda erimaydigan
molekular birikma hosil qiladi.
Steroid alkaloidlarda saponinlar molekulasida bo‘ladigan
qandlar uchraydi. Ularning gidrolizlanishi natijasida azot atomi
saqlovchi sapogeninlar — alkaloidlar va qand molekulalari sof
holda ajraladi.
QALAMPIR MEVASI — FRUCTUS CAPSICI
O‘simlikning nomi.
Bir yillik qalampir (garmdori) — Cap-
sisum annuum L., ituzumdoshlar — Solanaceae oilasiga kiradi.
Bir yillik, bo‘yi 30-60 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Poyasi
tik o‘suvchi, yashil rangli, tuksiz, qirrali bo‘lib, asos qismidan
boshlab shoxlangan. Bargi oddiy, elliðssimon yoki tuxumsi-
mon, tekis qirrali, o‘tkir uchli, tuksiz yoki tukli, ustki tomoni
to‘q yashil, pastki tomoni esa ochroq va tomiri bo‘rtib chiqqan
bo‘lib, bandi bilan poyada ketma-ket joylashgan. Gullari yirik,
to‘g‘ri, barg va shoxlarining qo‘ltig‘ida yakka-yakka yoki ikki-
tadan pastga osilgan holda joylashgan. Gulkosachasi qo‘ng‘iroq-
simon, 5 ta birlashgan kosachabargdan tashkil topgan. Gultojisi
oq rangli, g‘ildiraksimon, 5 ta birlashgan tojbargdan iborat.
Otaligi 5 ta, onalik tuguni ikki xonali, yuqorida joylashgan.
Mevasi — kam suvli, qalin po‘stli, ko‘p urug‘li, danaksiz ho‘l
meva. Iyun oyidan boshlab gullaydi, mevasi iyul-noyabrda
yetiladi.
Qalampirning bir qancha navlari bo‘lib, ular mevasining
tuzilishi, rangi va achchiqligiga qarab bir-biridan farq qiladi.
O‘stiriladigan navlarning mevasi yaltiroq, qizil, to‘q qizil, sa-
riq-qizil va sariq, mevasi esa achchiq, o‘rtacha achchiq va
chuchuk bo‘ladi.
Tibbiyotda faqat achchiq qalampir ishlatiladi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish