Farmatsevtika ishini tashkil



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/93
Sana13.06.2022
Hajmi3,61 Mb.
#662087
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93
Bog'liq
2021-02-226033a3ad25ffd6420 Toshmuxamedov E Farmatsevtika ishini tashkil qilish

Kimyoviy nazorat. 
Bunda dori vositalarining (sifatining tahlili) 
chinligi va miqdori tekshiriladi.
Dorixonada quyidagi dori vositalarining sifati tekshiriladi:
1) dorixonada qadoqlanadigan dori vositalarining har bir 
seriyalari;
2) yakka tartibda tayyorlanadigan dori vositalarining b a’zi 
birlari (0,1% farmatsevt analitik lavozimi boMsa, 0,3% farmatsevt 
analitik lavozimi boMmasa);
3) barcha konsentratlar, yarimfabrikatlaming har bir seriyalari;
4) shtanglaslardagi va byuretka qurilmalaridagi dori vositalari;
5) om borxonadan dorixonaga keltirilgan dori vositalarining 
ba’zilari;
6) tozalangan suv (xloridlar, sulfatlar, kalsiy tuzlarining yo'qligi).
D orixonada quyidagi dori vositalarining sifati va miqdori
tekshiriladi:
1) barcha in’eksiya uchun tayyorlanadigan dori vositalari 
(sterilizatsiyaga qadarva undan so‘ng);
2) tarkibida giyohvand va kuchli ta ’sir etuvchi m oddalar 
saqlagan ham da ko‘z kasalliklarida ishlatiladigan dori vositalari 
(tom chilar, surtm alar);
3) atropin sulfat, kumush nitrat, xlorid kislotasi eritm alari 
(ichish uchun);
4) barcha konsentrat va yarimfabrikatlar;
5) dorixonada tayyorlanadigan barcha dori vositalarining har 
bir seriyalari;
6) stabilizatorlar;
7) etil spirtining konsentratsiyasi.
D orixonada tayyorlangan dorilam ing sifatini nazorat qilib 
boMingach, ularning natijalari tegishli hujjatlarda qayd etiladi. 1 —
5-jadvalda qayd etish daftaridan nam unalar keltirilgan.
5.4. DORIXONADA TAYYORLANGAN DORI VOSITALARINI 
RASMIYLASHTIRISH
0 ‘zbekiston Respubiikasi SogMiqni saqlash vazirligining 2002- 
yil 15-apreldagi 177-son «D orixona muassasalari tom o n id an
89


tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalaming tashqi 
bezagiga doir qoidalarini tasdiqlash haqida»gi buyrug‘iga asosan 
tayyorlanadigan dori vositalarining yorliqlari bo'yicha m e’yorlar 
muvofiqlashtirilgan.
Dorixona muassasalari tom onidan tayyorlanadigan va idishga 
joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda tegishli yorliqlardan 
foydalanildi, ularni qo'llanilishiga qarab quyidagilarga b o ‘linadi 
ham da tegishli ajratish rangli hoshiyalar bilan farqlanadi.
a) «Sirtqi» — to ‘q sariq rangli;
b) «Ichish uchun» — yashil rangli;
d) «Ko‘z tomchisi» — pushti rangli;
e) «Ko‘z surtmasi» — pushti rangli;
0 «In’eksiya uchun» — ko‘k rangli.
Dorixona muassasalari tom onidan tayyorlanadigan va idishga 
joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliq- 
laming barchasida quyidagi shartli belgi va yozuvlar b o ‘lishi kerak:
a) emblema (ilon o ‘ralgan vaza);
b) dorixonaning nomi;
d) dorining nomi;
e) qo‘llanish usuli;
f) «Bolalardan ehtiyot qiling»;
g) «Salqin va yorug'lik tushm aydigan joyda saqlansin» — 
degan ogohlantiruvchi yozuvlar;
h) «Sirtqi» ishlatiladigan surtm a dorilar yorlig'ida «Surtma» 
degan, «Ichish uchun» ishlatiladigan kukun dorilar yorlig‘ida 
«Kukun dori» degan yozuv, «Ko‘z tomchisi» dorisi yorlig'ida 
tom chi va ko‘zning rasm i, «K o‘z surtmasi» dorisi yorlig‘ida 
ko'zning rasmi; «In’eksiya» uchun ishlatiladigan dorilar yorlig‘ida 
«Sterillangan» degan yozuv ham da ignali shpris rasmi b o ia d i.
Alohida saqlash sharoitini, ehtiyotlik bilan ishlatishni talab 
qilinadigan dori vositalariga asosiy yorliqdan tashqari, qo ‘shimcha 
ogohlantiruvchi yozuvlar yopishtiriladi.
Dorixonaga keladigan dori moddalari va boshqa tovarlami qabul 
qilishda kirish nazorati o'tkazilishi, y a’ni tovarlam i ko 'zd an
kechirish shart. Ushbu nazorat ulguiji firma (dorixona om bor)lari 
sharoitida ham o ‘tkaziladi.
90


Kirish nazorati sertifikatda ko‘rsatilgan preparatning tashqi 
ko'rinishi va ishlatish qoidasi hamda tahlil sertifikati bo‘ladi.
N azorat vaqtida quyidagilaiga e’tibor beriladi:
— Tovam ing tam g'alanishi, tovar nom i, dozalari, chiqarish 
shakli, ishlab chiqaruvchi korxona nomi, sifat sertifikatiga va tahlil 
sertifikatiga mosligi;
— tovam ing germetikligi va o'ram ining mustahkamligi;
— o'ram ustidagi ishlab chiqaruvchi seriyasining raqami va 
kuzatuvchi hujjatlardagi seriya raqamini sifat sertifikatidagi ham da 
tahlil sertifikati raqamiga to ‘g ‘ri kelishi.
Sifat sertifikati yoki tahlil sertifikatining farmatsevtik mahsulot 
sifatini tekshirish D avlat tizim iga kirm agan laboratoriyalar 
tom onidan rasmiylashtirilgan bo'lsa h am ularni qabul qilish man 
etiladi.
Agar dori preparatining sifati haqida shubha tug'ilsa, unda 
farmatsevtik inspeksiyaga tekshirishga yuborilishi lozim.
Kirish nazoratining natijalari maxsus tasdiqlangan daftarga 
kiritiladi.
5.5. DORIXONADA TAYYORLANADIGAN DORI VOSITALARINING 
SAQLANISH MUDDATLARI
SogMiqni saqlash vazirligi tom onidan 2000-yil 21-aprelda 
tasdiqlangan 195- sonli Dorixona sharoitida tayyorlanadigan dori 
vositalari sifatini yaxshilash to ‘g‘risidagi buyruqqa asosan dorixona 
sharoitida tayyorlanadigan dori shakllarining saqlash m uddatlari 
quyidagicha:
— tarkibida glukoza va benzilpenisillin saqlagan suvli eritmalar
— 1 kun;
— ko‘z tom chilari — 2 kun;
— in ’eksiya eritm alari — 2 kun;
— qaynatm a, dam lam alar, shilim shiqlar — 2 kun;
— emiilsiyalar, suspenziyalar — 3 kun;
— boshqa dori shakllari — 10 kun.
91


Buyruqda boshqa dori shakllari: ko‘z tom chilari tayyorlash 
uchun konsentratlar, m azlar, ichish uchun mikstura va turli 
eritmalar, ularni tayyorlash uchun konsentratlar, kukunlar, burun 
tomchilari va sirtga ishlatiladigan eritmalar va boshqa dori vositalar 
tayyorlash uchun yarimfabrikatlaming saqlanish muddatlari jadval 
tarzida keltirilgan. Dorixona sharoitida tayyorlanadigan ko'pgina dori 
vositalarining yaroqlilik m uddatlari, odatda, 60 kundan ko‘p 
bo‘lmagan m uddatlar belgilanadi.
Dorixonada tayyorlanadigan dori vositalarining sifat nazorati 
natijalari quyidagi daftarlarda rasmiylashtiriladi:
1. Organoleptik, fizik va kimyoviy sifat nazorat natijalarini 
qayd etish daftari. Bu daftarda nazorat qilingan sana, tartib nomeri, 
dori turining tarkibi, retsept nom eri, nazorat natijalari, dori 
tayyorlovchilar, tekshiruvchining imzolari bo‘lishi shart.
2. Dori vositalari haqiqiyligini nazorat qilish natijalarini qayd 
etish daftari. Bu daftarda nazorat qilingan sana, tartib nom eri
n o m i, tay y o rlo v ch i k o rx o n an in g seriya va analiz n o m eri, 
to ‘ldirilayotgan shtanglasning nom eri, aniqlanayotgan m odda, 
to ‘ldiruvchi va tekshiriluvchilaming imzolari bo'ladi.
3. Dorixonada qadoqlangan dorilami va sanoat korxonalarida 
tayyorlangan m ahsulotlam i organoleptik, fizik ham da kimyoviy 
sifat nazorat qilishni qayd etish daftari. Daftarda nazorat qilingan 
sana, tartib nom eri, qadoqlangan seriya nomeri, qadoqlangan 
dorining nomi, tayyorlagan zavodning seriya nomeri, qadoqlovchi- 
ning familiyasi, ismi, sharifi, nazorat natijalari, yakuni, tekshir­
uvchining imzosi b o ‘lishi shart.
4. Tozalangan suv sifatini nazorat qilish natijalarini qayd qilish 
daftari. D aftarda olingan sana, nazorat qilingan sana, tartib
n o m eri, ballo n yoki byuretka n o m eri, yot aralash m alarin i 
tekshirish natijalari (xlorid, sulfat, kalsiy, ammoniy, qaytaruvchi 
modda, uglerod angidridi), tekshiruvchining imzosi bo‘lishi shart.
5. Byuretka qurilmasidagi eritm alar haqiqiyligini tekshirish 
natijalarini qayd etish daftari. Bu daftarda sana, tartib nom eri, 
byuretkalardagi eritm alar nomi, tekshiruvchining imzosi b o ‘lishi 
shart.

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish