Farmasevtikada boshqaruv fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 1,63 Mb.
bet118/369
Sana10.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#772520
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   369
Bog'liq
ФБМАЖМУА 2020

Tibbiy xizmat – bu har qanday mutaxassislar taklif qilolmaydigan va o‘zlashtirolmaydigan chora-tadbirlar yoki foydadir.
Tibbiy xizmatni bozorga chiqarishda quyidagilar bo‘lishi lozim.
Tibbiy xizmatning boshqalarda uchramaydigan xususiyati.
Sifat kafolati.
Davolash-profilaktika muassasalarining mavqei.
Davolash-profilaktika muassasalarini ishlab chiqaradigan tibbiy xizmatining iste’molchilarga, bemorlarga yaqinligi.
Bajarishning oddiyligi, narxi, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va narxnomalarni ko‘rsatish hamda tushuntirish.
Tibbiy dasturlar marketingni tuzishda hisobga olinishi shart bo‘lgan xizmatning 4 tasnifi bor. Sezib bo‘lmasligi, manbaadan ajratib bo‘lmasligi, sifatning har doim bir xil turmasligi, oshkoraligi, ya’ni ni sir saqlash mumkin emas.
Dori vositalarini ishlab chiqaruvchi farmasevtika korxonalari, ulgurji va chakana dorixonalar mikro-muhiti
Farmasevtika firmaning mikro-muhiti tarkibiga ta’minotchilar, vositachilar, raqobatchilar, iste’molchilar, bemorlar va aloqalar o‘rnatuvchi auditoriyalar kiradi. Biroq farmasevtika marketingi farmasevtika faoliyatini uyushtirish jarayonida dori vositalarini ishlab chiqaruvchi farmasevtika korxonalari, ulgurji va chakana dorixonalar qaramog‘ida bo‘lgan qismlarning manfaati ham hisobga olinishi zarur. Shu jumladan, yuqori rahbariyat, moliyaviy xizmati, moddiy-texnika ta’minoti xizmati, ishlab chiqarish, buxgalteriya, ilmiy va konstruktorlik xizmati hamda dorixonada xizmat ko‘rsatish. Dori vositalarini ishlab chiqaruvchi farmasevtika korxonalari, ulgurji va chakana dorixonalarning umumiy maqsadi va vazifalari, strategiya va siyosati yuqori rahbariyat tomonidan aniqlanadi.
Dori vositalarini yetkazib beruvchi ta’minotchilar – bu kelishilgan shartnomalarga ko‘ra farmasevtika firmani xomashyosi, dori vositalari, materiallar, jihozlar va texnik vositalari, komplektlovchi mahsulot, oziq-ovqat mahsuloti va hokazolar bilan ta’minlab turuvchi dori vositalarini ishlab chiqaruvchi farmasevtika korxonalari, ulgurji dorixonalar. Ular uch turga bo‘linadi, ya’ni ni eksklyuziv, qonun-qoidaga rioya qiladigan va begona. Birinchilari – faqat mazkur farmasevtika firma bilan hamkorlik qiladilar, ikkinchilari – farmasevtika firmaga ham, uning raqiblariga ham xizmat ko‘rsatadilar, uchinchidan – faqat raqobatchilar bilan ishlaydilar. Tabiyki, eksklyuziv ta’minotchilarga yetarlicha katta hajmdagi farmasevtika faoliyati sohasiga ega bo‘lgan, bunday ta’minotchiga barqaror ishni ta’minlay olgan farmasevtika firma ega bo‘lishi kerak.
Vositachilar – dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnikani sotish va siljitishda farmasevtika firmalarga yordam beruvchi farmasevtika bozori sub’ektlari. Shu bilan bir qatorda ular farmasevtika firma haqida va o‘zlari haqida ma’lumot tarqatish bilan shug‘ullanadilar. Vositachilar, savdo, transport dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar, reklama, farmasevtika marketingi agentliklari, moliya tashkilotlari, aksiyadorlar, sotish bilan shug‘ullanuvchi farmasevtika firmalari va dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalari bo‘lishi mumkin.
Raqiblar mazkur farmasevtika firma faoliyat yuritayotgan farmasevtika bozorida huddi shunday, dori vositalarini ishlab chiqarib qatnashadigan dori vositalarini ishlab chiqaruvchi farmasevtika korxonalari, ulgurji va chakana dorixonalardan iborat. Kurash haqqoniy yoki g‘irrom raqobat shartlari asosida amalga oshiriladi. Birinchi holda tannarxning pasayishi, dori vositalarini sifatining oshishi, farmasevtika firmaning obro‘yi izzatini ko‘tarish, qo‘shimcha dorixonada xizmat ko‘rsatish, dori vositalarining ulgurji vositachilar sektorini kengaytirish va zamonaviy farmasevtika marketingining boshqa usullari qo‘llanadi, ikkinchisida – demping, korrupsiya, shantaj, xomashyodan, ish kuchidan, ta’minotchilardan mahrum qilish va xokazolar. Rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchiligida raqobatchilikni g‘irrom usullar bilan olib borish qonun tomonidan man etilgan.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish