316
antibiotiklar peshob bilan birga o‘zgarmagan holda
ajratilib
chiqariladi. Sefalotin har 4—6 soatda, sefaloridin 6—8
soatda
tavsiya etiladi.
Ushbu guruh
antibiotiklardan sefatoksin (klaforan) gram-
manfiy bakteriyalarning sefalosporinaza fermenti ta’siriga
turg‘undir. Uning ta’sir spektri ancha keng bo‘lib, yashil yiring
tayoqchasiga ham bakteriotsid ta’sir etadi.
Sefaleksin (seporeks) preparati enteral usulda qo‘llashga
mo‘ljallangan. Uning so‘rilish muddati qisqa bo‘lib, qonda
1—2 soatdan so‘ng yuqori miqdorda to‘planadi. 15 % qon
oqsillari bilan birikib, 6 soat davomida buyrak orqali chiqib
ketadi.
U tabletka, kapsula va suspenziya shaklida ishlab
chiqariladi.
Sefalosporinlarning nojo‘ya ta’sirlaridan bemorlarda allergik
reaksiya bo‘ladi, buyrak faoliyatining buzilishi (sefaloridin),
mahalliy ta’sir ko‘rsatishi (sefalotin), dispepsiya holatiga (sefa-
leksin) olib kelishi mumkin. Ba’zan sefalosporinlar ta’siriga
turg‘un bo‘lgan bakteriyalar oilasi hosil bo‘lishi (superin-
feksiya) mumkin.
Preparatlar.
A m p i t s i l l i n n i n g n a t r i y l i t u z i (
Ampicillinum
natrium). 0,25; 0,5 g dan flakonda kukun holida erituvchisi bilan
birga ishlab chiqariladi. 250—500 mg dan bir kecha-kunduzda
4—6 marta mushaklar orasiga yuboriladi.
A m p i t s i l l i n t r i g i d r a t (
Ampicillinum trihydras). 0,25 g
dan tabletka va kapsula holida ishlab chiqariladi. 0,5 g dan
bir kecha-kunduzda har 4—6 soatda mushaklar orasiga
yuboriladi.
B e n z i l p e n i t s i l l i n n i n g n a t r i y l i t u z i (
Benzylpe-
nicillinum-natrium). Benzilpenitsillin kislota tuzining mog‘or
zamburug‘i turlari ishlab chiqariladi. 250000 ÒB, 500000 ÒB,
1000000 ÒB dan flakonda ishlab chiqariladi. 250000—500000
ÒB dan teri ostiga yoki mushak orasiga yuboriladi.
Bir kecha-
kunduzlik dozasi 10000000—20000000 ÒB.
B e n z i l p e n i t s i l l i n n i n g n o v o k a i n l i t u z i (
Benzyl-
penicillinum novocainum). Monogidrat benzilpenitsillin kislota-
ning novokainli tuzi. 600000 ÒB dan flakonda ishlab chiqariladi.
300000—600000 ÒB dan mushaklar orasiga kuniga 2 marta
yuboriladi.
317
Bitsillin-1 (
Bicillinum-1). Benzilpenitsillinning N, N-
dibenziletilen diaminli tuzi. 300000—600000 ÒB dan flakonda
ishlab chiqariladi. 300000—600000 ÒB dan haftada bir marta
mushaklar orasiga yuboriladi.
Bitsillin-5 (
Bicillnum-5). Bitsillin-1
va benzilpenitsillin
novokainli tuzining 4:1 nisbatidagi aralashmasi. 1500000
ÒB dan flakonda ishlab chiqariladi (erituvchisi 5 ml dan
ampulada). Katta yoshdagilarga 1500000 ÒB dan 1 oyda 1 marta
mushaklar orasiga yuboriladi.
Oksatsillinning natriyli tuzi (
Oxacillinum natrium). Òab-
letka, kapsula holida va flakonda 0,25—0,5 g dan ishlab
chiqariladi. 0,25—0,5 g dan bir kecha-kunduzda 4—6 marta
ovqatdan 1 soat oldin va 2—3 soat keyin; inyeksiya uchun
bir kecha-kunduzda 2—4 g dan beriladi.
Amoksitsillin (
Amoxicillinum). Yarimsintetik
antibiotik
bo‘lib, keng spektrli bakteriotsid ta’sirga ega. Òabletka holida
0,25 va 0,5 g dan ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga 3
marta beriladi.
Eritromitsin (
Erytromicinum). 0,1—0,25 g dan tabletka
holida ishlab chiqariladi. 0,1—0,25 g dan har 4—6 soatda
ichiladi.
Oleandomitsin fosfat
(
Oleandomycini phosphas). 0,125 g
dan tabletkalar holida ishlab chiqariladi. Bir kecha-kunduzda
0,25 g dan 4—6 marta ichish uchun beriladi.
Sefatoksim (
Cephatoximum). Natriyli tuzi holida flakonda
0,25; 0,5; 1 va 2 g dan ishlab chiqariladi. Mushaklar orasiga
yuborish uchun 0,5 g kukuni 2 ml distillangan suvda eritiladi.
Venaga yuborish uchun 0,5 g kukuni 2 ml (yoki 1 g —
4 ml va 2 g—10 ml) distillangan suvda eritiladi.
Sefaleksin (
Cephalexinum). Kapsulalarda 0,25 g; tabletkalarda
0,5 g; kukun suspenziya uchun 2,5 g li flakonda ishlab
chiqariladi. Kapsula va tabletkalar bir kecha-kunduzda 1—2 g
dan ichiladi. Suspenziya tayyorlash uchun 80 ml distillangan
suvda kukuni eritilib maxsus qoshiqchada o‘lchanadi va ichiladi.
Kefzol (
Kefzolum). 0,25—0,5 g dan flakonda chiqariladi.
0,5—1,0 g dan venaga yoki mushaklar orasiga har 6—8 soatda
yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: