297
olish maqsadida ishlatiladigan dori preparatlarini kontratseptiv
vositalari deyiladi. Ularning bir necha turlari mavjud.
Uyg‘unlarshtirilgan dori vositalari. Bular estrogen va gesto-
genlardan tashkil topgan bo‘lib, turlicha nisbatda (1:10, 1:50)
bo‘ladi. Preparatlarning ta’siri natijasida giðofizdan follikula
stimullovchi va lyuteinlovchi gormonlarning ishlab
chiqarilishi
kamaygani uchun ovulatsiya susayadi,
tuxumdonning faoliyati
izdan chiqadi. Endometriyda proliferatsiya (bachadon ichki
shilliq pardasining qalinlashishi, yumshashi, qon to‘lishi) ro‘y
bermaydi. Shu sababli otalangan tuxum hujayraning
shilliq
pardaga yopishishi (implantatsiya) bo‘lmaydi. Qin shilim-
shig‘ining tarkibi o‘zgarishi natijasida spermatozoidlarning faol-
ligi pasayadi.
Estrogen-gestagen preparatlarning samarasi yuqori. Ular 28
kunlik hayz ko‘rishning 5-kunidan boshlab, 21 kun davomida
qabul qilinadi. Preparatlarni ichish to‘xtatilgach, ovulatsiya
bo‘lishi, ya’ni homilador bo‘lish
imkoniyati yana qayta
tiklanadi. Òiklanish muddati organizm xususiyatlariga va kontra-
tseptivlarning qabul qilish muddatiga bog‘liq.
Nojo‘ya ta’siri: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, sut bezlari-
ning dag‘allashishi, qusish, tana vaznining
ortishi va boshqalar
kuzatilishi mumkin.
Bu preparatlar tromboemboliyalarda, miyada qon aylanishi
buzilganda, jinsiy a’zolar o‘smalarida, qandli diabet, jigar
kasalliklarida tavsiya etilmaydi.
Davolash maqsadida estrogen-gestagen preparatlar men-
struatsiya sikli buzilganda, boshqa ginekologik kasalliklarda
qo‘llanilishi mumkin.
Monogormonal gestagen preparatlar — qin shilimshig‘i-
ning tarkibi va miqdorini o‘zgartirib, spermatozoidlarning hara-
katchanligini kamaytiradi. Endometriyda ham
tuxum hu-
jayraning yopishishiga qarshilik qiluvchi o‘zgarishlarni keltirib
chiqaradi.
Nojo‘ya ta’sirlari: menstruatsiya siklining buzilishi va
ajralmalar kelishi, bosh aylanishi va ko‘ngil aynishi. Umuman
olganda, gestagen kontratseptivlarning nojo‘ya ta’siri va samarasi
estrogen-gestagen preparatlarga qaraganda kam.
Kontratseptiv
preparatlar faqat shifokorlar tomonidan buyuriladi.
298
Preparatlar.
P r o g e s t e r o n . 1% va 2,5% li eritmalari 1 ml dan
ampulada ishlab chiqariladi. Òeri ostiga yoki mushaklar orasiga
1% yoki 2,5 % li eritma 1 ml dan 6—8 kun davomida
yuboriladi.
E t i n i l e s t r a d i o l . Òabletka shaklida 0,01—0,02 g dan
ishlab chiqariladi. Kuniga 2—3 marta til ostiga qo‘yiladi.
O k s i ð r o g e s t e r o n k a p r o n a t . 1,25% li moyli
eritmasi 0,5—2 ml dan mushak orasiga haftada bir marta
yuboriladi.
I n f e k u n d i n . Òarkibida gestogen va estrogen saqlaydi.
Òabletka holida ishlab chiqariladi. Sxema bo‘yicha buyuriladi.
B i s e k u r i n . Òarkibida gestagen etindion diasetat va estro-
gen-etilenestradiol saqlaydi. Ishlab chiqarilishi va buyurilishi
infekundinnikiga o‘xshash.
Do'stlaringiz bilan baham: