Farmakologiya va klinik farmatsiya



Download 2.96 Mb.
bet1/31
Sana18.03.2017
Hajmi2.96 Mb.
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI

FARMAKOLOGIYA VA KLINIK FARMATSIYA”



KAFEDRASI

FIZIOLOGIYA VA ODAM ANATOMIYASI ASOSLARI FANIDAN

MAJMUA

2016-2017-O‘QUV YILI

MUNDARIJA




1

O‘quv dasturi

1

2

Ishchi dastur

37

3

Ta’limning texnologik

73

4

Testlar

82

5

Nazorat uchun savollar

47

6

Umumiy savollar

90

7

Tarqatma materiallar

197

8

Glossariy

200

9

Referat mavzulari

201

10

Adabiyotlar ro‘yxati

202

11

Xorijiy manbalar

202

12

Tayanch so‘zlar

203

13

Annotatsiya

204

14

Mualliflar xakida ma’lumotlar

205

15

Foydali maslahatlar

206

16

Baholash mezoni

214

17

Sillabus

216

18

Prezentasiya

217

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI



OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI


Ro‘yhatga olindi

№__________________

20__ yil “_____”_____


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim

vazirining 20__ yil

“____” “______” “___”-

sonli buyrug‘i bilan

tasdiqlangan


FIZIOLOGIYA ANATOMIYA ASOSLARI BILAN
FANINING

o‘quv DASTURi

Bilim sohasi: 500000 – Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot

Ta’lim sohasi: 510000 – Sog‘liqni saqlash

Ta’lim yo‘nalishi: 5510500 – Farmatsiya (Klinik farmatsiya)

5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtik taxlil)

5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtika ishi)

5111000 – Kasb ta’limi (5510500 – Farmatsevtika ishi)

5510600 – Sanoat farmatsiyasi (dori vositalari)

5510600 – Sanoat farmatsiyasi (farmatsevtik biotexnologiya)

5510600 – Sanoat farmatsiyasi (kosmetsevtika)

5320500 – Biotexnologiya (farmatsevtik biotexnologiya)

5310901 - Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati

menejmenti (dori vositalari)

Toshkent-2016

Fanning o‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 20__yil “___”________dagi “____”-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan.


Fanning o‘quv dasturi Toshkent farmatsevtika institutida ishlab chiqildi.


Tuzuvchilar:

Mirtursunova S.Z – Farmakologiya va klinik

farmatsiya kafedrasining dotsenti,b.f.n

Saidov S.A. – Farmakologiya va klinik

farmatsiya kafedrasining mudiri, tibbiyot

fanlari doktori.

Bagdasarova E.S. - Farmakologiya va klinik

farmatsiya kafedrasining dotsenti,b.f.n

Rajapov A.J. - Farmakologiya va klinik

farmatsiya kafedrasining katta o‘qituvchisi



Taqrizchilar:

Utyamishev R.G – Gematologiya va qon quyish ilmiy

tekshirish institutining yetakchi ilmiy

xodimi, t.f.d.

Fayzieva Z.T. – Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedogogik

kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, t.f.d.

Fanning o‘quv dasturi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ilmiy-uslubiy Kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan.(201__ yil “ ___” _______dagi “__”-sonli bayonnoma).
Kirish
Inson organizmining tuzilish va funksiyasi boshqa barcha tirik mavjudotlarnikiga nisbatan nihoyatda murakkab va yuksak darajada takomillashgandir. Ma’lumki, inson organizmining rivojlanishida uning yashash

uchun kurashi, o‘ziga sharoit yaratishi, bir-biri bilan munosabat zarurati muhim ahamiyat kasb etgan. Binobarin, odam bir necha evalyusion rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan biologik va ijtimoiy o‘zgarishlar mahsulidir.

Odam organizmining barcha to‘qima va a’zolari bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. SHuningdek, ular tevarak-atrof muhiti bilan xam doimiy aloqadadir. Bu ikkala bog‘lanish asab va endokrin tizimlari orqali boshqariladi.

Fanining maqsad va vazifalari.

Fiziologiya, anatomiya asoslari bilan kursi bo‘yicha farmatsevtika institutining talabalari umumiy biologik qonuniyatlarini va tizimlarini anatomik va gistologik tuzilishi, sog‘lom organizmdagi fiziologik jarayonlarini mukammal o‘rganadi.

Farmatsevtika institutida odam fiziologiyasi va odam anatomiyasi asoslari fanini o‘qitishda anatomiya, gistologik va morfologik ma’lumotlarni a’zo va tizimlarning funksiyalari bilan bog‘liq, holda tushuncha berish maqsadga muvofiqdir. Bunday tushuntirish usuli fiziologik qonuniyatlarini chuqurroq o‘rganishda, ayniqsa a’zo funksiyalari uning tuzilishi bilan yaqqol bog‘liqligi morfologik ma’lumotlarni talabalar uchun qiziqarli qilib, ularning o‘zlashtirishini osonlashtiradi.

Ma’ruzalarda hozirgi zamon fiziologik yangiliklarini, ayniqsa boshqa fanlar (biofizika, bioximiya, molekulyar biologiya, sitologiya, genetika, elektronika, kibernetika va boshqalar) bilan bog‘lab o‘tish lozim.

Kirish qismida modda almashinuvi, asab tizimining tuzilishi va
xossalari, qo‘zg‘alish jarayonlari, reflekslar haqida, gumoral va asab
tizimi idorasi haqida umumiy ma’lumolar beriladi. Bu
ma’lumotlar shuning uchun ham zarurki, asab tizimining tushuntirishdan
oldin, avval o‘rgangan tizimlarni asab, gumoral idorasi haqida tushuncha
beradi. Ma’ruzalar nafaqat fiziologiya fanini tibbiyotda va farmatsiya yo‘nalishida o‘ziga xos ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatib beradi. Tarixiy ma’lumotlarni, tirik mavjudotni asosiy xossalari va hayotdagi moxiyatini umumiyligiga qaratib ma’ruzalarda bayon kilishi kerak. Odam fiziologiyasi va morfologiyasini biologiya asoslari bilan birgalikda shunday bayon etilishi talabalarda hayotiy faoliyatlar yaxlitligi haqida tasavvurni yana ham kengaytirishda yordam beradi.

Ma’ruzalar yangi pedagogik texnologiya usullarini qo‘llagan holda ko‘rgazma materiallar bilan rasmlar, chizmalar, mul’timedialar, slaydlar va o‘quv filmlari bilan ta’minlanadi. Odam fiziologiyasi va anatomiya asoslari fanini o‘zlashtirishda laboratoriya mashg‘ulotlari yangi pedagogik texnologiya usullaridan “Aqliy xujum”, “Blits o‘yini”, “CHarxpalak”, “Bumerang” va videofil’mlarni qo‘llagan holda o‘tkaziladi.




Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga

qo‘yiladigan talablar
Fiziologiya va anatomiya hamda umumiy biologiya asoslari fanidan talabalar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak

  1. Xayvonlar organizmiga in’eksiya qila bilish;

  2. Puls yordamida yurak faoliyatiga baho berish;

  3. Qon bosimini o‘lchash (Korotkov va Riva-Rochchi usulida);

  4. Eritrotsit va leykotsitlar to‘g‘risida aniq tushuncha va bilimga ega bo‘lish va ularni sanay olish.

5. Nevroz va stresslar to‘g‘risida aniq ma’lumot olish;

  1. Ko‘ruv o‘tkirligi va ko‘ruv maydoni haqida aniq ilmga ega bo‘lish va amaliyotda qo‘llay olish;

  2. Gormonal preparatlar haqida aniq va mukammal ilmga ega bo‘lgan xolda amalda tatbiq eta bilish;

  3. Inson gigienasi, ovqat ratsioni, oqsil, gusht, uglevodlar nisbati. Sifatli va sifatsiz oqsillar va ularning organizmdagi ahamiyatini bilish va hayotda bilimlarini ishlata olish.

  4. Gastrit va hazm a’zolari kasalliklari hamda ularni oldini olish haqida to‘la va aniq ilmga ega bo‘lish



Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jixatdan uzviy ketma – ketligi

  1. Umumbiologik bog‘lanish botanika fani bilan o‘simliklardan dori olish etishtirish va boshqa - zoologiya, genetika, molekulyar biologiya fani yutuqlari va ularni bilimga tadbiq qilish.

  2. Patologiya va patanatomiya fanlari bilan bog‘lash. Masalan: YUrak me’yordagi faoliyatini o‘rgatish.

  3. Bioximiya – fanida aminokislotlar, oqsillar me’da shirasi tarkibi va boshqa mavzular bilan bog‘lash. Noorganik va organik kislotalar farqi umumiyligini bilish.

  1. Lotin tili, rus tili va chet tillar bilan bog‘lash.

  1. Mikrobiologiya, biofizika va boshqa fanlar bilan mavzularni bog‘lash va farmatsiya yo‘nalishidagi umumiylikni qayd qilish.

  2. Ma’naviyat va ma’rifat sohasida hamda patriotizm, vatanni sevish, xalq mulkiga ehtiyot bo‘lish tarix, politekonomiya, hukuqshunoslik va boshqa shu yo‘nalishdagi fanlar bilan bog‘lanish.


Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Oliy tibbiy bilimgohlarda o‘qitiladigan fanlar ichida fiziologiya bilan anatomiya asoslari fani ma’lum ahamiyatga ega. U organizmning tuzilishini, unda kechadigan hayotiy jarayonlarni idora etish mexanizmlarini o‘rganadi. Fiziologiya, anatomiya asoslari fani tibbiyotning barcha sohalarida tajribaga asoslangan ma’lumotlardan keng foydalanadi. Fiziologiya sohasida to‘plangan bilimlar turli tibbiyot sohasidagi mutaxasislar uchun, shu jumladan farmatsevtika instituti talabalari uchun ham nihoyatda zarurdir. Chunki organizmning tuzilishi, unda kechadigan fiziologik jarayonlarni bilish, kasal organizmda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni hamda dori moddalarini ta’sir etish mexanizmini tushunishga katta yordam beradi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik

texnologiyalar.

Fiziologiya anatomiya asoslari bilan fanini o‘rganishda hozirgi zamonda keng qo‘llanilayotgan komp’yuterdan foydalaniladi. Fanning barcha bo‘limlari bo‘yicha test savollari tuzilib, kompyuterga kiritilgan va komp’yuter orqali talabalarning olgan nazariy bilim darajalari muntazam tekshirib boriladi. Bundan tashqari fiziologiya fani


bo‘yicha etuk dotsent va professor o‘qituvchilar tomonidan o‘qitiladigan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlarining barcha mavzulari bo‘yicha audio va video fil’mlar yaratilgan.

Ma’ruza vaqtida kinofil’mlar, diafil’mlar, mulyajlar, makro va mikropreparatlar, videofil’mlardan foydalanib, zamonaviy pedagogik texnologiya usullari keng qo‘llanilayapti. Masalan:



  1. “Hujayra tuzilishi va faoliyati”, “To‘qimalar”, “Qon”, “Gemostaz mexanizmlari”, “Nafas tizimi”, mavzularida “Bumerang”, “CHarxpalak”, “Blits o‘yini” usullari qo‘llaniladi.

  2. “Ovqat hazm qilish”, “Mushaklar fiziologiyasi”, “Moddalar va energiya almashinuvi” mavzularida “Aqliy xujum”, “Klaster”, “CHarxpalak” pedagogik texnologiya usullari qo‘llaniladi.

  3. “Ajratish tizimi”, “Ichki sekretsiya bezlari”, “Markaziy asab tizimi”, “Vegetativ asab tizimi” mavzularida “Bumerang”, “Aqliy hujum”, “Vertushka”, kabi pedagogik texnologiya usullari qo‘llaniladi.

  4. Ma’ruzalarda “Aqliy xujum”, “Klaster” usullari qo‘llanilib kelinmoqda.

Asosiy qism

Fanga kirish

Fiziologiya anatomiya fani o‘rganish usulari va vazifalari, tibbiyot va farmatsevtikadagi ahamiyati
Fiziologiya va anatomiya fanlari fundamental fan bo‘lib, oliy tibbiy ta’limotda tutgan o‘rniga ko‘ra asosiy fanlardan hisoblanadi.

Fiziologiya va anatomiya fanlarining ahamiyati sog‘liqni saqlashda profilaktik yo‘nalishni rivojlanishida, kasallikning kelib chiqishi va davolash choralarini izlashga qaratilgan. Tibbiy biologik eksperimentlar o‘tkazish va ularning natijalarini tahlil etishda umumiy prinsiplarni anglash. Modellashtirish, uning turlari, imkoniyatlari chegaralanganligi to‘g‘risida.


Hujayra tuzilishi va fiziologiyasi. Organizmdagi to‘qimalar tuzilishi va vazifalari.
Hujayra nazariyasi. Evolyusion taqqoslash usuli to‘g‘risida. Elektron mikroskop darajasida hujayra tuzilishi. Tirik organizm hujayrasining shakli va katta kichikpigi. YAdro, sitoplazma, organoidlar, kiritmalar. Nuklein kislotalarni oksil sintezi va irsiy axborotdagi roli. Sitoplazma, hujayra qobig‘i, ularning funksiyasi, membrananing ultra strukturasi. Maxsus organoidlar, ahamiyati. Kiritmalar, ularning ahamiyati.

Organizm to‘qimalarining tuzilishi va asosiy funksiyalari. To‘qima to‘g‘risida tushuncha. Hujayra elementlari va oraliq moddalar. To‘qima turlari. Epitelial to‘qima. Epitelial to‘qimani umumiy tuzilishi va funksiyalari. Biriktiruvchi to‘qima, uning kpassifikatsiyasi. Biriktiruvchi to‘qimani tayanch- trofik va himoya funksiyalari. YUmshoq va zich shakllanmagan, shakllangan va retikulyar biriktiruvchi to‘qimaning tuzilishi. Endoteliy. Tog‘ayning tuzilishi va turlari. Suyak to‘qimasining tuzilishi va funksiyasi.

Embriologiya elementlari va organizm ko‘payishi to‘g‘risida talabalarga to‘liq ma’lumot beriladi.

Ko‘payish va evolyusiya haqida umumiy tushuncha va uning shakllari. Ayol ichki jinsiy a’zolarining anatomiyasi va joylanishi. Tuxumdon bachadon va qinning anatomik tuzilishi. Ayol jinsiy organlarining fiziologiyasi. Follikulalar rivojlanish jarayonida tuxum hujayralarining hosil bo‘lishi va o‘zgarishi. Ayollar jinsiy sikli. Ovulyasiyadan oldingi va keyingi davrlar. Hayz ko‘rish. Tuxum hujayralarini urug‘langandan so‘ng organizmdagi o‘zgarishlar. Sariq tanachalarining rivojlanishi va uning roli. Homiladorlik. Yuldoshning hosil bo‘lishi va roli. Tuxumdonning gormonal funksiyasi. Estrogen (estrogen, estreol, estradiol)ni birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarining rivojlanishida va ayollar jinsiy gormonlari xaqida tushuncha.


To‘qima xaqida tushuncha, hujayraviy elementlari va oraliq modda. To‘qima turlari. Epiteliy to‘qimaning umumiy tuzilishi va faoliyati. Bezlar, tuzilishi, tasnifi va bezlar faoliyati.

Qo‘shuvchi to‘qima, ularning tasnifi. Biriktiruvchi to‘qimaning tayanch, trofik va himoya faoliyati.

SHakllanmagan, zich bo‘lmagan, zich (shakllangan va shakllanmagan) va retikulyar qo‘shuvchi to‘qima. Boylamalar, paylar, ularning ahamiyati. Endoteliy. Tog‘ay va uning turlari. Suyak tuzilishi va uning funksiyasi.

Mushak to‘qimalari. Ularning funksiyalari. Silliq va ko‘ndalang targ‘il mushaklarning tuzilishi va xossasi.

Nerv to‘qimasi va uning funksiyasi. Neyron tuzilishi. Mielinli va mielinsiz nerv tolalari. Ularning tuzilishi va xossalari.
Tayanch xarakat apparati. Sklet va muskul tuzilishi va vazifalari.
Harakat barcha tirik mavjudotlar, jumladan odamning hayotida ham muhum ahamiyatga ega. Hayvonlarni o‘simliklardan ajratib turadigan asosiy belgi fazoda faol harakatlanishdir. Harakat hayvonni atrofdagi tashqi muhitga moslashtiruvchi asosiy reaksiyalardan bo‘lib, harakat apparati ishtirokida yuzaga chiqadi.

Odamning skeleti 200 dan ortiq skeletdan tashkil topgan, shulardan 95 tasi juft suyaklar, qolgani toq. Skelet og‘irligi 5 – 6 kg ga keladi va erkaklarda umumiy

gavda og‘irligining 10%, ayollarda esa 8,5% tashkil etadi.

Mushaklar (musculi) odam harakat apparatining aktiv qismidir. Suyaklar, boylamlar, fastsiyalar uning passiv qismini tashkil qiladi.

Gavdamizning skelet mushaklarining hammasi: bosh, tana va qo‘l – oyoqlarning mushaklari ko‘ndalang, targ‘il mushak to‘qimasidan tashkil topgan. Ko‘ndalang targ‘il mushaklarning qisqarishi bizning ihtiyorimizga, bizning ongimizga bog‘liq, shu munosabat bilan bunday mushaklar ihtiyoriy muskulatura deb ataladi.
Qon va limfa. Qonning shaklli elimentlari va plazma tarkibi.
Qon va limfa organizmning ichki muhiti. Qon va limfaning fiziologik ahamiyati. Qon sistemasi xaqida tushuncha. Organizmdagi qonning mikdori. Qon tarkibi. Qonning shaklli elementlari. Eritrotsitlar, ularning tuzilishi, miqdori va funksiyasi. Gemoglabin, uning tarkibi, gaz almashinuvidagi roli. Gemoliz. Eritrotsitlar cho‘kish reaksiyalari, (SOE) uni aniqlash. Leykotsitlar va organizmda ularning roli. Fagotsitoz. Leykotsitlar midori va turlari. Leykotsit formula. Leykotsitoz va leykopeniya. Trombotsitov va ularning roli. Don plazmasi va ularning tarkibi. Qonning fizik va kimyoviy xossasi. Solishtirma og‘irligi, yopishqoqligi. Osmotik bosimi. Plazmaning kimyoviy tarkibi.

Organik va anorganik moddalar.Fiziologik eritmalar.Izotonik, gipertonik va gipotonik eritmalar.Qon o‘rnini almashtiradigan eritmalarQonning ivishi.Qon ivishining ahamiyati.Qon ivishiga qarshi sistema.Qon quyish, tibbiyotda uning axamiyati. Kon gruppalari.ularni aniklash.Rezus faktor.Qon yaratilishi va qon taksimlanishi jarayonlarini nerv- gumoral idora etilishi.

Limfa tarkibi va ahamiyati. Limfa hosil bo‘lishi.Limfa sirkulyasiyasi. Limfa tugunlarining roli. Limfa va qon orasidagi moddalar apmashinuvi. Gemostaz mexanizmi.
Gemostaz mexanizmlari. Qon guruhlari, Rezus-faktor. Limfa.
Odamlarning qon plazmasida ikkita har xil agglyutinin bo‘lish mumkinligi aniqlandi. Bular yunon alifbosi harflari a va v bilan belgilanadi. Eritrotsitlarda agglyutinogenlar ham ikki xil bo‘ladi, ular lotin alifbesi harflari A va V bilan belgilanadi. Agglyutinin a bilan agglyutinogen A bir – biriga duch kelib qolsa, yoki agglyutinin v bilan agglyutinogen V bir – biriga duch kelib qolsa eritrotsitlar agglyutinatsiyaga uchraydi.

Ko‘pchilik odamlarning eritrotsitlarida yana bitta modda, ya’ni birinchi marta 1940 yili Landshteyner va Viner tomonidan makaka maymunlar (macacus resus) qonida topilgan va shu sababdan rezus – faktor (Rh) deb ataladigan omil bo‘ladi.


Qon aylanishi. YUrak fiziologiyasi va tuzilishi. Qon tomirlar tuzilishi va fiziologiyasi.
Organizmda qon aylanishining roli. Qon aylanishi xaqidagi tushunchaning tarixiy rivojlanishi. YUrak-qon tomir sistemasining umumiy tuzilishi. YUrakning tuzilishi. YUrak topografiyasi. YUrak klapanlarining tuzilishi. YUrak devorlarining gistologik tuzilishi. Perikard,miokard, endokard.YUrak tomirlari.

YUrak faoliyati. Sistola, diastola. YUrak tonlari.ularning kelib chiqishi. YUrakning sistolik va minutlik hajmi. YUrak faoliyatini xozirgi zamonda tekshirish usuli.

YUrakda ko‘zg‘alishning sodir bo‘lishi va o‘tkazilishi. YUrakning.. o‘tkazuvchi sistemasining atipik muskuli va yurakdagi tugunlari. Gis tutami. YUrak avtomatiyasi. Ajratib olingan yurakning ishi. Stannius boylamlari. Skelet muskullari bilan solishtirganda yurak muskullarining qo‘zg‘alishining o‘ziga xosligi. Absolyut va nisbiy refraktor fazalar. YUrakda qo‘zg‘alishning o‘tishi. Bradikardiya, taxikardiya, ekstrasistoliya, kompensator pauza va uning kelib chiqishi. Hilpirash aritmiyasi. "BOR YOKI YO‘Q QONUNI" va uning nisbiyligi. "YUrak qonuni". YUrakdagi elektrik qonunlar, elektrokardiogrammani shakllanish mexanizmi. Elektrokardiogrammani yozib olish.

Nafas. Nafas fiziologiyasi. Sog‘lom turmush tarzida nafasning ahamiyati.
Nafas jarayonmning mohiyati va organizm uchun ahamiyati.Nafas organlari xakida umumiy tasavvur.

Burun bo‘shlig‘ining tuzilishi.Qo‘shimcha havo tashuvchi bo‘shliq. Burun bo‘shlig‘i shilliq pardasining tuzilishi. Burun'ning himoya moslanish funksiyasi. Hiqildok, traxeya.bronxlar va bronxiolalarning anatomik va gistologik tuzilishi.Tovush apparatlari va tovush chiqarish mexanizmlari.

O‘pka. SHakli, bo‘laklari, yuzasi, qirralari, o‘pkaning joylashishi va chegaralari. Plevra.plevral bo‘shliq.Plevra bo‘shlig‘idagi bosim. Pnevmotoraks.

Nafas fiziologiyasi. Nafas jarayonlari xaqida umumiy tushuncha.Tashqi muhit va o‘pka orasidagi gazlar almashinuvi.alveolyar havo va qon o‘rtasidagi gaz almashinuvi. Tashqi nafas. Nafas olish va chiqarish mexanizmi. O‘pka ventilyasiyasi. O‘pkaning havo hajmi. Tashqi muhit va alveolalar orasidagi gaz almashinuvi. Nafas olingan va chiqarilgan havoning tarkibi.


Hazmlanish. Hazm a’zolari tuzilishi va vazifasi. Og‘iz bo‘shlig‘i va me’dada hazmlanish jarayoni.

Hazm jarayoining mohiyati va organizm uchun uning ahamiyati. Hazm yullarining umumiy chizmasi. Fermentlar va ularning xossalari. Hazm qilish a’zolar fiziologiyasini o‘rganishda I.I.Pavlovning ishlari. Hazm qilishni o‘rganish usullari. Hazm yo‘li devorlarining tuzilishi: shillik, mushak va seroz qobig‘ini hazm yo‘lining turli qismlardagi o‘ziga xos tuzilishga ega ekanligi.

Og‘iz bo‘shlig‘ining tuzilishi. Og‘iz bo‘shlig‘ining devorlari til, tish, so‘lak bezlari. ularning gistologik tuzilishi. Me’daning anatomik va topografik tuzilishi. Me’da bezlarining tuzilishi va ularning funksional bog‘lanishi.

Og‘iz bo‘shlig‘ida hazm. Chaynash akti. So‘lak tarkibi va hazmga ta’siri. So‘lak fermentlari. So‘lak bezining sekretor nervlari. So‘lak sekretsiyasiga gumoral ta’sir. So‘lak bezlarining ovqat tarkibiga, sifati va mikdoriga moslanishi. So‘lak ajralishining shartli va shartsiz reflekslari. Yutish akti.



Hazmlanish. Ingichka va yo‘g‘on ichak tuzilishi va vazifalari. Jigar, me’da osti bezi.
Me’dada ovqat hazmi. Odam va hayvonlarda me’da sekretsiyasini o‘rganish usullari. Me’da fistulasi (V.A.Basov) Gandengayn va I.P.Pavlov usuli bo‘yicha "ajratib olingan oshqozoncha" usuli bo‘yicha: me’da shirasining tarkibi va xossalarini o‘rganish. Me’da shirasining fermentlari. Me’da sekretsiyasining fazalari. Murakkab reflektor faza.Me’da shirasining ajralishining mexanik va gumoral-kimyoviy fazasi.Me’daning motor funksiyasi. Qusish. Ovqat moddalarini me’dadan 12 barmoqli ichakka o‘tishi. Pilorik va pilorik oldi sfinkgerlari.ularning mexanizmi va faoliyati.
Modda va energiya almashinuvi. Oziqlanish. Termoregulyasiya.
Organizm hayotida modda almashinuvining ahamiyati. Modda va energiya kirish va sarflash balansi. Organik moddalarning sintezi va parchalanish. Oqsil, yog‘ va uglevodlarning plastik va energetik ahamiyati.

Oqsil almashinuvi. Aminokislotalar,ularning tarkibiy qismi elementlari. Oqsillar biologik boylik. Munosib va nomunosib oqsillar.

Organizmda azot balansi. Musbat va manfiy azot balansi. Organizm xujayralarida oksil va aminokislotalarning parchalanishi. Oqsil parchalanishining oxirgi maxsulotlari. Jigarning mochevina hosil qilish funksiyasi. Mochevina sintezi. Siydik kislotasining hosil bo‘lishi. Oqsil apmashinuvini idora etilishi.
Uglevod almashinuvi. Organizmda uglevodlarning roli. Ozuqa glyukozuriyasi. Jigarning glikogen hosil qilish funksiyasi. Organizm hujayralarida uglevodning parchalanishi. Anaerob va aerob glikoliz. Parchalanishning oxirgi mahsulotlari. Uglevod almashinuvining nerv va gumoral idora etilishi.

Suv va mineral tuzlar almashinuvi. Organizmda suv balansi va osmotik bosim. Organizm uchun kerakli bo‘lgan tuzlar va ularning ahamiyati. Kalsiy, fosfor,natriy,kaliy, xlor, temir.yod va boshqa elementlarning almashinuvi. Ularning organizm uchun iste’moli va ahamiyati. Suv va tuz almashinuvining nerv va gumoral idora etilishi.

Hayot jarayonlari uchun haroratning ahamiyati. Harorat o‘zgarishiga nisbatan tana haroratini saqlovchi va tana harorati o‘zgarib turadigan hayvonlar. Termoregulyasiya xaqida umumiy tushuncha.

Organizmda issiqlik hosil qilish va issiqlik sarf qilish jarayonlari. Issiqlikni hosil qilish va sarflashning nerv reflektor va gumoral idora etilishi. Issiqlikni hosil bo‘lishini idora etuvchi asosiy faktor bo‘lgan modda almashinuvining darajasini o‘zgarishi. Teridagi qon tomirlarni kengaytiruvchi va toraytiruvchi nervlarning issiqlik chiqarishdagi roli. Termoregulyasiya markazi. Issiqlikni chiqishida ter ajralishining ahamiyati. Termoregulyasiyaning gumoral faktorlari. Odamning tana harorati va uni sutka davomida o‘zgarib turishi.




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa