Farmakologiya va klinik farmatsiya



Download 2,78 Mb.
bet101/136
Sana15.01.2022
Hajmi2,78 Mb.
#367416
TuriReferat
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   136
Bog'liq
Farmakologiya va klinik farmatsiya

Ximiyaviy termoregulyasiya organizmda issiklik xosil bulishini kuchaytirish yoki susaytirish, ya’ni organizmda moddalar almashinuv intensivligini kuchaytirish va kamaytirish yuli bilan yuzaga chikadi. Fizikaviy termoregulyasiya gavdadan issiklik chikish intensivligini uzgartirish yuli bilan amalga oshadi.

Ximiyaviy termoregulyasiya



Moddalar almashinuv intensivligini, demak, issiklik xosil bulish intensivligini xam belgilab beruvchi faktorlardan biri tashki muxit temperaturasidir.

Tashki muxit temperaturasi kutarilib 25-30° ga etganda moddalar almashinuvi va issiklik xosil bulishi bir oz kamayadi. Tashki muxit temperatura kamayib 15° dan pastga tushganda issiklik xosil bulishi ancha kuchayadi. Tashki temperatura optimal temperaturadan, yoki komfort zonasidan past bulsa. issiklik xosil bulishi ancha kuchayadi. Odatdagi engil kiyim kiyilganda komfort zonasi 18- 20° atrofida, yalangoch odam uchun esa 28° buladi.

Odam suvda turganda optimal temperatura xavoda turishdagiga nisbatan ancha yukori buladi. Bunga sabab shuki, suvning isskilik sigimi va issik utkazuvchanligi yukori bulgani uchun gavdani xavoga nisbatan 14 baravar kuchlirok sovutadi. SHu sababli bir oz sovuk vannaga tushish moddalr almashinuvini shu temperaturadagi xavoga nisbatan kuprok oshiradi.

Tashki muxit temperaturasi pasayganda issiklik xosil bulishining kuchayishi gavdani sovushdan saklashda katta axamiyatga ega.

Muskullar kiskarganda ularda eng kup issiklik xosil buladi. Odam xatto kimirlamay yotib muskullarini taranglasa, unda oksidlanish protsesslari va shu bilan birga issiklik xosil bulishi muskullarni bushashtirish yotgandagiga nisbatan 10% oshadi va undan xam kuchayadi. Uncha katta bulmagan xarakat aktivligi issiklik xosil bulishini 25% orttiradi. YUrish energiya sarfini 60- 80% oshiradi, ogir ishda esa energiya sarfi 400-500% kupayishi mumkin.

Odam sovuk sharoitda bulganda muskullarda issiklik xosil bulish ortadi. Bunga sabab shuki, gavda yuzasida temperaturaning pasayishi sovukni sezuvchi teri retseptorlariga ta’sir ztib, refleks yuli bilan muskullarning ixtiyorsiz ravishda betartib kiskarishini kuzgaydi, bu esa odamning titrashida (diydirashida) namoyon buladi. Ayni vaktda organizmning energiya sarfi ancha ortadi, muskullarda kislorod va uglevodlar kuprok iste’mol kilinadi, natijada issiklik xam kuprok xosil buladi. SHunday kilib, sovukda «kaltirash» yoki titrash - muskullarda kuprok issiklik xosil kilish yuli bilan gavda temperaturasi refleks yuli bilan boshkarilayotganining namoyon bulishidir. Titrash issiklik xosil bulishini nechoglik orttira olishini sun’iy titrashda (imitatsiya) issiklik xosil bulishi 200% ortishidan kursa buladi. Titrashning termoregulyasiyadagi axamiyati yana shu bilan xam isbot etiladiki, organizmga relaksantlar (nervdan muskulga nerv impulslarining utishini buzadigan va muskullarning refleks yuli bilan betartib kiskarishini, ya’ni titrashni shu tarika bartaraf kiladigan moddalar) yuborilgan bulsa, badan sovutilganda gavda temperaturasi tezrok pasayadi.

Ximiyaviy termoregulyasiyada muskullardan tashkari jigar va buyrak xam katta rol uynaydi. Jigar venasining konidagi temperatura jigar arteriyasining temperaturasidan yukori, bu esa jigarda issiklik kuprok xosil bulishini kursatadi. Badan sovuganda jigarning issiklik xosil kilishp kuchayadi.

Organizmda oksil, uglevod, yoglarning oksidlanib parchalanishi natijasida energiya yuzaga chikadi. Modomiki shunday ekan, oksidlanish protsesslarini boshkaruvchi barcha mexanizmlar issiklik xosil bulishini xam boshkaradi albatta.

Fizikaviy termoregulyasiya

Tashki muxit temperaturasi kutarilganda gavda temperaturasining doim bir darajada saklanishida fizikaviy termoregulyasiya muxim rol uynaydi. Tashki muxit temperaturasi gavda temperaturasiga yakin yoki teng bulsa, moddalar almashinuvi susayadi-yu, organizmni kizib ketishdan saklay olmaydi, chunki organizmda anchagina issiklik baribir xosil bulaveradi. Bunday xollarda issiklmkni kuprok chikarib yuborish yuli bilan ruyobga chikadigan fizikaviy termoregulyasiya izotermiyani saklashda asosiy axamiyatga ega buladi. Organizmda xosil buladigan issiklik asosan issiklikni nurlashtirish (radiaщyun issiklik yukotish) va issik utkazish (konveksion issiklik yukotish) yuli bilan, ya’ni issiklikni teridan bevosita xavoga yoki teriga tegib turgan buyumlarga utkazish yuli bilan chikib ketadi. Katta yoshli odam tinch yotganda tashkariga beriladigan jami issiklikning kariyb 70 protsentini issik utkazish (kariyb 15%) va issiklikning nurlantirish (55%) yuli bilan chikarib yuboradi.

Odatdagi sharoitda aktiv ish bajarilmaganda kariyb 27% issiklik teri va upka yuzasidan suv buglanishi yuli bilan chikib ketadi. Ter bezlari orkali bir sutkada kariyb 500 ml, upkadan esa kariyb 350 ml suv buglanishini va 1 ml suvning buglanishiga 0,58 kkal zarurligini xisobga olsak, gavdadan suv buglanib ketishiga 500 kkal sarflanadi. Gavdadan yukoladigan issiklikning 3 protsenta nafasdan chikadigan xavoning isishiga sarf buladi, shuningdek axlat va siydik bilan chikib ketadi.

Odamning kiyimi issiklik chikib ketishini kamaytirishga xizmat kiladi. Ayni vaktda gavda bilan kiyim orasidagi xarakatsiz xavo katlami issiklikning chikib ketishiga tuskinlik kiladi, chunki xavo issiklikni yaxshi utkazmaydi. Kiyim ostidagi xavo temperaturasi 30° ga etadi. Gavdaning ochik joylari issiklikni yukotadi, chunki gavda yuzasidagi xavo doim almashinib turadi. SHu sababli gavdaning ochik joylaridagi teri temperaturasi kiyim bilan berkilgan joylardagi teri temperaturasiga nisbatan pastrok buladi.

Teri ostidagi yog kletchatkasi xam issiklik yukolishini ancha kamaytiradi, chunki yogning issik utkazuvchanligi kam.Issiklik nurlanishini va issiklik utkazilishini birgalikda kuzdan kechirish mumkin, chunki ular xamisha parallel ravishda uzgaradi va bir faktorga, ya’ni teri temperaturasi bilan tashki muxit temperaturasining farkiga boglik buladi. Teri temperaturasi, demak, issiklik nurlanishining xam issiklik utkazilishining xam intensivligi birinchidan, tomirlardagi kon kayta taksimlanganda, ikkinchidan sirkulyasiyadagi kon mikdori uzgarganda uzgarishi mumkin.

Xar xil tomirlardagi kon kuyidagicha kayta taksimlanadi: sovukda terining kon tomirlari, asosan arteriolalari torayadi va korin bushligidagi organlarning tomirlariga kuprok kon utadi. Terining yuza kavatlari ozgina issik kon olgani tufayli issiklikni kamrok nurlantiradi va atrofidagi muxitni kam isitadi, natijada issiklik chikib ketishi kamayadi. Oyok-kul turisi kattik eovunganda arteriya-vena anastomozlari ochilib, teri kapillyarlariga kon kelishini kamaytiradi va shu bilan issiklik chikib ketishiga tuskinlik kiladi.

Tevarak-atrofdagi muxit temperaturasi yukori bulsa, teri tomirlari kengayadi, teriga issik kon kuprok kelib, uning temperaturasini oshiradi, natijada issiklik nurlanishi xam, issiklik utkazilishi xam ortadi.

Tashki muxit temperaturasi kutarilganda tukimalardagi suvning konga utishi, shuningdek talok va boshka kon depolaridan kon aylanish sistemasiga kushimcha mikdorda kon chikishi tufayli sirkulyasiyadagi kon mikdori kupayadi. Sovukda karama-karshi protsesslar ruy berishi sababli sirkulyasiyadagi kon mikdori kamayadi. Sirkulyasiyadagi kon mikdori ortganda teridan utadigan kon mikdori xam kupayadi, bu esa tashki muxitga teridan issiklik utishini kuchaytiradi.

Tevarak-atrofdagi muxit temperaturasi kutarilganda badandan ter buglanishi gav, temperaturasini doim bir darajada saklash uchun katta axamiyatga ega. yukori temperaturada organizm shu yil bilan kup issiklik chikaradi.

Gadva temperaturasini doim bir darajada saklash uchun terlashning axamiyati kuyidagicha xisobdan yakkol kurinadi: tropiklarda tashki muxit temperaturasi 37° gacha etadi, ya’ni odamning gavda temperaturasiga teng buladi. Buning ma’nosi shuki, tropiklarda yashovchi odam organizmda xosil buluvchi issiklikni nurlantirish va utkazish yuli bilan chikara olmaydi. Bu xolda suvni buglantirish issiklik chikarishning birdan-bir yuli bulib koladi. Bir sutkada urta xisob bilan 2400-2800 kkal issiklik xosil bulishini va gavda yuzasidan 1 g suv buglanganda 0,58 kkal issiklik sarflanishini bilib, shu sharoitda odamning gavda temperaturasini doim bir darajada saklash uchun 4,5 l suv buglanishi zarurligini aniklaymiz. Tevarak-atrofdagi muxit temperaturasi yukori bulganda muskullari bilan zur berib ishlayotgan odam ayniksa kup terlaydi, chunki bunda organizmda issiklik kup xosil buladi. Issik sex ishchilari juda ogir ish bajarganda bir kunda 12 litrgacha ter chikishi mumkin.

Suvning buglanishi xavoning nisbiy namligiga boglik; suv buglari bilan tuyingan xavoda suv buglana olmaydi. SHu sababli atmosfera namligi kup bulgan sharoitda yukori temperatura organizmga atmosfera namligi kam bulgan sharoitdagiga nisbatan ogirrok ta’sir etadi. Suv buglari bilan tuyigan xavoda, masalan, xammomda ter kup chikadi-yu, buglanmaydi va teridan okib tushadi. Bunday terlash issiklikni chikarishga yordam bermaydi, terning badandan buglanuvchi kismi issiklikni chikarish uchun axamiyatli (terning shu kismi “effektov terlashni” tashkil etadi).

Xavoni utkazmaydigan, terning buglanishiga tuskinlik kiladigan (charmdan, rezinadan tikilgan) kiyim xam nokulay: kiyim bilan gavda orasidagi xavo suv buglari bilan tez tuyinib, terning yana buglanishi tuxtab koladi.

Gavda temperaturasini doim bir darajada saklashda badandan suv buglanishining axamiyatini shundan xam kurish mumkin; xavo nam bulsa, odam uncha yukori bulmagan (32°) temperaturada xam uzin i yomon xis kiladi. Butunlay kuruk xavoda odam 50-55° temperaturada 2-3 soatgacha aytarli kizib ketmay tura oladi.

Suvning ma’lum kismi nafasdan chikadigan xavoni tuyintiruvchi bug shaklida upkadan buglanib ketadi. Modomiki shunday ekan, nafas olish xam gavda temperaturasini doim bir darajada saklashda ishtirok etadi. Sovukda nafas markazi refleks yuli bilan tormozlanadi, odam siyrak oladi, tashki muxit temperaturasi yukori bulganda esa, aksincha, nafas markazi kuzgaladi.

YUkorida bayon kilingalardan anglashiladiki, bir tomondan, modda almashinuv intensivligini boshkaruvchi mexanizmlar va modda almashinuviga karab issiklik xosil bulishi (ximiyaviy termoregulyasiya), ikkinchi tomondan, terining kon bilan ta’minlanishini, terlashni va nafas olishni boshkaruvchi mexanizmlar (fizikaviy termoregulyasiya) birgalashib ta’sir etib, gavda temperaturasini boshkaradi.

Termoregulyasiyaning nerv mexanizmi

Termoregulyasiyada markaziy nerv sistemasining axamiyati issiklik ukoli degan tajribada allakachon aniklangan edi. Kuyon oralik miyasning muayyan kismlari uzun ingichka nina bilan shikatslantirilsa, gavda temperaturasi anchagnna (2,5° - 3°) kutariladi. Termoregulyasiyada markaziy nerv sistemasining xar xil kismlari kanday rol uynashi miya sopi (miya stvoli) ni xar xil boskichdan kirkib kuyib urganilgan.

Gavda temperaturasining doim bir darajada saklanishini ta’minlaydigan kup va murakkab vegetativ protsesslarni boshkaruvchi nerv xujayralari, ya’ni termoregulyasiya markazlarining kaerda ekanligi shunga uxshash tajribalarda aniklangan. Bosh miya yarim sharlar pustlogi, targil tana va kuruv dumboklarini olib tashlash issiklik chikarish va issiklik xosil kilishga ta’sir etmasligi tajribalarda kursatib berilgan. Gipotalamus olib tashlanganda esa xayvon gavdatemperaturasini boshkarish kobiliyatidan maxrum bulib, poykiloterm bulib koladi.

Gipotulamusdagi termoregulyasiya markazlarning urinini S.V. Renson va xamkorlari uranishgan. Renson gipotalamusning turli kismlarini shikastlab, issiklik xosil kilish va issiklik chikarishni boshkaruvchi yadrolarni topdi. Issiklik xost kilish markazi gipotalamus yon yadrolarining kaudal kismida buladi. Xayvonlar miyasining shu kismi shikastlansa, ular sovukka chiday olmaydigan bulib koladi, ularda ximiyaviy termoregulyasiya mexanizmlari ishlamay kuyadi, jumladan sovukda titramaydi. Fizikaviy termoregulyasiya (terlash, nafasning kuchayishi) ni gipotalamusning comissura anteriol bilan chiasma opticum orasidagi kismi, ya’ni issiklik chikarish markazi boshkaradi. Bu markaz zararlansa, xayvon sovukka chidash kobiliyatidan maxrum bulmaydi, lekin operatsiyadan sung yukori temperaturada xayvon tez kizib ketadi, chunki fizikaviy termoregulyasiyani ishga soluvni mexanizm zararlangan.

Bosh miya yarim sharlarini olib tashlash issiklik xosil kilish va chikarishga garchi aytarlik ta’sir etmasa xam, issiklik almashinuviga bosh miya yarim sharlari va ularning pustlogi ta’sir etmaydi, deb xulosa chikarish notugri.

Xayvonlar ustidagi tajribalar va odamlarni kuzatishlar issiklik xosil kilish va chikariganing shartli refleks yuli bilan uzgara olishini kursatdi. Xamma shartli reflekslar kabi, bu uzgarishlarni xam bosh miya pustlogi amalga oshiradi.

Teri bilan shillik pardalardagi issik va sovuk retseptorlaridan markaziy nerv sistemasiga keluvchi nerv impulelari termoregulyasiya markazlarining asosiy ta’sirlovchilaridir. Gavda sovuganda yoki isiganda uning temperaturasi shu impulelar tufayli refleks yuli bilan boshkariladi.

Sovugan yoki isigan termoregulyasiya markaziga bevosita ta’sir etishi xam bir kadar rol uynaydi. Orka miyaning kukrak segmentlari kirkilgan, keyingi oyoklari shu sababli sezmaydigan bulib kolgan xayvonning bu oyoklari sovuk suvga solinganda bosh muskullari va tananing yukori kismidagi muskullar titraganligi yukorida aytilgan faktni isbot etadi. Bu tajribada xayvonning orka oyoklarini sovutish kon temperaturasini pasaytiradi, shuning natijasida issiklik xosil kilish makrazlari ta’sirlanadi. Termoregulyasiya markazlariga issik yoki sovukning bevosita ta’sir etishini kursatuvchi dalillar itlar ustidagi tajribalarda olingan. Bu itlarning miyasiga maxsus naycha shunday tikib kuyilganki, bu naycha pustlok ostidagi yadrolarga tegib turgan. Naychadan sovuk suv utkazilsa gavdada issiklik kuprok xosil bulgan, issik suv utkazilganda xayvonning temperaturasi pasaygan. Miyani kon bilan ta’minlovchi a. carotis isitilganda va sovutilganda xam shunday natija olish mumkin.

Miya termoregulyasiya markazining pastrogidan kesilsa, organizm sovuganda oksidlanish protsesslarini kuchaytirish kobiliyatidan maxrum buladi. Ximiyaviy termoregulyasiya markazidan periferiyaga boruvchi yullar zararlanganda xam bu kobiliyat yukoladi. SHu sababli orka miya buyin kismidan kirkib kuyilgach organizm tashki muxit temperaturasi pasayayotganda gavda temperaturasini doim bir darajada saklash kobiliyatidan deyarli butunlay maxrum buladi. Ayni vaktda terlash va terining kon tomirlar diametrini uzgartish yuli bilan amalga oshiriladigan fizikaviy termoregulyasiya xam barxam topayadi. Buning sababi shuki, tomir xarakatlantiruvchi va ter ajratuvchi nerv tolalari orka miyaning kukrak va bel segmentlaridan boshlanadi.

Termoregulyasiyaning gumoral mexanizmi

Gavda temperaturasini boshkarish (regulyasiya) da ichki sekretsiya bezlari, ayniksa kalkonsimon va buyrak usti bezlari ishtirok etadi, chunki ularda gormon xosil bulishini nerv sistemasi boshkaradi.

Termoregulyasiyada kalkonsimon bezning ishtirok etishi, masalan, shu bilan isbot etiladiki, uzok vakt sovukda turgan bir xayvonning kon zardobi ikkinchi xayvonning koniga yuborilsa bu xayvonda moddalar almashinuvi kuchayadi. Kon bergan xayvonning kalkonsimon bezi saklanib kolgandagina shunday natija kuriladi. Aftidan, xayvon sovukda uzok turganda kalkonsimon bez konga kup gormon chikarib, moddalar almashinuvini kuchaytiradi.Buyrak usti bezlari xam konga adrenalin chikarib termoregulyasiyada bir kadar rol uynaydi. Adrenalin tukimalarda, xususan muskullarda oksidlanish protsesslarini kuchaytirib, issiklik xosil bulishini oshiradi, teri tomirlarini toraytirib, issiklik chikib ketishini kamaytiradi. SHuning uchun adrenalin gavda temperaturasini oshira oladi (adrenalin, gipertermiyasi).

Gipotermiya va gipertermiya

Odam juda past yoki yukori temperatura sharoitida uzok tursa, odatdagi sharoitda gavda temperaturasini doim bir darajada ushlab turuvchi fizikaviy va ximiyaviy termoregulyasiya -mexanizmlari etarli bulmay kolishi mumkin, natijada gavda kizib ketadi (gipetermiya) yoki sovib koladi (gipotermiya).

Kultikdagi temperatura 35° dan pastga tushganda gipotermiya xolati ruy beradi. Odam suvga tushganda gipotermiya tezrok boshlanadi. Bunda avval simpatik nerv sistemasining kuzgalish bel gil ar i vujudga keladi va issiklik xosil bulish protsesslari refleks yuli bilan kuchayadi. Sovukda muskullarning kiskarishi - titrash tufayli issiklik kuprok xosil buladi. Ma’lum vaktdan sung gavda temperaturasi baribir pasaya boshlaydi. Ayni vaktda narkozga uxshash xolat kuzatiladi. Uni birinchi marta 1862 yilda A.E. Valter xayvonlar ustidagi tajribalarida kurib tasvir etgan: bu xolatda sezuvchanlik yukoladi, reflektor reaksiyalar susayadi, nerv markazlarining kuzgaluvchanligi kamayadi. Gipotermiyada moddalar almashinuvi intensivligi keskin kamayadi, nas' ~ sekinlashadi, yurak urishi siyraklashadi, konning sistolik xajmi kamayadi, arterial bosim nacav,- (gavda temperaturasi 24-25° bulganda arterial bosim normadagining 15-20 protsentiga teng bulishi mumkin).

Keyingi yillarda gavdani 24-28° sovitib sun’iy gipotermiya kilish xirurgiya klinikalarida yurak va markaziy nerv sistemasida operatsiya kilishda kullaniladi. Buning moxiyati shundan iboratki, gipotermiya bosh miyada moddalar almashinuvini, binobarin, bu organning kislorodga extiyojini xam ancha kamaytiradi, shu sababli miyaning uzokrok (normadagi 3-5 minut urniga 25-26° da 15 -20 minutgacha) konsizlanishiga chidasa buladi, buning ma’nosi shuki, gipotermiyada yurakning urmay turishiga, nafas va kon aylanishining tuxtab turishiga organizm bemalol chidash beradi. Gavdnai tez isitib, gipotermiya tuxtatiladi.

Gavda sovutilganda moddalar almashinuvi avval iga kuchayadi, bu esa moslanish reaksiyasi xisoblanadi, bunga yul kuymaslik uchun sun’iy gipotermiyada ganglioplegik preparatlar (simpatik nerv sistemasining tugunlarida impulslar utishini tuxtatadigan ximiyaviy preparatlar) bilan mioreyaaksantlar (nervlardan skelet muskullariga impulslar utishini tuxtatadigan ximiyaviy preparatlar) kullaniladi.

Kultikdagi temperatura 37° dan ortganda gipetermiya xolati yuz beradi. Tashki muxitning yuksak temperaturasi uzok ta’sir etganda, ayniksa tevarak-atrofdagi xavo nam bulganda, binobarin, effektiv terlash kam bulganda gipetermiya boshlanadi. Keskin gipetermiyada, ya’ni gavd- temperaturasi 40-41° ga etganda organizm umuman ogir axvolda koladi - issik eltishi (teplovoy— udar) deb shuni aytiladi.

Tashki sharoit uzgarmagani xolda termoregulyasiyaning buzilishi natijasida kelib chikadigan gipertermiyani nukul tashki sharoit ta’sirida paydo buluvchi gipertermiya xolatidan ajratish kerak. Infeksion isitmada termoregulyasiya kuprok, buziladi. U fiziologiyada emas, balki patologiyada urganiladi.


Mavzu: 12 Ichki sekretsiya. Ichki sekretsiya bezlari tuzilishi va vazifalari- 2 soat.
Savollar:

  1. Ichki sekretsiya bezlarining umumiy fiziologiyasi

  2. Gormonlarning umumiy xossalari va ularning klassifikatsiyasi.

  3. Ichki sekretsiya bezlarini tekshirish usullari.

  4. Gipotalamo-gipofizar sistema.

Organlar, tukimalar va xujayralarning uzaro gumoral boglanishida ularning ba’zilari aloxdda muxim rol uynaydi, chunki ular modda almashinuviga, organ va tukimalarning funksiyasiga spetsifik ta’sir etuvchi moddalarni ishlab chikaradi. Bu moddalar gormonlar deb (grekcha «horman»

  • Qo’zgatish suzidan), ularni ishlab chikaruvchi organlar esa endokrin bezlar, yoki ichki sekretsiya bezlari deb ataladi. Ularning shunday atalganiga sabab shuki, tashki sekretsiya bezlariga karama- karshi ularok chikarish yullari bulmaydi va uzi xosil kiladigan moddalarni tugridan-tugri konga kuyadi.

Gormonlarning bir necha spetsifik xossasi bor: 1. Xar bir gormon muayyan organ va funksiyalarga ta’sir etib, ularda spetsifik uzgarishlarni yuzaga chikaradi. 2. Gormonlar biologik jixatdan yuksak aktiv buladi. Masalan, 1 g adrenalin (buyrak usti bezlari gormoni) 10 mln. bakaning ajratib olingan yuragining ishini kuchaytira oladi, boshkacha aytganda, adrenalin yurakka 1*10‘7 g mikdorda ta’sir etadi. Bir gramm insulin (me’da osti bezining Langergans orolchalaridan chikadigan gormon) 125000 kuyon konidagi shakar mikdorini kamaytira oladi. 3. Gormonlar distant (uzokdan turib) ta’sir kursata oladi. Gormonlar kaysi organlarda xosil bulsa, usha organlarga ta’sir etmay, balki mazkur bezlardan uzovdagi organlarga ta’sir etadi. 4. Gormonlar molekulasi nisbatan kichik buladi, shuning uchun ular organ va tukimalarni kondan ajratib turuvchi kapillyarlar endoteliysidan, shuningdek xujayra membranalari (pardalari) dan uta oladi. 5. Gormonlar tukimalarda birmuncha tez parchalanadi. Modomiki shunday ekan, gormonlar konda etarli mikdorda bulishi, ular uzokrok yoki uzluksiz ta’sir etishi uchun muayyan bezdan doim chikib turishi zarur. 6. Kupchilik gormonlarning turga oid spetsifik xossalari yuk. SHunday bulgach, koramol, chuchka va boshka xayvonlardan olingan gormonal preparatlarni klinikada kullanish mumkin. Birok oksil yoki polipeptid tuzilishiga ega bulgan ba’zi gormonlar xayvonlarning xar xil turlarida biroz fark kiladi.

Keyingi un yillarda aksari gormonlarning tuzilishi urganilgan, ular laboratoriyalarda kimyoviy yul bilan olingan, ba’zi gormonlarning organizmda sintezlanish boskichlari, ular konga utgach ximiyaviy uzgarishlarning boskichlari urganildi.

Gormonlar ferment emas yoki fermentlarni aktivlovchi Modda xam emas, ular xujayrasiz muxitdagi kimyoviy uzgarishlarga ta’sir etmaydi. Gormonlar fakat xujayralarda yoki ularning strukturalarida ruy beruvchi protsesslarga ta’sir etadi. Masalan, kalkonsimon bez gormoni tiroksin — mitoxondriylardagi ximiyaviy protsesslarga ta’sir etib, ulardagi oksidlanish protsesslarini kuchaytiradi. Me’da osti bezining gormoni insulin — xujayra membranalarining glyukozaga nisbatan utkazuvchanligini oshiradi. Gipofizning antidiuretik gormoni buyrakdagi yiguvchi naylar devorining suvga nisbatan utkazuvchanligini oshiradi.

Gormonlarning ishlanib chikishi organizmning axvoliga va tashki muxit sharoitiga boglik. Gormonlar tomonidan boshkariladigan pro-sesslarning kanday borishi shu gormonlarning xosil bulish tezligini idora etuvchi muxim faktordir.

O”zaro boglanishning щaytar bogpanish prinsipы» degan formash shunda namoyon bulishini kurish mumkin. Regulyator (boshkaruvchi) bilan boshkariluvchi protsess orasida ikki tomonlama boglanish bor. Regulyator boshkariluvchi protsessga ta’sir etibgina kolmaydi, balki bopщarilayotgan protsess xolatining uzgarishi xam regulyator xolatiga xam ta’sir etadi.

Ichki sekretsiya bezlarining xujayralaridan ishlanib chikkan moddalar organizmda moddalar almashinuvining muayyan protsesslarini uzgartiradi. Bu uzgarishlar ma’lum mikdorga etgach gormon xosil bulishi va chikishi tuxtaydi. Konda shakar kamayib kolganda insulin (kondagi shakar konsentratsiyasini kamaytiruvchi gormon) xrsil bulishi susayadi; konda natriy yoki kalsiy ionlarining konsentratsiyasi oshib ketganda aldosteron (kondagi Na+ ionlari konsentratsiyasini oshiradigan gormon) yoki paratgormon (kondagi Sa++ ionlari konsentratsiyasini oshiradigan gormon) sekretsiyasi susayadi.

Gormon ishlanib chikishi murakkab nerv-gumoral yul bilan bosh-kariladi. Fiziologik protsesslar xolati yoki kon bilan tukimalardagi ma’lum moddalar mikdorining uzgarishlari organ va tukimalardagi maxsus nerv oxirlari orkali yoki oralik miya — gipotalamus yadrolaridagi ma’lum x,ujayralar bilan seziladi. Bu yadrolar organizmdagi moddalar almashinuvini va ichki mux,it xolatini boshkaradi. Gipotalamus yadrolari ichki sekretsiya bezlaridan ba’zilariga nerv impulsi yuborib yoki biologik jixatdan aktiv moddalar chikarib (bular gipofizda ba’zi gormonlarning xosil bulishiga yordam beradi), endokrin bezlar faoliyatiga ta’sir kursatadi.

Gipofizning oldingi buladigan chikadigan gormonlar boshka endokrin bezlar (kalkonsimon bez, jinsiy bezlar, buyrak usti bezlari) faoliyatini boshkara oladi.

Gipotalamus yadrolaridan tashkari, markaziy nerv sistemasining boshka bulimlari xam ichki sekretsiya bezlarining funksiyasiga ta’sir kursata oladi.

Shunday kilib, gormonlar mustakil regulyatorlar (boshkaruvchilar) emas. Gormonlarning xosil bulishi va konga utishi — organizm funksiyalarining nerv-gumoral yul bilan boshkarilishidagi yagona zanjirning zvenolaridir.

Gormonal regulyasiya (gormonlar ta’sirida boshkarilish)ning uziga xos bir kancha xususiyatlari borligidan gormonlarning xosil bulishi va ta’sir etishi xakidagi ta’limot fiziologiyaning mustakil bulimi xisoblanadi. Ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi xakidagi ta’limot bilan birga fiziologiyaning shu bulimi endokrinologiya deb ataladi.

ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING FUNKSIYALARINI TEKSHIRISH USULLARI



Ichki sekretsiya bezlarining funksiyalarini urganish uchun odatda kuyidagi usullar Kullaniladi.

  1. Ayrim ichki sekretsiya bezini kisman va butunlay olib tashlash- dan keyingi uzgarishlarni yoki shu bezga birorta ximiyaviy moddaning

ta’sirini urganish. Metiltiouratsil (kalkonsimon bez gormoni — tiroksin sintezini susaytiradi), metapiron (buyrak usti bezlari

pustlogida gidrokortizon sintezini susaytiradi), alloksan (me’da osti bezining insulin chikaruvchi Langergans orolchalaridagi betaxujayralarning degeneratsiyasiga sabab buladi) shunday moddalardandir.

Muayyan gormonlarning xosil bulishini shu kabi usulda boshkarish mumkin.

  1. Biron endokrin bezdan olingan ekstraktlarni yoki ximiyaviy jixatdan toza gormonlarni normal xayvonga yoki ichki sekretsiya bezi olib tashlangan xayvonga yuborish yoki usha bez tukimasini organizm­ga kuchirib utkazish.

  2. Birorta endokrin bezi zararlangan yoki olib tashlangan orga­nizmga ikkinchi organizmni ulash (parabioz). Bunda bezni olib tashlash okibatlarining ikkinchi (soglom) organizm bezidan chikayotgan gormonlar xisobiga kompensatsiyalanishi protsesslari urganiladi.

  3. Bezga kiruvchi va bezdan chikuvchi konning fiziologik aktivli- gini takkoslash.

  4. Biron endokrin bezi sust yoki ortikcha ishlaydigan bemorlar- ni va ularni davolash maksadida kilingan operatsiya okibatlarini

tekshirish.

Gormonning ximiyaviy tuzilishi ma’lum yoki noma’lum ekaniga karab, organlarning ekstraktlari yoki kondagi gormonlar mikdori turli usullarda aniklanadi. Gormonning ximiyaviy tuzilishi ma’lum bulsa, mikdori ogirlik birligida kursatiladi. Gormonning ximiyaviy tuzilishi noma’lum bulsa, mikdori shartli biologik birliklarda ifodalanadi.

Bir biologik birlik deb ma’lum xayvonda spetsifik fiziologik uzgarishlar xosil kilish uchun zarur bulgan gormon mikdorini aytishadi. 1 g yoki 1 ml preparat tarkibida biologik birlik kancha kup bulsa, uning aktivligi ushancha yukori buladi.

Gipofiz ichki sekretsiyasi

Gipofiz uch bulak: oldingi, oralik va orka bulaklardan tuzilgan murakkab ichki sekretsiya

bezidir.

Gipofiz oldingi bulagining tuzilishi

Oldingi bulak, yoki adenogipofiz uch xil: asosiy, yoki xromofob (barcha xujayralarning 55—60%), xromofil, yoki atsidofil (30—35%) va bazofil (5—10%) xujayralardan iborat: xromofob xujayralar gormon xosil kilmay, xromofil xujayralarni xosil kilsa kerak. Bazofil xujayralar adrenokortikotrop, tireotrop va gonadotrop (follikulni stimullovchi va lyuteinlashtiruvchi) gormonlar ishlab chikaradi.; Atsidofil xujayralardan usish gormoni va prolaktin ishlanib chikadi. Oldingi bulakning xamma gormonlari oksil moddalar xisoblanadi.Usish gormoni


Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish