Farmakologiya


Mahalliy anesteziyalovchi vositalarning lotincha nomlari va ularning asosiylarini chiqarilish shakli va dozasi (konsentratsiyalari) yozing



Download 44,26 Kb.
bet3/24
Sana31.05.2022
Hajmi44,26 Kb.
#621919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
FARMA

5.Mahalliy anesteziyalovchi vositalarning lotincha nomlari va ularning asosiylarini chiqarilish shakli va dozasi (konsentratsiyalari) yozing.
Javob: Mahalliy anestetiklar sezuvchan nerv oxiridagi tolalarda o’tkazuvchanlikni hamda qo’zg’aluvchanlikni falajlaydi,avvalo og’riq yo’qoladi,kata miqdorlari boshqa sezuvchanliklarni ham kamaytirib boradi.Mahalliy anestetiklar uchlamchi aminlar bo’lgani uchun suvda erimaydi,tibbiyotda ularning suvda eriydigangidroxlorid tuzlari qo’llaniladi.Anestetiklar kation shakli kalsiy ionlariga nisbatan qarama-qarshi xususiyatga ega.Ular kalsiy kanallarini oqsil molekulalari bilan bog’lanib,kalsiyning nerv hujayralarining ichiga o’tishga to’sqinlik qiladi.Hujayra membranalari mustahkamlanadi,qo’zg’aluvchi impulslar kelganda natriy kanallari ochilmay,natriy hujayra ichiga o’tolmaydi,shu tufayli harakat potensiali yo’qoladi,o’tkazuvchanlik falajlanadi.Mahalliy anestetiklar faqat sezuvchi tolalarni emas,harakatlantiruvchi,vegetative nerv tolalarida ham qo’zg’aluvchanlikni o’tkazishni falajlaydi.
Xushbo’y kislotalar (benzoy,paraminobenzoy)ning murakkab efirlari:
Novocainum (novokain) – kukun, 0,25-0,5% li eritma infiltratsion anesteziyada 1-2-5 va 20 ml ampulalarda, 5-10%li malham
Dicainum (dikain) – kukun,dikainli ko’z plonkalari
Anasthezinum (anestezin) – kukun,tabletka

Xushbo’y kislotalar (benzoy,paraminobenzoy)ning amidlaridan:
Lidocainum (lidokain) – 0,25-0,5% li eritma infiltratsion anesteziyada,1% li 10-20 ml ampulalarda, 2%li 2-10 ml ampulalarda
Trimecainum (trimekain) – kukun, 0,25% li 10 ml ampula

6.Antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalarning lotincha nomlari va ularning asosiylarini chiqarilish shakli va dozasi (konsentratsiyalari) yozing.
Javob: Moddalarning mikroorganizmlarga qarshi ta’sir mexanizmi ularning rivojlanishi,ko’payishi,zarur oqsillarni o’zgartirishi,fermentlar faolligini pasaytirishi,hujayra membranalari o’tkazuvchanligini oshirish bilan bog’liq.Antiseptik moddalar suyuq va malham shaklida teri,ko’z kasalliklarida,yaralarga,jarrohlar qo’liga,operatsiya qilinadigan joyga ishlov berishda,ginekologiya,urologiyada chayish uchun qo’llaniladi.
Antiseptik va dezinfeksiyalovchi moddalar kimyoviy jihatdan quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Detergentlar:Serigel
Nitrofuran unumlari:Furatsillin
Fenol va uning hosilalari:Toza fenol,rezorsin,qayin qatroni
Bo‘yoqlar:Brilliant yashili,metilen ko‘ki,etakridin laktat
Galogen tutuvchi birikmalar: Xlorgeksidin,xloramin B,yodning spirtli eritmasi
Metall birikmalari:Simob ikki xloridi,simobning sariq oksidi, kumush nitrat ,mis sulfat, rux oksidi , rux sulfat
Oksidlovchilar: Vodorod perekisining eritmasi,permanganat kaliy
Aldegid va spirtlar: Formaldegid eritmasi,etil spirt
Kislota va ishqorlar: Bor kislotasi,ammiak eritmasi
Furacilinum (furatsillin) – suvli eritma 1:5000, spirtli eritma 1:500,kukun, tabletka 0,1:0,02, 2%li malham
Solutio Hydrogenii pyeroxydi diluta( vodorod perekisining eritmasi) – 3% ofitsinal eritma
Chloraminum B (xloramin B) – 0,25-0,5%li eritma sirtga, kukun
Methylenum coeruleum (metilen ko’ki) – 1-3%li eritma sirtga, kukun



7.Neyroleptik (antipsixotik vositalar)ning lotincha nomlari va ularning asosiylarini chiqarilish shakli va dozasini yozing.
Javob: Neyroleptiklar kuchli tinchlantirish va antipsixotik ta’sir (ya’ni alaxsirash, gallyusinatsiyalarni yo‘qotadilar)ga egadir. Shu tufayli kuchli his-hayajonlar, ruhiy va harakat qo‘zg‘alishini kamaytiradilar, ruhiy bemorlarda alaxsirash, gallyusinatsiyalarni keskin kamaytirish hisobiga kasallikni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladilar. Neyroleptiklarning antipsixotik ta’sir mexanizmi limbik sistemada (neostriatumda) dofamin reseptorlarini susayishi bilan bog‘liq.Ruhiy o’zgarishlar neyroleptiklarning tinchlantiruvchi-sedativ ta’siri tufayli ham kamayadi.
Klassifikatsiya
1. “Tipik” antipsixotik vositalar:
Fenotiazin unumlari: aminazin, triftazin, ftorfenazin
Tioksanten unumlari: xlorproteksin
Buterofenon unumlari: galoperidol, droperidol
2. “Atipik” antipsixotik vositalar:
Benzamidlar: sulpirid
Dibenzodiazepin unumlari: klozapin

Aminazinum (aminazin) – draje 0,025, 0,05, 0,1 , 2,5%li 1-2-5-10 ml ampulalarda


Chlorprothixenum (xlorproteksin) – tabletka 0,015, 0,05, 2,5%li 1ml ampula


Download 44,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish