Xududiy kurilma va farmatsevtika ombori binosi
Dorixona omborxonasi odatda aloxida obektlardan iborat:
- kapital kurilmalar (omborxona binosi, ofis binosi);
-yordamchi inshoatlar (elektr postansiyasi, kozonxona va boshkalar);
-kommunikatsiya tizimlari (elektr, gaz va suv ta’minoti,kanalizatsiya);
-yo‘llar va omborda avtotransport to‘xtaj va turar joylari.
- Omborxona quyidagi asbob-uskunalar va inventarlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak:
-dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash uchun stellajlar, tagliklar;
termolabil dori vositalarini saqlash uchun sovutish kameralari yoki maishiy sovutgichlar;
-havo parametrlarini qayd qilish asboblari (termometrlar, gigrometrlar yoki psixrometrlar);
-alohida guruh dori vositalarini, hisob-kitob hujjatlarini va axborot beruvchi adabiyotlarni saqlash uchun qulflanadigan metall shkaflar yoki seyflar;
-echinib kiyinish xonasida ustki va maxsus kiyimlarni va oyoq kiyimlarini saqlash uchun shkaf;
-sanitariya holatini ta’minlash uchun dezinfeksiya vositalari va xo‘jalik jihozlari.
Ulgurji omborxonadagi asosiy jarayonlar
Zamonaviy farmatsevtika omborlari – bu mahsulotlarni joylashtirish, ularni saqlash, tashish, nazorat va xavo almashinuvi uchun shart-sharoitlar yaratishni ta’minlaydigan ixtisoslashgan ko‘p kavatli inshoatlar hisoblanadi. Omborxona zamonaviy jixozlangan ichki strukturaga ega bo‘lishi kerak, unda turli xil texnika vositalaridan (jixozlar) foydalanadigan ko‘plab maydonlar mavjud bo‘lib, omborlar bo‘limmalarida bajariladigan ishlarni tartibga solish uchun optimal sharoit yaratish muximdir. Ruxsatsiz shaxslarning ishlab chikarish binolariga (kabul kilish, saralash, saklash, yig‘ish, joylash va jo‘natish uchun mo‘ljallangan omborning bir kismi) kirishi taqiqlanadi.
Yuklash tushirish maydoni bitta yoki ikkita aloxida xududda bo‘lishi mumkin –yuklash va tushirish.
Qabul qilish- omborxonada dori vositalarini va tibbiy buyumlarni qabul qilish omborxonaning qabul qilish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Tovarlarni qabul qilish va tegishli bo‘limlarga berishni amalga oshirish maqsadida kamida uch kishidan iborat qabul hayati tashkil etiladi. Qabul hayati raisi qabul bo‘limi boshlig‘i, qichik ish xajmiga ega omborlarda esa dorixona ombori mudiri hisoblanadi. Qabul qilish hayati tarkibiga bo‘lim mudirlari, tovar qabul qilishga tegishli boshqa shaxslar xam kirishi mumkin. Ba’zi xollarda hayat tarkibiga mutaxasis-ekspertlar yoki betaraf tashkilot vakillari kiritilishi mumkin. Qabul qilishda, yuklash-tushirish ishlarini olib borishda dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yog‘in-sochinlardan, quyosh nurlarining bevosita ta’sirlaridan, yuqori yoki past haroratdan himoya qilish ta’minlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |