Xidli va bo‘yovchidori vositalari saqlash
Xidli dori vositalari guruxiga uchuvchan xamda uchuvchan bo‘lmagan lekin o‘ta xidli dori vositalari kiradi. Ularni germetik yopiq idishlarda bir biridan aloxida xolda nomi bo‘yicha saqlanadi.
Bo‘yovchi xususiyatli dori vositalariga-idishlarda, jihozlarda va rangli iz qoldiruvchi oddiy sanitar-gigenik ishlovda yuvilmaydigan dori vositalari kiradi (brilliant yashili, metelen ko‘ki, indigokarmin va xokazolar).
Bo‘yovchi dori moddalari aloxida maxsus zich yopiluvchi shkaflarda saqlanadi (nomi bo‘yicha). Bo‘yovchi moddalarni ishlatishda ularning xar biri uchun aloxida torozilar, xovonchalar, shpatellar va boshqa inventarlar ajratiladi.
Dorivor o‘simliklar xom ashyosi va yig‘malarni saqlashda quyidagilar talab etiladi:
A) yaxshi yopiladigan idish;
B) quruq yaxshi ventilyasiyalanuvchi xavo almashinuvi ta’minlangan xona. Idishning turi xom ashyosi saqlash joyiga bog‘liq.
Omborxonada dorivor o‘simliylar xom ashyosi so‘kchaklarda saqlanadi buning uchun yopiq yashiklar, qoplar (kesilgan xom ashyo) ikki qavatli qoplar, karton o‘ramlari (poroshoklar) bo‘lishi kerak.
O‘z tarkibida efir moylarini saqlovchi (masalan: shalfey o‘ti), ayrim gigroskopik o‘tlar, barglar, mevalar (masalan:angishvonagul)bargi, dalachoy va boshqalar) aloxida yaxshi yopiladigan idishda saqlanadi.
Tez alanga oluvchi prekursorlarni saqlashda ularning fizik-kimyoviy xossalarini xisobga olish kerak. (sirka kislota angidridi, atseton, etil efiri, xlorid kislotasi, fenil sirka kislotasi, sulfapt kislotasi, toluol).
Tez alanga oluvchi prekursorlarni mineral kislotalar (ayniqsa oltingugurt va azot kislotalari), siqilgan gazlar, yonuvchi moddalar (o‘simlik yog‘lari, oltingugurt, bog‘lov vositalari), shunigdek, organik moddalar bilan portlovchi aralashmalar (kaliy xlorat,kaliy permangant),kaliy xromat va xokazolar) xosil qiluvchi noorganik tuzlarni birga saqlash taqiqlanadi.
Prekursorlar bilan ishlaganda (qadoqlash, joydan-joyga tashish, yuklash)extiyotkorlik choralari ko‘rilib, idishning xolati, germetikligi, to‘g‘riligini doimiy kuzatib turgan xolda ilashi lozim.
Tez alanga oluvchi prekursorlarn zich berkiladigan, mustaxkam shishali yoki metall idishlarda saqlanadi. SHisha idishlar, ballon va boshqa katta xajmli idishlarning balandligi bo‘yicha bir qator qilib saqlanadi. Ularni bir necha qatorga, isitish manbalari yaqiniga qo‘yish taqiqlanadi. So‘kchak va isitish manbasi orasidagi masofa bir metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |