Farmatsevtika soxasida logistika
Farmatsevtika sanoati korxonalarida ishlab chiqarilgan dori vositalarini iste’molchiga etib kelishigacha bo‘lgan, tashish, saqlash, qadoqlash, o‘rash, tamg‘alash kabi ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon tovar xarakati deyiladi.
Mahsulot harakati - bu xom ashyoni olishdan boshlab, toki tayyor dori vositasini ishlab chiqargungacha bo‘lgan jarayondir.
Bu ikki okim xarakatini birlashtirilishidan yangi moddiy oqim paydo bo‘ladi. Bu oqimni “Logistika” oqimi deyiladi.
“ Logistika” grekcha atama bo‘lib, logos – idrok, logismos – hisoblash va fikrlash, logo – o‘ylash va muxokama qilmoq, logistika – xisob-kitob qilmoq san’ati degan ma’noni bildiradi.
Zamonaviy logistika nisbatan yangi fan bo‘lib, u oqim jarayonini, ya’ni moddiy, moliyaviy va axborot oqimlarini o‘rganadi. Demak, logistikaning ob’ekti bu oqimdir.
Logistikaning ob’ekti deganda, ho‘jalik yuritish va iqtisodiy tizimlardagi tovar-moddiy resurslarning fizik harakati va u bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy resurslar va axborotlarning maqsadli harakati tushuniladi.
Logistikaning sub’ekti deganda, tovar-moddiy resurslar, moliyaviy va axborot resurslarining harakatini rejalashtiruvchi, tashkil qiluvchi va nazorat qiluvchi jismoniy shaxslar (logistika menejerlari) va xizmatlar (yuridik shaxslar, ya’ni bo‘limlar, firmalar)ga aytiladi.
Farmatsevtika soxasida logistika – Dori vositalari muomalasida farmatsevtik mahsulotlar harakatining o‘z yo‘nalishini ajratish mumkin. Bu jarayon hom ashyo, substansiya olish yoki dorivor o‘simlikni o‘stirishdan boshlab, to tayyor dori vositasini iste’molchi tomonidan sotib olingunga qadar bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Ulgurji tizimni farmatsevtik bozorda taraqqiy etishda logistik yondashuvlarini qo‘llash farmatsevtika iqtisodiyotida ilmiy rivojlanishini ta’minlaydi.
Farmatsevtik logistika- farmatsevtik tovarlar oqimini boshqarish va qulaylashtirish xaqidagi ilmiy va amaliy faoliyatdir.
Xom ashyo materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonaga, tayyor mahsulotni iste’molchiga etqazish jarayonida iste’molchining talab va istaklarini xisobga olgan xolda moddiy va nomoddiy oqimlarni rejalashtirish, nazorat qilish va boshqarish to‘g‘risidagi fan logistikadir.
Logistika moddiy, moliyaviy va axborot okimlarini xarakatini optimallashtirish va xarajatlarni minimallashtirish maqsadida boshqarish yunalishlarini belgilaydi. Logistika jarayonida makro va mikrologistika yo‘nalishlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |