Bemorlarga konsultatsiya berish tartibi.
OTC – vositalarini ishlatishda ratsional foydalanish javobgarligi asosan iste’molchi zimmasida. Bunda, farmatsevt qiziqtirilayotgan dori vositasi haqida albatta to‘liq va ob’ektiv ma’lumot berishi kerak. Bu tadbirda farmatsevtlarni asosiy vazifalari sifatida quyidagilar keltirilgan:
- retseptsiz sotiladigan dori bo‘yicha to‘liq ma’lumot berish, ishlatilishi, xususiyatlari, bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojuya ta’sirlar, dori vositalari va oziq-ovqatlarning o‘zaro ta’sirlari va boshqalar;
- ma’lumot beruvchi varaqa (yo‘riqnoma) mavjudligini tekshirish, saqlash, ishlatish muddati, vosita o‘rov materiallarini butunligi;
- mijoz talabi bo‘yicha dori vositasi xususiyatlari to‘g‘risida chuqurroq ma’lumot berish;
- ratsional ishlatish va saqlash sharoitlarini ko‘rsatish;
- iste’molchilar orasida tarqaladigan reklama bukletlarini, prospektlarini, broshyura, lifletlar bilan tanishtirish va ob’ektiv xulosa berish.
Jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti 90 – yillar boshida Sog‘liqni saqlashni milliy tizimini rivojlantirishda yangi strategik yo‘nalishni aniqladi. Bu har bir bemorga sifatli tibbiy va farmatsevtik yordam ko‘rsatishdir.
Farmatsevtik yordam – aholi kasalligini oldini olish va sog‘ligini ta’minlash bo‘yicha farmatsevtni va shifokorni faol ishga jalb qilishdir. U aniq bemor oldida dori vositasini sotilishidan boshlab to uni oxirgi ta’sirigacha davolanish natijalarida farmatsevt faol ishtiroki va nazoratini ta’minlaydi.
Sifatli farmatsevtik yordamni o‘tkazish uchun quyidagi sharoitlar zarurdir:
Birinchidan, farmatsevtlar farmakologiya, patofiziologiya, bioximiya, farmakokinetika va keng tarqalgan kasalliklarni davolash sxemasi farmakodinamikasidan etarli bilimga ega bo‘lishlari kerak.
Ikkinchidan, farmatsevtik bozorga tushadigan ma’lumotlarni to‘g‘riligini nazorat qilish tizimi mavjudligi.
Uchinchidan dori vositalari va uni nojo‘ya ta’sirlari bo‘yicha to‘liq hajmda va professional bilimga ega bo‘lishlari kerak.
To‘rtinchidan, kompaniya vakillari, shifokorlar, dorixonaga keluvchi bemorlar bilan muloqotda farmatsevt professional axloq va etika, deontologiya me’yorlariga rioya qilishi zarur.
Farmatsevtik yordam o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- optimal dori shakllarini va dori vositalarni iste’mol yo‘llarini tanlash;
- turli dori vositalarni bir vaqtda ishlatish qoidalarini tushuntirish;
- individual dozalash xususiyatlarini aniqlash;
- dori vositasi va oziq-ovqatni o‘zaro ta’sirini tushuntirish;
- dori vositani qabul qilishda kerakli vaqtni to‘g‘ri aniqlash;
- inson organlari funksiyasiga dorilarni nojo‘ya ta’sirini ko‘rsatish;
- vositalarni saqlash bo‘yicha tegishli amaliy yordam ko‘rsatish;
- retseptsiz sotiladigan dorilar mavjud bo‘lmaganda o‘xshash dorilar bilan almashtirish;
- iste’molchilarga retseptsiz sotiladigan dorilarning zamonaviy ro‘yhati, narhi, ishlab chiqaruvchi firma va boshqalar haqida ma’lumotlar berish.
Farmatsevtik yordam milliy Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish sharoitlarida javobgar mustaqil o‘z-o‘zini davolanish konsepsiyasini normal rivojlanishida muhim sharoitlaridan hisoblanadi.
Nazorat savollari
Retseptsiz beriladigan dori vosiutalar ro’yhati
Bemorlarga konsultatsiya berish tartibi
Do'stlaringiz bilan baham: |