Farididdin Attorning "Ilohiynoma"


FARIDIDDIN ATTOR G‘OYALARI VA ASARLARINING KEYINGI



Download 0,93 Mb.
bet8/9
Sana29.05.2022
Hajmi0,93 Mb.
#616096
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Farididdin Attorning Ilohiynoma

FARIDIDDIN ATTOR G‘OYALARI VA ASARLARINING KEYINGI
DAVRLARDAGI TA’SIRI

Attorning tasavvuf g‘oyalarini ilgari surgan holda yozgan asarlari undan keyingi fors, shuningdek, O‘rta Osiyodagi turkiy tilli xalqlar tasavvuf ta’limoti va adabiyotiga zo‘r darajada ta’sir ko‘rsatgan.
Attorning ta’limoti birinchilardan bo‘lib ijodiy vorislik qilgan, uni boyitib yana bir pog‘ona yuqori ko‘targan kishi bolaligida otasi bilan Attorni yo‘qlagan, uning nazariga tushib, u hadya qilgan “Asrornoma” asarini eng qimmatli yodgorlik qatorida yonidan qo‘ymagan mavlono Jaloliddin Rumiy bo‘lgan edi. U tasavvuf adabiyotini boytish ham qanot yoydirishda Attordan atroflicha ruhiy oziq oldi, Attorni o‘zining ustozi deb bildi.
Jaloliddin Rumiy Attorning tasavvuf ta’limotidagi ustozlik o‘rnini nazarda tutib, uni yana bir mashhur tasavvuf shoiri Sanoiy bilan tenglashtiradi.

Attor ruh budu, Sanoyi du chashmi o‘,
Mo az payi Sanoiyu Attor omadem.

Ya’ni:
Attor ruh edi, Sanoiy uning ikki ko‘zi edi, biz Sanoiy ham Attorning ortidan ergashib keldik1 .
Keyingi o‘rta asrlar Sharq mumtoz adabiyoti vakillari ichida mayli chuqur yoki qisman bo‘lsin, Attorning ta’siridan bahramand bo‘lmaganlar deyarli yo‘q darajada edi. Mayli, tasavvuf ta’limoti nuqtasidan bo‘lsin yoki falsafiy she’riyat nuqtasidan bo‘lsin, Attor hamon jozibali, sehrli kuchi orqali ijodkorlarni o‘ziga jalb qilib keldi va kelmoqda. Keyingi davrlardagi fors mutafakkirlaridan Hofiz Sheroziy (1300–1389, Abdurahmon Jomiy (1414–1492), Alisher Navoiy (1441–1501) kabi mutafakkir shoirlar bolalik chog‘laridan Attorni sevib, Attorning ta’siridan behad bahramand bo‘lganlar.
XV asrga kelganda turkiy she’riyat dahosi Alisher Navoiy Attor ta’limotini turkiy tilda ijodiy sharhlab, uning turkiy tilli xalqlar orasidagi o‘rnini yuksaklarga ko‘tardi. U Attorga nazira tarzida yozgan “Lison-ut-tayr” (“Qush tili”) nomli asarida Attor haqida bunday deb yozadi: “U menga tilning mushkullarini o‘rgatib, meni bu tilning ustozi qilib tarbiyaladi. Bu til sohasida shunday yetildimki, qushlarning so‘zlarini turkiy til bilan so‘zladim, turklarcha sozlarga solib, turklarcha kuy va qo‘shiqlarni jo‘r qildim; sarxushlik ichida go‘yoki yoqimli sayraguchi qushdek navo qildim”.

Ko‘ramizki, Amir Alisher Navoiy hazratlari bolaligidayoq Farididdin Attorning “Mantiq-ut-tayr” asarini o‘qib va hatto yod olib, uni qo‘lidan tushirmagan va bu asar unga kelajakda buyuk shoir bo‘lishida so‘zsiz ulkan ilhombaxsh ta’sir ko‘rsatgan. Darvoqe, Navoiy Attor g‘oyalari va ijtimoiy ta’sirini turkiy xalqlar orasida tarqatib, forslar va turkiy xalqlar o‘rtasidagi g‘oyaviy hamda adabiy aloqalarni yana bir pog‘ona yuklashtirishda g‘oyat zo‘r ahamiyatga ega ko‘prik vazifasini o‘tagan mutafakkirlarning biridir. Attorning “Pandnoma” kabi bir qism asarlari Sharq musulmon xalqlari, ayniqsa O‘rta Osiyodagi turkiy xalqlar orasida muntazam o‘quv qo‘llanmasi sifatida qo‘llaniladi. Bu bilan Attorning ta’sir doirasi yanada kengayib, o‘qimishli odamlarning deyarli hammasi Attor ruhidan qurbi yetguncha bahramand bo‘lish imkoniyatiga muyassar bo‘lganlar.
Attorning “Muxtornoma” nomli asari noma’lum tarjimon tomonidan Sulton Salim davri (1566-1574 yillar)da turkchaga tarjima qilingan.
XV asrda yashagan Muhammad Badaxshoniy “Mantiq-ut-tayr”ni qisqartirib yozib turk sultoni Boyazid I ga taqdim qilgan
XVIII asrning boshlarida yashagan xo‘tanlik shoir Ibrohim ibn Yusuf al Xo‘taniy “Mantiq-ut-tayr”ni uyg‘ur tilida yetuk ijodiy barkamollikda amalga oshirgan.
Attorning “Musibatnoma” nomli asari Sulton Murodning topshirig‘i bilan Pirmuhammad ismli tarjimon tomonidan “Tariqatnoma” degan nom bilan usmonli turk tiliga tarjima qilingan.
Attorning “Ilohiynoma” nomli asari ham Sulton Murodning topshirig‘i bilan Shamsiddin Ahmad Sivosiy degan kishi tarafidan turkiy tilga qisqartirib tarjima qilingan.
“Pandnoma” turk, farang, olmon, lotin va hind tillariga tarjima qilingan, ko‘p marta sharhlar yozilgan. Bu asarning tarjimon Ubaydulloh tomonidan 1899 yili amalga oshirilgan turkiy tarjimasi “Buloq” jurnalining 1999 yil 2-sonida e’lon qilingan.
“Tazkirat-ul-avliyo”ning uyg‘ur tiliga qilingan bir tarjima nusxasi fors milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Asarning 1890 yili nashr qilingan fransuzcha tarjimasi ham bor. Turkiyada uning turkchaga o‘girilgan tarjimalari mavjud.
“Gumgumnoma”ning ruschaga va turkchaga qilingan tarjimalari ham bor. Asarning turkcha tarjimasi 1873 yili Qozon dorilfununi matbaasida nashr qilingan.
Kezi kelganda yana shuni ham qo‘shib qo‘yishga to‘g‘ri keladiki, tarixda Attor asarlari uzluksiz tarzda ko‘chirilib tarqatilib kelingan, juda ko‘p tillarga ag‘darilgan hamda sharhlangan. Bu haqda maxsus izlanishga, atroflicha tadqiqotlar olib borishga to‘g‘ri keladi.


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish