Farididdin Attorning "Ilohiynoma"


FARIDIDDIN ATTORNING ASARLARI



Download 0,93 Mb.
bet2/9
Sana29.05.2022
Hajmi0,93 Mb.
#616096
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Farididdin Attorning Ilohiynoma

FARIDIDDIN ATTORNING ASARLARI

Attor hayotda ko‘p bora qiyinchilik va talon-tarojlarga duch kelgan, hayotning og‘ir sinovlari, larzali qismatlarni o‘z boshidan kechirgan, xotirjam yashash imkoniyati unda juda oz bo‘lishiga qaramay, uning ijodiyoti baribir samarali kechgan. U har tomonlama, chuqur ahamiyatga ega talay asarlarni kelajak avlodlarga abadiy meros qilib qoldirgan. Davlatshoh Samarqandiy “Tazkirat-ush-shuaro” nomli asarida Attor asarlarining umumiy hajmini 250 ming baytga yaqin deb ko‘rsatganligi ma’lum.
Olmoniyalik sharqshunos olim Helmut Ritterning “Islom qomusi”da bosilgan ma’lumotida Attor asarlari yozilish tartibi bo‘yicha quyidagidek ko‘rsatilgan:
1) “Haydarnoma”. Bu asar bizning davrimizgacha yetib kelmagan. 2) “Devon” – she’rlar. 3) “Javohirnoma”. 4) “Sharhul-qalb” – “Qalb sharhi”. 3-, 4-asarni Attorning o‘zi yo‘qotgan. 5) “Xusravnoma”. 6) “Asrornoma”. 7) “Man-tiq-ut-tayr”. 8) “Musibatnoma”. 9)”Muxtornoma”. 10) “Ilohiynoma”. 11) “Bul-bulnoma”. 12) “Pandnoma” (“Nasihatnoma”). 13) “Tazkirat-ul-avliyo” (“Avliyolar tazkirasi”). 14) “Me’rojnoma”. 15) “Gumgumnoma”. 16) “Vuslatnoma”. 17) “Ush-turnoma”. 18) “Javhar-uz-zot”. 19) “Hallojnoma”. 20) “Basirnoma”. 21) “Mazhar-ul-ajoyib” (“Mo‘jizaning ko‘rinishi”). 22) “Lison-ul-g‘ayb” (“G‘oyiblar tili”). Yuqoridagilardan boshqa “Haft vodiy” (“Yetti vodiy”), “Hayiatnoma” (“To‘quvchilik haqida”). “Vasiyatnoma”. “Kanzul – haqoyiq” (“Haqiqatlar xazinasi”). “Kanzul asror” (“Sirlar xazinasi”). “Ixvonus safo” (“Pok birodarlar”). “Valadnoma” (“Tug‘ilish haqida”). “Miftoh-ul-futuh” (“Hukmronlar kaliti”) kabi qator asarlarni tadqiqotchilar Attor deb qarashadi.
Helmut Ritter Attor asarlarini mazmun va uslub jihatidan uch davrga bo‘lish mumkin deb qaraydi:
Birinchi davr: Attor she’riyatning borliq sirini yaxshi biladigan san’atkor ustoz sifatida ko‘zga tashlanadi. Asarlaridagi kichik charjavali (hoshiyali) rivoyatlarga tasavvufga xos ma’no va mazmunlarni juda kuchli mahorat bilan singdirgan holda amalga oshiradi.
Ikkinchi davr: Attor ijodida reja va tartibga unchalik ahamiyat berilmaydi. Attorning o‘ziga xos fazilatlaridan biri shuki, she’riy asarlarida bir so‘z xabar misraning boshida davomli takrorlanib keladi. Hatto bir so‘z, ketma-ket hayajon bilan 100 marotabadan ko‘proq takrorlanadigan hollar ham mavjud. Attordagi bu xususiyat dunyo adabiyotida deyarli uchramaydi.
Uchinchi davr: Attorning hayajonli, shiddatli ijodiyoti biroz sustlashgani ko‘rinadi.
“Devon” – bu Attorning g‘azal va boshqa lirik she’rlaridan tarkib topgan she’rlar to‘plami bo‘lib, unda Attorning tasavvuf g‘oyalari bir xil lirik tuyg‘ularda yo‘g‘rilib ifodalangan.
“Xusravnoma” – bu masnaviy shaklida yozilgan ishq-muhabbat dostoni bo‘lib, dostonda, Rum imperiyasining imperatori Qaysarning bir kanizagidan bo‘lgan o‘g‘li – Xisrav bilan Xuziston podshohining qizi Gul o‘rtasidagi muhabbat voqealari tasvirlangan.
“Asrornoma” – bu Attorning tasavvuf ruhi bilan sug‘orilgan dostonlaridan birinchisidir. Doston 26 maqolatdan (bobdan) iborat bo‘lib, tasavvufga xos mazmunlar qisqa hikoyalar vositasida izohlangan.
“Mantiq-ut-tayr” – bu Attorning eng mashhur asari. Dostonda Attorning falsafiy qarashlari, tasavvuf tushunchasi nozik, atroflicha sharhlangan. Doston asosan hikoya va ko‘pgina qissa, rivoyatlar, masal, matallardan tarkib topgan.
“Muhabbatnoma” – bu doston ham Attorning tasavvuf g‘oyalari bilan sug‘orilgan. Dostonda bir solik (suluk ahli, tariqat yo‘liga kirgan murid) pirning amri bilan ilohiy zotni izlab, ruh arshga sayohat qilib, Isrofil, Mikoyil, Azroyil va boshqa farishtalarning yordamida jannat, jahannam, quyosh, oy, to‘rt anosir, to‘rt unsur tog‘, dengiz, hayvonot, qushlar, Iblis, Odam, Nuh, Ibrohim, Muso, Dovud, Iso, Muhammad, Aql, His, Xayol, Qalb va Jon bilan uchrashadi. Eng oxiri u ilohiy zotni o‘z qalbidan topadi. Bu dostonning asosiy hikoyasi ilohiy zotni izlash jarayonidagi qayg‘u-alamlarning bayonidan iborat bo‘lib, unga yana ko‘pgina kichik hikoyatlar ham kiritilgan.

Ilohiynoma” – ushbu doston 300 dan ziyod hikoyat va qissadan tarkib topgan. Unda bir podshoh o‘zining olti o‘g‘lini huzuriga chorlab: “Dunyoda eng yaxshi ko‘radigan narsanglar nima?” deb so‘raydi. Podshohning birinchi o‘g‘li parilar podshohining qizini, ikkinchi o‘g‘li sehrgarlikni, uchinchi o‘g‘li Jamshidning jomini, to‘rtinchi o‘g‘li obihayot (tiriklik suvi)ni, beshinchi o‘g‘li Sulaymon uzugini, oltinchi o‘g‘li oltinlarga ega bo‘lishni yaxshi ko‘rishliklarini bayon qiladilar. Podshoh olti o‘g‘lining orzusiga qarata tasavvuf g‘oyasidagi ibratlik hikoyalarni keltirib, ularni to‘g‘ri yo‘lga undaydi. Bu hikoyatlarda Attorning podshoh tilidan bergan mulohazalari alohida ahamiyatga ega.
“Bulbulnoma” – bu kichik bir doston bo‘lib, unda qushlar Sulaymon payg‘ambarga, bulbul saharlari gulning ishqida sayrab oramizni buzayapti, degan mazmunda arz qiladi. Sulaymon payg‘ambar bulbulni huzuriga chaqirtiradi va buning uchun uni bir umr faryod chekishga amr qiladi.
“Pandnoma” – bu asar Attorning odob-axloq masalalariga bag‘ishlangan didaktik dostoni bo‘lib, unda, kishilik turmushidagi har xil yaxshi-yomon aqida-udum, ish-harakat, so‘z va hodisalar chuqur amaliy asoslar bilan ijobiy nuqtadan sharhlab berilgan. Mazkur asar Eron va O‘rta Osiyo muzofotida ta’lim-tarbiya ishlaridagi eng muhim darslik qatorida qo‘llanilgan.
“Tazkirat-ul-avliyo” – bu Attorning birdan-bir nasriy shaklda yozilgan asari bo‘lib, unda talay avliyolarning ijod yo‘llari yoritiladi. Asar tasavvuf ta’limotining taraqqiyot jarayoni va g‘oyaviy asoslarini tadqiq etishda muhim manba sifatida ulkan ahamiyatga egadir.
“Me’rojnoma” – asarida esa Muhammad payg‘ambarning Buroqqa minib, yettinchi osmonga chiqqanligi va u yerda Ollohning jamoliga muyassar bo‘lganligi haqidagi holatlar bayon qilingan.
“Gumgumnoma” – asari kichik bir hikoyatdan iborat bo‘lib, unda Iso payg‘ambar cho‘lda bir bosh suyakni topib olib, duo bilan uni tiriltiradi hamda u bilan suhbatlashadi. U yetti iqlimga hukmron bo‘lgan bir podshohning boshi bo‘lib, payg‘ambarga o‘zining kechmishlarini so‘zlab beradi. Iso alayhissalom uni imonga da’vat qiladi, u imon aytib bir fursatdan keyin yana bungacha bo‘lgan asli holatiga, oxiratiga qaytadi.
“Vuslatnoma” – ushbu asar vahdati vujud g‘oyalari va so‘fiylarga xos hikoyatlardan tarkib topgan bo‘lib, unda Mansur Halloj voqeasi asosiy o‘rinda turadi.
“Ushturnoma” – asosan hikoyatdan iborat bo‘lsa-da, lekin bayon qilish usuli tarqoq bo‘lib, bu asarda takroriy jumlalar juda ko‘p uchraydi. Asarning markaziy g‘oyasi tasavvuf ta’limotini oldinga suradi. Asarda bir qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchi o‘z qo‘g‘irchoqlarini sahnada navbatma-navbat o‘ynatgandan so‘ng, sandiqqa solib qulflab qo‘yadi. Attor bu orqali ilohiy zotning olamdagi maxluqotlarni ana shu qo‘g‘irchoq qatorida ko‘rishligiga ishora qiladi. Asardagi yana bir hikoyatda bir murid ilohiy zotni izlab yetti qavat sirlar pardasini ochadi va oxiri g‘aroyib bir ahvol ostida o‘zlikni tushunadi. G‘oyibdan kelgan bir sado orqali murid bir mozordan sirli bir kitobni topib oladi. Kitobda ilohiy zotga yetishning yo‘llari ko‘rsatilgan bo‘lib, bu yo‘l Mansur Hallojning fano ta’limoti, ya’ni ilohiy zotni izlagan odam o‘zining jismoniy istaklaridan qutulish zarurligi haqidagi fikri bo‘lib chiqadi. Bu asardagi hikoyatlarning deyarli hammasi ramziy ma’noga egadir.
“Javhar-uz-zot” – asaridagi asosiy fikr oqimi fanolik bo‘lib, unda tomchining dengizga qo‘shilganiga o‘xshash insonning ilohiy zotga qo‘shilishi yo‘lidagi otashin istaklar o‘z ifodasini topgan. Asarning asosiy qismini vujuddagi ilohiylikni tushunib, o‘zini dengizga otgan bir yosh bolaning hikoyasi tashkil qiladi. Asarda yana, cho‘lda o‘sgan bir qamishning ilohiy sirlardan xabardor bo‘lganligi, qamish kesilib nay qilingandan keyin, o‘sha sirlarni fosh qilganligi voqeasi hikoya qilinadi. Bu yerda Attor qamish vositasi orqali hazrati Alining ilohiy sirlar sohibi ekanligini ta’kidlaydi. Asarda o‘rtaga qo‘yilgan yana bir g‘oya, inson o‘zining moddiy vujudida kichik ilohiy javohirni asrashi kerak, shunday qilgandagina ilohiy zotni bilish sharafiga muyassar bo‘ladi, degan fikrdan iboratdir. Attor bu asarda umuman ilohiy zotning vasliga yetishish mumkinligi haqidagi yuksak g‘oyalarni sharhlaydi.
“Hallojnoma” – Attor bu asarida asosiy maqsadni Hallojning fazilatlarini bayon qilish va sharhlashga qaratadi. Attor Mansur Halloj va uning g‘oyasini yuksak darajada ideallashtirib, uni haqiqatni tanib yetgan barkamol inson ramzi deb qaraydi. Mansur Hallojning “anal haq” (“men haqman”) g‘oyasining asoslarini har tomonlama dalillab, qizg‘inlik bilan kuylaydi. Bu orqali o‘zining Mansur Halloj g‘oyasiga bo‘lgan moyilligini nomoyon qiladi.
“Basirnoma” – Attorning kichik dostonlaridan biri bo‘lib, unda ham fano, baqo, ilohiy zotning ruhi va nuriga o‘zini baxshida qilish masalalari olg‘a surilgan.
“Mazhar-ul-ajoyib” – bu asar Attor ijodiyotining uchinchi davri boshlaganini ko‘rsatadi. Dostonda hazrati Ali siymosi asosiy o‘rinda turadi. Undan boshqa Attorning hayoti, tarjimai holiga oid qisqa parchalar va Attorga aloqador boshqa ma’lumotlar ham mana shu asardan o‘rin olgan.
“Lison-ul-g‘ayb” – bu Attorning mashhur asarlaridan biri bo‘lib, unda shia mazhabiga bo‘lgan hurmat va ixlos tuyg‘ulari alohida ko‘zga tashlanib turadi. Hazrati Ali va uning avlodlari iftixor bilan ulug‘lanadi. Attorning o‘tkinchi dunyo g‘avg‘olaridan xalos bo‘lib, yashirin, tanho holda o‘zini xudoga bag‘ishlash hislari haqidagi oshiqlarga xos qarash va mulohazalari bayon qilinadi.
Yuqoridagi asarlar ichida “Javhar-uz-zot” uch kitobdan iborat bo‘lib, “Hallojnoma” bilan “Vuslatnoma” shu asarga taalluqli ikki kitob hisoblanadi degan qarashlar ham mavjud. Hatto ba’zilar, yuqoridagi asarlar ichidagi ayrim mashhur asarlarni Attorga taalluqli emas, boshqalar tomonidan yozilgan deganga o‘xshash qarashlarni ham o‘rtaga qo‘ygan. Bular hali Attor asarlarini izlash, tadqiq qilish hamda nashr etishni taqozo etadigan murakkab jarayonlardan biridir deyish mumkin.


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish