11-mavzu. “Farhod va Shirin”ni sharhlab o‘qitish
REJA:
1. Muqaddimaviy boblarda shoir dunyoqarashining in’ikosi.
2. Dostondagi shoir avtointerpretatsiyasi bilan bog‘liq baytlar sharhi.
3. Ularning doston g‘oyasini ochishdagi o‘rni.
Alisher Navoiy "Xamsa"si, ko’rib o’tilganidek, ikki xil qurilmaga asoslangan
dostonlardan iborat. Agar "Hayrat ul -abror" fikriy-nazariy maqolotlar va kichik
hikoyalardan tarkib topgan bo’lsa, "Xamsa"ning boshqa to’rtta dostonlari sujetli,
ya`ni ma`lum qahramonlarning turli xildagi faoliyatlarining badiiy tasviridan
iboratdir. Ana shunday sujetli dostonlarning birinchisi "Farhod va Shirin"dir.
Shuni eslatish lozimki, Farhod, Shirin va Xusrav haqidagi qissa, rivoyat va
dostonlarning yaratilish tarixi ancha qadimiydir.
Xusrav-Shirin-Farhod sujeti tarixiga oid ma’lumotlar.
Ko’pgina sharqshunoslarning tadqiqotlarida qayd qilinganidek, bu qissa aslida
tarixiy shaxs bo’lmish Xusrav Parvez bilan bog’lidir.
Xusrav Parvez binni Hurmuz sosoniylar sulolasiga mansub shohlardan bo’lib,
u 590-628 yillar orasida hukmronlik qilgan. Uning shaxsiy va davlat arbobi
sifatidagi fazilatlari zamondoshlari bo’lmish misrlik Simokatta va arman tarixchisi
Sebeosdan boshlanib, XV asr tarixchilaridan Mirxond va Xondamirning asarlarida,
jumladan Alisher Navoiyning "Tarixi muluki Ajam"ida ham bayon etilgan. (MAT,
20 tomlik, 16 tom, 215-218-betlar).
Tarixiy asarlar, yodnomalarda Xusrav va Shirin muhabbati, hatto Shirin
Xusravning jufti haloli ekanligi haqidagi ma`lumotlar bor. Ammo X asrgacha
bo’lgan davrdagi manbalarda Farhod eslanmaydi. Faqat X asr tarixchisi Abu Ali
Muhammad al-Bal`amiyning "Tarixi Tabariy"ni fors tiliga o’girgan nusxasida
Xusrav va Shirin tarixi bayonida Farhodning tilga olingani kuzatiladi.
Keyinchalik
esa
u
badiiy
tarzda
bitilgan
dostonlarning
asosiy
qahramonlaridan biri bo’lib qoladi. Shunday qilib, mazkur qissaning asosini tarixiy
voqelik, ya`ni tarixiy shaxslar hayotidagi voqealar tashkil etsa-da, ammo
keyinchalik bu tarixiylik faqat nomlarda saqlanib qolib, voqealar, sarguzashtlar
bayonida badiiylik qonuniyati amal qila boshlaydi. Natijada, bu mavzuga murojaat
etgan har bir shoir o’zining ijodiy maromi, dunyoqarashi va estetik mezonlari
asosida asar yaratdi. Shuninг natijasida bunday asarlarda tarixiylikdan ko’ra badiiy
yaratuvchilik me`yori etakchilik qilib, undagi obrazlar, voqealarning talqini ham
turlicha yo’nalish va maqsadlarda amalga oshiriladi. Shundan-da, Xusrav, Shirin,
Farhod obrazlarining turlicha tasvirlari, har xil talqinlari maydonga keladi.
Jumladan, Abulqosim Firdavsiy "Shohnoma"sida Xusrav va Shirin tarixiy nuqtayi
nazardan tasvirlanib, unda Shirinni sevuvchi Farhod ko’rinmaydi. Balki unda tilga
olingan Farhod Xusrav sarkardalaridan biri bo’lib, Shiringa hech qanday aloqasi
bo’lmagan bir shaxs sifatida tasvirlangan. Nizomiy Ganjaviy bu mavzuga murojaat
etar ekan, avvalo unga tarixiylikni emas, balki badiiylik mezonini ustun qilib
qo’yadi, ikkinchidan esa obrazlar talqinini o’zgartiradi. Natijada Farhod toshyo’nar
hunarmand hamda Shirinni sevuvchi oshiq sifatida tasvirlanadi. Ammo u dostonning
voqealarida boshdan oyoq qatnashmaydi, balki sut kanalini qazish ehtiyoji
tug’ilgandan voqealar maydoniga kirib keladi. Xusrav Dehlaviy ham o’z
"Xamsa"sini yozayotganda bu mavzuga murojaat qilganda, unga xuddi Nizomiyda
bo’lganiday, badiiylik mezonidan kelib chiqib munosabat qiladi. Buning natijasida
Xusrav Dehlaviy qalamiga mansub "Shirin va Xusrav" dostoni qurilmasida ham,
uslubi va obrazlar talqinida ham Nizomiydan farq qiladigan tomonlar anchagina.
Jumladan, Xusrav Dehlaviy Farhodni Chin xoqonining o’g’li sifatida qalamga olib,
Shirinni sevuvchi oshiq sifatida tasvirlaydi. Bunda Shirin ham Farhodni sevajagini
e`tirof etadi (bu e`tirof Nizomiyda yo’q). Xusrav Dehlaviy dostoni voqealarida
Farhodning ishtiroki Nizomiy dostonidagidan ko’ra ko’proq, kengroq. XIV asrga
kelib, Ardabil shahridan (Ozarboyjon) bo’lgan Orif Ardabeliy "Farhodnoma" nomli
doston yaratdi. Bu doston 717 hijriy- 1369 yilda fors tilida yozilgan.
XV asrda yashagan Ashraf Marog’aviy ham o’z "Xamsa" si tarkibida Farhod,
Shirin va Xusrav qissasidan bahs yurituvchi "Shirin va Xusrav" dostonini kiritgan.
Alisher Navoiyning qayd qilganidek, Ashraf ham bu mavzuga o’zgacha tarzda
yondashgan ekan:
Bu maydonga chu Ashraf surdi markab,
Bu so’zni o’zga nav` etti murattab.
Ko’rinadiki, Alisher Navoiy mazkur mavzuga murojaat qilgunga qadar unga
ko’pgina mualliflar turli xilda yondashib, dostonlar bitganlar. Alisher Navoiy
bularning ko’pidan xabardor edi. U o’zigacha yozilgan asarlardan farq qilguvchi
yangi dostonni yaratishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yganini shunday ifoda etgan:
Burun jam` et nekim bo’lg’ay tavorix,
Borida ista bu farxunda tarix.
Topilg’ay shoyad andog’ bir necha ko’z,
So’z aytur elg’a ul yon tushmagan so’z.
Ani nazm etki tarhing toza bo’lg’ay,
Ulusqa mayli beandoza bo’lg’ay.
Bu she`riy parchada qiziq bir ishora bor: Alisher Navoiy o’ziga murojaat qilib
aytadiki, sen Farhod, Shirin va Xusrav mavzusiga oid barcha tarixni ko’zdan
kechirib, Nizomiy, Xusrav Dehlaviylar dostonlarida uchramaydigan lavha,
voqealarni topgil.
“Farhod va Shirin” dostoni kompozitsiyasi va sujeti.
Alisher Navoiy mavzuga doir ko’pgina tarixlarni ko’zdan kechirgan. Shunisi
ham borki, bu tarixlar faqat yozma manbalardan iboratmi yoki xalq og’zaki
ijodidagi shu mavzuga oid tarix - rivoyatlarni ham qamrab oladimi-yo’qmi, bu haqda
aniq aytilmagan. Buni eslatishdan maqsad shuki, Farhod Shirin haqidagi qissa faqat
yozma manbalarda, dostonlardagina emas, balki xalq og’zaki ijodida ham X-XI
asrlardan boshlab ko’zga tashlanadi. Ana shulardan biri Xorazmdagi mashhur Dev
qal`a yodgorligi bilan bog’liq rivoyatdir. Unda Farhod dev tarzida , ya`ni odamzod
bajara olmaydigan ishlarni amalga oshiruvchi sifatida tasvirlanadi. Yoki, Sirdaryo
vohasidagi Farhod tog’i va Shirin suvi bilan bog’lanadigan rivoyat ham ana shu
xildagi qissalardandir. Bu qissa - rivoyatlardagi ko’pgina lavhalar- Farhodning
toshyo’narligi, oddiy insonlar bajara olmaydigan ishlarni bajara olishi, Shirin
xohishi bilan suv arig’i qazilgani, Farhodning makkor kampir hiylasi bilan vafoti va
boshqalar Alisher Navoiy dostonidagi voqealar bilan hamohangdir. Shunday bo’lsa-
da, Alisher Navoiy bu qissa- rivoyatlardan xabardor edimi-yo’qmi bu haqda aniq
mulohaza yuritish qiyin. Har holda Alisher Navoiy o’z dostonini yozishdan oldin
juda ko’p manbalarni ko’rib, ulardan ajralib turadigan go’zal dostonini yaratgan.
Darhaqiqat, Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin"i undan oldin shu mavzuda
yozilgan dostonlardan, xususan, Nizomiy va Xusrav Dehlaviy talqinidagi
dostonlardan tubdan farq qiladi. Bu farq, eng avvalo, ustozlar tomonidan qalamga
olingan Farhod obrazining butun bir dostonning bosh qahramoni sifatida talqin
qilinishida, Farhodni yaxlit bir ideal obraz- komil inson darajasida tasvirlanishida
ko’zga yaqqol tashlanib turadi. Bu jarayonda Alisher Navoiyning dostonda
Farhodning ishqu muhabbatdagi "so’zu dard"- kuyish va dardlariga alohida e`tibor
berganini o’qtirish lozim. Bu xaqda Alisher Navoiy shunday yozadi:
Bo’lurdin dahr bo’stonida mavjud,
Emasdur g’ayri so’z-u dard maqsud.
Ki ishq ahlidin o’lg’ay dostoni,
Muhabbat xaylidin qolgay nishone. (MAT, 8-tom, 45-bet)
Demak, Farhod timsoli yaratilar ekan, garchi u Chin xoqoni o’g’li bo’lsa-da,
ammo unda "ishq ahli"ning komil insonning barcha fazilatlari mujassam etilgan.
Ana shu jihatdan Alisher Navoiy Farhodi ustozlar yaratgan Farhodlardan
mukammalligi bilan farq qiladi. Dostondagi boshqa obrazlar talqini esa ana shu
asosiy g’oya yo’nalishiga bo’ysindirilgan.
Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostoni 1484 yilda an`anaga ko’ra
aruzning hazaji musaddasi mahzuf (mafoiylun mafoiylun fauvlun) vaznida yozilgan.
Doston an`anaviy hamd va na`tlar bilan boshlanib, qalam vasfi, Nizomiy,
Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy haqidagi boblardan so’ng dostonning yozilish
sabablari va undan kuzatilgan maqsad bayoni beriladi. Shundan so’ng Badiuzzamon
mirzoga bag’ishlangan bob keladi. Bularning hammasi dostonning muqaddimasi
bo’lib, undan keyin Farhodning tug’ilishi, unga nom qo’yish bilan bog’liq hamda
Farhodning vafotigacha bo’lgan sarguzashtlari bayon qilinadi. Farhod vafot etgach,
Sheruya Xusravni o’ldirib, Shiringa talabgor bo’ladi. Shirin esa Farhod qabrida
uning yonida vafot etadi. Bu xabarni eshitgan Mehinbonu ham olamdan o’tadi.
huddi shu vaqtda Chindan Farhodni yo’qlab, Bahrom keladi, Farhod vafotini
eshitadi. Sheruyani yengib, Arman o’lkasida bir odil kishini podshoh qilib qo’yadi.
Dostonning voqeasi shu yerda tugaydi. Shundan so’ng yana ikki bob bor: biri
- Sulton Husayn Boyqaroning o’g’li Shohg’arib mirzoga bag’ishlangan bo’lsa,
ikkinchi va oxirgisi xotima - xulosa bo’lib, unda dostonning yozilish tarixi (889 h.
- 1484 m.) ham bayon etilgan:
Chu tarixi yilin onglay dedim tuz,
Sekiz yuz sekson erdi dog’i to’qquz, - (MAT, 8 - tom, 477 - bet)
Alisher Navoiy dostonining bosh qahramoni Farhoddir. Shoir e`tiroficha, u
ham, Xusrav Dehlaviyda bo’lganidek, Farhodni Chin xoqonining o’g’li sifatida
tasvirlaydi. Shunisi muhimki, xoqon oilasida dunyoga kelgan Farhodga nom qo’yish
masalasiga shoir alohida e`tibor berib, shu nomni talqin qilishda, Farhodning
tug’ilishi - kelajakdagi komil insonning tug’ilishi sifatida sharhlaydi.
Birinchi sharh:
Ki chun Xoqong’a tengri berdi farzand,
Bo’lub ul hadya birla shodu xursand.
Jamoli birla ko’nglin aylabon xush,
Otin qo’ymoq sori bo’ldi raqamkash.
Jamolidin ko’ringach, farri shohi,
Bu fardin yorudi mah to ba mohi.
Qo’yub yuz himmatu iqbol-u davlat,
Hamul far soyasidin topti ziynat.
Bu javharlarg’a chun isnod topti,
Murakkab aylagach Farhod topti. (MAT, 8 - tom, 66-67 - betlar.)
Keltirilgan misolning uchinchi va to’rtinchi baytlarida Farhod so’zining
ma`nosi quyidagicha sharhlangan:
Ikkinchi sharh:
Bu "far"ni "hodi"yi baxt etgach irshod,
Ravon shohzoda otin qo’ydi Farhod. (MAT, 8-tom, 67-bet.)
Bunda shoir "Farhod" so’zini ikki qismga - "far + hod" bo’lib shunday
sharhlaydi: shohlik shon-shukuhi va olijanob fazilatlar egasi bo’lgan shahzoda
Farhod - baxt tomon "hodiy"lik-yo’lboshchilik qiluvchi shaxsdir, ya`ni Farhod
baxtli bo’lishga intiluvchilar rohnamosidir.
Uchinchi sharh:
Anga farzona Farhod ism qo’ydi,
Hurufi ma`xazin besh qism qo’ydi.
Firoqu rashku hajru oh ila dard,
Biror harf ibtidodin aylabon fard.
Borin ustodi ishq etgach murakkab,
Tarakkubdin bu ism o’ldi murattab.
(MAT, 8-tom, 67-bet)
Bunda shoir Farhod so’zining har bir harfi "firoq", "rashk", "hajr", "oh" va
"dard" so’zlarining birinchi harflaridan iboratligiga ishora qilib, bu bilan Farhodning
"ishq" ahlidan ekaniga urg’u beradi.
Shunday qilib, "Farhod" so’ziga berilgan bu uch sharhga diqqat qilinsa, unda
shu nomga (Farhod) ega bo’lib, Alisher Navoiy tasvirlagan badiiy obrazning
mohiyati ochiladi hamda butun doston davomida u ana shunday fazilatlari bilan
namoyon bo’ladi.
Bu hol uning yoshligidan, maktabda o’qish jarayoni, ilm o’rganishidan ko’zga
tashlanadi. Alisher Navoiyning yozishicha, yosh Farhod:
Agar bir qatla ko’rdi har sabaqni,
Yana ochmoq yo’q erdi ul varaqni…
O’qub o’tmak, o’qub o’tmak shiori,
Qolib yodida safha -safha bori… (MAT, 8-tom, 70-71-betlar)
Shuning bilan bir qatorda Farhod:
Demonkim, ko’ngli poku ham ko’zi pok,
Tili poku so’zi poku o’zi pok,- bir olijanob inson sifatida ham
shakllanib boradi. Bu bayt "Hayrat ul-abror"da oshiq haqida:
Oshiq ani bilki erur dardnok,
Ham tili, ham ko’zi-yu ham ko’ngli pok, - deb yozganlarining Farhod
misolida amalga oshganini, ya`ni umumlashma fikrlarning badiiy obrazda
mujassamlashganini ko’rsatadi.
Alisher Navoiy tasvirida Shirin Mehinbonu tarbiyasidagi malika. U har
jihatdan: zohiriy , botiniy, ma`naviy va ma`rifiy jihatdan ham go’zal va beqiyos.
Shuning uchun shoir Shirin siymosi-portretini shunday bir mahorat bilan chizadiki,
uni o’qigan kishining ko’zi o’ngida bu timsol butun borligi bilan namoyon bo’ladi.
Bundan tashqari uning ma`naviy-ma`rifiy saviyasi ham ana shunday go’zal va
yuksak darajada. Shuning uchun uning atrofidagi o’n qiz - Dilorom, Diloro, Dil oso,
Gulandom, Sumanbu, Sumanso, Parichehr, Parivash va Paripaykarlar ham Shiringa
munosib bo’lib, biri she`riyat, biri musiqa, biri mantiq, biri hay`at, biri tarix, biri
hisob, biri muammodonlikda tengi yo’q foziladirlar:
Bu fanlarda bular bir-birdin ahsan,
Yuz ul fanliq aro har qaysi yak fan.
(MAT, 8-tom, 272-bet)
Bunda Alisher Navoiy Mehinbonu saroyidagi ajoyib bir ijodkorlik va
bilimdonlik muhitini tasvirlaydi. Buning sababini esa Mehinbonuning o’zida
ko’radi:
Mehinbonu ki donishparvar erdi,
Bilik ahlig’a shohi sarvar erdi.
(MAT, 8-tom, 273-bet)
"Farhod va Shirin"dagi bu tasvir Shirin kabi komil insonlarni etishtiruvchi
komil sharoitnи ham nazarda tutadi. Shunday bo’lganda faqat erkaklargina emas,
balki ayollar ham o’z qobiliyatlari va imkoniyatlarini har tomonlama yuzaga chiqora
oladilar. Bu esa Alisher Navoiyning orzusi va asosiy maqsadi hamdir. Shuning
uchun Alisher Navoiy tasviridagi Shirin o’z taqdirini o’zi hal qiladigan erkin shaxs.
Bu holat quyidagi lavhada yaqqol ko’zga tashlanadi: Shirinning dovrug’ini eshitgan
Xusrav unga sovchi yuboradi. Bu haqda Shiringa aytganlarida, u shunday javob
beradi:
Manga ne yoru ne oshiq havasdur,
Agar men odam o’lsam ushbu basdur.
Agar Bonu iloji bilsa, qilsun,
O’zumni o’ltururmen, yo’qsa bilsun. (MAT, 8-tom, 293-bet)
Dostonda Mehinbonu, Farhod otasi Xoqon, Shopur, Bahrom va shunga
o’xshash timsollar ham borki, ular asosiy qahramonlarning faoliyatini qo’llab-
quvvatlaguvchi ijobiy timsollar sifatida tasvirlanadi. Ana shulardan biri bo’lgan
Shopur haqida quyidagilar yozilgan:
Hunar bobida ustodi zamona,
Zamona ichra naqqoshi yagona.
Varaqni kilki aylar chog’da tasvir,
Bo’lub noyib manobi kilki taqdir.
Ne surat yozg’ali topib chu dast ul,
Jahonni aylabon suratparast ul…
(MAT, 8-tom, 217,219-betlar)
Shunday qilib, Farhod Shopur timsolida o’ziga munosib do’stni ko’rib, umri
oxirigacha u bilan birga bo’ldi.
Ammo dostonda Xusrav, Sheruya singari salbiy timsollar ham borki, ular
qattiq qoralanganlar. Buning sababi esa ularning xatti-harakat va qilmishlari ezgulik,
osoyishtalik, obodonlikka qarshi bo’lib, insonlarni komillikka intilishlariga g’ov
bo’lganliklaridadir. Farhod, Shirin, Mehinbonu va minglab odamlarning o’limiga
sabab bo’ladilar. Oxirda esa Xusrav o’z o’g’li Sheruya tomonidan o’ldiriladi,
Sheruyani esa Farhodning do’sti Bahrom mag’lubiyatga uchratadi.
Demak, Alisher Navoiy tasvirida zolimlik yengiladi, adolat tantana qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |